Abdullaeva Ozoda Safibullaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalari kafedrasi faoliyatining axborot-intellektual tizimini yaratish va foydalanish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.DSc/Ped115.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Ilmiy maslahatchi: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mamarajabov Mirsalim Elmurzaevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibraymov Askar Esbosinovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Qayumova Nasiba Ashurovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:  Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’limni innovatsion rivojlantirish sharoitida kafedra faoliyatini intellektual tizimini yaratish va undan foydalanish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kafedra faoliyatini rivojlantirishning maqsadli, mazmunli va tarkibiy parametrlari ta’lim tizimi subektlarining o‘zaro harakatlarini moslashtirish imkonini beruvchi o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy jarayonlarini matrisaviy tuzilmasiga integrallash asosida takomillashtirilgan;
kafedra faoliyatining tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari innovatsion axborot-kommunikatsiya muhitini kafedraning barcha jarayonlardagi ma’lumotlarni intellektual tahlil etish asosida uzlyuksiz nazorat qilish, dinamik o‘zgaruvchan atrof-muhit sharoitiga tezkor munosabatlarni ta'minlash, innovatsion faoliyatni rivojlantirish imkonini beruvchi  kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy jarayonlardagi ma’lumotlarni intellektual baholash asosida takomillashtirilgan;
kafedra faoliyati modeli ma’lumotlarni tahlil qilish, barcha rejalarni bajarilish monitoringini olib borish, prognozlash va strategik rejalashtirish, samarali qarorlarni qabul qilish uchun statistik ma’lumotlarni baholash, shaffoflik asosida intellektual baholash va kafedra professor-o‘qituvchilariga o‘zini-o‘zi nazorat qilish, reyting natijalariga asoslanib o‘z faoliyatini bashorat qilish va strategik rejalashtirishning turli vazifalarni intellektual echimini vizuallashtirish asosida  takomillashtirilgan;
kafedra faoliyatini tashkil etish elektron tizimi  axborot tizimini loyihalashni  funksional tarkibiy-mantiqiy baholash orqali kafedra faoliyatini avtomatlashtirish imkonini beruvchi e-pedagog.uz elektron portalini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy jarayonlarini rivojlanish mezonlari va ko‘rsatkichlari kafedra faoliyatini ishlab chiqarish bilan integratsiyasi va ilmiy-tadqiqot faoliyatning xalqaro kolloboratsiyasi asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari kafedrasi faoliyatini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
innovatsiyalarga ustuvorlik berish orqali ta’lim tizimi subektlarining o‘zaro harakatlarini moslashtirish imkonini beruvchi o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy jarayonlarini matrisaviy tuzilmasiga integrallash asosida takomillashtirilgan kafedra faoliyatini rivojlantirishning maqsadli, mazmunli va tarkibiy parametrlariga oid tavsiyalar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘i asosida berilgan 106-515-sonli nashr guvohnomasi) nomli  darslik  mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 18-fevraldagi 02-07-534/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarni zamonaviy intellektual texnologiyalari asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ontologik va kognitiv yondashuvlardan foydalangan holda innovatsion axborot-kommunikatsiya muhitini rivojlantirish imkonini beruvchi  kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy faoliyatlari axborot oqimlarini intellektual tahlil qilish asosida kafedra faoliyatining takomillashtirilgan tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlariga oid tavsiyalar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” nomli  darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘i asosida berilgan 106-515-sonli nashr guvohnomasi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 18-fevraldagi 02-07-534/04-son dalolatnomasi). Natijada kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy faoliyatlari samaradorligi oshirilgan;
tizimlilik, vizualizatsiya, modullilik, ishonchlilik, mobillilik, intellektuallashtirish tamoyillari va implementatsiya mexanizmidan foydalangan holda  ta’lim sifati monitoringi, o‘z-o‘zini baholash,  bashorat qilish va  strategik rejalashtirish imkonini beruvchi  ma’lumotlarni intellektual tahlil etish va vizuallashtirish asosida  takomillashtirilgan kafedra faoliyati modeliga oid tavsiyalar Namangan muhandislik-qurilish institutining 24/2022 raqamli “Masofaviy kursni tashkil etish uchun milliy elektron ta’lim platformasini yaratish" (2021-2022 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasida ishlatilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18-fevraldagi 02-07-534/04-son dalolatnomasi). Natijada kafedra faoliyatini boshqarishning intellektual tizimini yaratish va undan foydalanish texnologiyasi takomillashtirilgan;
o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy faoliyati bo‘yicha intellektual qarorlarni qo‘llab-quvvatlash axborot tizimini loyihalashni  funksional tarkibiy-mantiqiy baholash orqali kafedra faoliyatini avtomatlashtirish imkonini beruvchi e-pedagog.uz elektron portalini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan kafedra faoliyatini tashkil etish elektron tizimiga oid tavsiyalar Namangan muhandislik-qurilish institutining 24/2022 raqamli “Masofaviy kursni tashkil etish uchun milliy elektron ta’lim platformasini yaratish" (2021-2022 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasida ishlatilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18-fevraldagi 02-07-534/04-son dalolatnomasi). Natijada kafedra infratuzilmasini modernizatsiya qilish hisobiga innovatsion axborot-kommunikatsiya muhiti rivojlangan;
strategik rejalashtirish samaradorligini oshirish imkonini beruvchi ta’lim va ilm bilan ishlab chiqarishni bog‘liqligi hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatining xalqaro hamkorligi darajalarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan kafedraning o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy jarayonlarini rivojlanish mezonlari va ko‘rsatkichlariga oid tavsiyalar “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-sonli buyrug‘i asosida berilgan 106-515-sonli nashr guvohnomasi) nomli  darslik  mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 18-fevraldagi 02-07-534/04-son dalolatnomasi). Natijada kafedra faoliyati samaradorligini diagnostik baholash mexanizmi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish