Kalbaeva Xuri Djuraevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Ped184.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Muminova Lola Raximovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Arslanova Madanaxon, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish imkoniyatlari inklyuziv-metodik tayyorgarlik mazmunini ochib berishga qaratilgan tizimli va kompetensiyali yondashuvlarning integrativ xususiyatlarini qayta aloqaga kirishish tamoyiliga ko‘ra aniqlash hamda o‘z-o‘zini ijodiy hamkorlik darajasiga mos faollashtirishga oid pedagogik mikromuhitni yaratish asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish jarayoni axborot-bilish samaradorligi, shaxsiy-qadriyatli faoliyat va baholovchi-tahliliy ko‘nikmalarning shakllanganlik darajalarining didaktik komponentlarga ko‘ra o‘ziga xos indikatorlarini qiyosiy aniqlashga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish samaradorligi kompetensiyali-aksiologiya yondashuv mazmunidan effektiv foydalanishga qaratilgan ta’lim subektlarining o‘zaro hamkorlik faolligi dinamikligini ta’limiy maqsadlarga mos tashkiliy-pedagogik loyihalash asosida takomillashtirilgan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish texnologiyalari aksiologik-kontekstli ta’lim traektoriyasini talim subektlarining verbal muloqot mazmuniga ko‘ra prognostik loyihalash, imitatsiya qilish, muammoli metodik vazifalarni bajarish hamda individual faoliyati traektoriyasi mobilligini ta’limiy-rivojlantiruvchi maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida metodik kompetentlikni takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish imkoniyatlari inklyuziv-metodik tayyorgarlik mazmunini ochib berishga qaratilgan tizimli va kompetensiyali yondashuvlarning integrative xususiyatlarini qayta aloqaga kirishish tamoyiliga ko‘ra aniqlash hamda o‘z-o‘zini ijodiy hamkorlik darajasiga mos faollashtirishga oid pedagogik mikromuhitni yaratish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining “Nutq o‘stirish” nomli 4-sinf darsligi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 25-martdagi 1-son qarori). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv ta’lim sohasidagi metodik kompetentligini o‘rganish metodikasini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish jarayoni axborot-bilish samaradorligi, shaxsiy-qadriyatli faoliyat va baholovchi-tahliliy ko‘nikmalarning shakllanganlik darajalarining didaktik komponentlarga ko‘ra o‘ziga xos indikatorlarini qiyosiy aniqlashga barqaror ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining “Nutq o‘stirish” nomli 4-sinf darsligi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 25-martdagi 1-son qarori). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv ta’lim sohasidagi metodik kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish samaradorligi kompetensiyali-aksiologiya yondashuv mazmunidan effektiv foydalanishga qaratilgan ta’lim subektlarining o‘zaro hamkorlik faolligi dinamikligini talimiy maqsadlarga mos tashkiliy- pedagogik loyihalash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining “Nutq o‘stirish” nomli 4-sinf darsligi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 25-martdagi 1-son qarori). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv ta’lim sohasidagi metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini aniqlashga erishilgan;
inklyuziv ta’lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompetentligini takomillashtirish texnologiyalari aksiologik-kontekstli ta’lim traektoriyasini talim subektlarining verbal muloqot mazmuniga ko‘ra prognostik loyihalash, imitatsiya qilish, muammoli metodik vazifalarni bajarish hamda individual faoliyati traektoriyasi mobilligini ta’limiy-rivojlantiruvchi maqsadlarga mos uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining “Nutq o‘stirish” nomli 4-sinf darsligi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2022-yil 25-martdagi 1-son qarori). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining inklyuziv ta’lim sohasidagi metodik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini tahlil qilish samaradorligi oshgan.