Xamidova Sayyora Nurmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Modal tuzilish uzvlarining kognitiv tadqiqi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1699.
Ilmiy rahbar: Usmonova Xurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Sultanova Shohista Muhammadjonovna, filologiya fanlari doktori (DSc); Raximov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilshunosligida modal tuzilish doirasiga kiruvchi birliklarining lingvokognitiv jihatdan o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modal tuzilish bo‘yicha mavjud yondashuvlarning nazariy asoslari umumlashtirilgan, uning o‘zbek tilshunosligidagi daraja va holati, namoyon bo‘lish imkoniyatlarini kognitiv tilshunoslik qonuniyatlari nuqtayi nazaridan alohida tizim ekanligi aniqlanib, o‘ziga xos lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, etnolingvistik belgilari lisoniy-kognitiv jihatdan ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi modal tuzilish va kognisiyaning umumiy jihatlaridagi xususiy jarayonlar o‘ziga xos ijtimoiy, madaniy, milliy-mental va lingvomadaniy belgilarining kongnitivlik uzvlari asosida lingvofunksional jihatdan dalillangan;
o‘zbek tilida keng va umumiy jihatdan juda ko‘p hamda faol qo‘llanuvchi albatta, ehtimol, balki, har holda, bizningcha, sizningcha, birinchidan, modomiki, tabiiy kabi modal birlik elementlarining kommunikatsiya – aloqa-aralashuv va muloqot jarayonidagi mantiqiy, grammatik va pragmatik o‘ziga xos lingvistik xususiyat-belgilari isbotlangan;
o‘zbek tilidagi modallik kategoriyasini tashkil etuvchi birliklar uzvlarining umumlashtirish, turkumlashtirish va tizimlantirish asnosida obektiv, subektiv, deontik, aletik, epistemik, aksiologik kabi alohida turlari va ularning lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, etno va mentolingvistik xususiyatlari lingvistik-kognitiv o‘ziga xosligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi modal tuzilish uzvlarining kognitiv tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
modal tuzilish bo‘yicha mavjud yondashuvlarning nazariy asoslari umumlashtirilgan, uning o‘zbek tilshunosligidagi daraja va holati, namoyon bo‘lish imkoniyatlarini kognitiv tilshunoslik qonuniyatlari nuqtayi nazaridan alohida tizim ekanligi aniqlanib, o‘ziga xos lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, etnolingvistik belgilari lisoniy-kognitiv jihatdan ochib berilgan hamda o‘zbek tilidagi modal tuzilish va kognisiyaning umumiy jihatlaridagi xususiy jarayonlar o‘ziga xos ijtimoiy, madaniy, milliy-mental va lingvomadaniy belgilarining kongnitivlik uzvlari asosida lingvofunksional jihatdan dalillangan o‘rinlardan Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-eRR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 16-sentyabrdagi 502/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, tilshunoslikda modal tuzilishni o‘rganishga turlicha yondashuvlar, modal elementlarning kommunikatsiya jarayonidagi mantiqiy, grammatik va pragmatik xususiyatlari bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini yaratilgan;
o‘zbek tilidagi modallik kategoriyasini tashkil etuvchi birliklar uzvlarining umumlashtirish, turkumlashtirish va tizimlantirish asnosida obektiv, subektiv, deontik, aletik, epistemik, aksiologik kabi alohida turlari va ularning lingvokulturologik, pragmatik, sotsiolingvistik, etno va mentolingvistik xususiyatlari lingvistik-kognitiv o‘ziga xosligi aniqlangangi haqidagi xulosalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016-yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 16-sentyabrdagi 495/02-son ma’lumotnomasi). Natijada kognitiv tilshunoslik, lingvomadaniyatshunoslik, lingvopragmatika fanlarni o‘qitish hamda sohaga oid manbalarning ilmiy-amaliy va nazariy jihatlari yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan;
o‘zbek tilida keng va umumiy jihatdan juda ko‘p hamda faol qo‘llanuvchi albatta, ehtimol, balki, har holda, bizningcha, sizningcha, birinchidan, modomiki, tabiiy kabi modal birlik elementlarining kommunikatsiya – aloqa-aralashuv va muloqot jarayonidagi mantiqiy, grammatik va pragmatik o‘ziga xos lingvistik xususiyat-belgilari isbotlangan fikr va xulosalardan 2021-2022-yillarda Oʼzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining senariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradio‘kompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yil 9 yanvardagi 02-36-900-sonli ma’lumotnomasi). Natijada modal tuzilishlar asosidagi muloqot jarayonlaridagi lisoniy-kognitiv jihatlarning obektiv, subektiv tomonlaridagi o‘ziga xosliklar ko‘rsatuv va eshittirishlardagi so‘zlarning, fikrlarning ifoda qilinishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, ularning sifatini oshirishga hissa qo‘shgan.