Tojimatov Rasuljon G‘anijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muhammad Yusuf she’riyatining lingvokonseptual va lingvopoetik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1556.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulhay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Iskandarova Sharifa Madalievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Muhammad Yusuf she’riyatidagi milliy-madaniy konseptlarning ifodalanishini, ularning lingvopoetik xususiyatlarni va lisoniy ifoda vositalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Muhammad Yusuf she’riyatining o‘zbek xalqi madaniyatida tutgan milliy, ma’naviy va tarixiy o‘rni, so‘z qo‘llashdagi uslubi va usullari, badiiy dunyoqarashdagi etuk saviyasi shoirning o‘zigagina xos milliy, xalqona va ixcham shakllardagi she’riy nutqining voqealanishi, ularning maishiy, madaniy ijtimoiy sabablari hamda etnik va mental lingvomadaniy belgi-xususiyatlari, lisoniy birliklarning qo‘llanishidagi mahoratning soddalik va aniqlik kabi o‘ziga xos jihatlari tarixiy haqiqat bilan badiiy haqiqatga individual badiiy yondashuv ekanligi milliy konseptual dalillar orqali isbotlangan;
shoir she’rlari badiiyatida milliy dunyoqarashning lingvomadaniy belgilar asosida aks ettirilishi aniqlanib, bu lisoniy jarayonlar shaxs milliy ong va tafakkuri uchun umumijtimoiy yoki hayotiy turmush davomida orttirilgan lisoniy-madaniy hodisa ekanligi dalillangan;
shoir she’rlarida ta’sirchanlik va bo‘yoqdorlikni oshirish uchun qo‘llangan atoqli otlar – onomastik birliklar bo‘lgan poetonimlarning vazifaviy, uslubiy va shakliy o‘ziga xos belgi-xususiyatlari, ularning ilmiy-badiiy va nazariy-amaliy qonuniyatlari asoslangan;
lingvokonseptual va lingvopoetik xususiyatlarlarni o‘ziga qamrab olgan lisoniy lingvistik birliklarning fonetik-fonologik, leksik-semantik, morfologik-sintaktik shakllari asosida namoyon bo‘lgan alliteratsiya, assonans, geminatsiya, sintaktik parallelizm, farqlash, sintaktik gradatsiya hodisalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muhammad Yusuf she’riyatining lingvokonseptual va lingvopoetik xususiyatlarining tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Muhammad Yusuf she’riyatining o‘zbek xalqi madaniyatida tutgan milliy, ma’naviy va tarixiy o‘rni, so‘z qo‘llashdagi uslubi va usullari, badiiy dunyoqarashdagi etuk saviyasi shoirning o‘zigagina xos milliy, xalqona va ixcham shakllardagi she’riy nutqining voqealanishi, ularning maishiy, madaniy ijtimoiy sabablari hamda etnik va mental lingvomadaniy belgi-xususiyatlari, lisoniy birliklarning qo‘llanishidagi mahoratning soddalik va aniqlik kabi o‘ziga xos jihatlari tarixiy haqiqat bilan badiiy haqiqatga individual badiiy yondashuv ekanligi milliy konseptual dalillar orqali isbotlangan o‘rin va fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limining 2023-yil 18-yanvardagi 18.01/09-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek badiiy asarlari tilidagi so‘zning konnotativ ma’nolarining voqealanishi, so‘z ma’nosidan milliy-ma’naviy omillarning ta’sirida yuzaga keladigan jihatlarning nazariy asoslari ilmiy jihatdan kengaytirilgan va to‘ldirilgan;
lingvokonseptual va lingvopoetik xususiyatlarlarni o‘ziga qamrab olgan lisoniy lingvistik birliklarning fonetik-fonologik, leksik-semantik, morfologik-sintaktik shakllari asosida namoyon bo‘lgan alliteratsiya, assonans, geminatsiya, sintaktik parallelizm, farqlash, sintaktik gradatsiya hodisalari aniqlangan to‘xtam va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 18-yanvardagi 18.01/09-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek badiiy asarlari tilidagi naql-maqollarning milliy-ma’naviy, ijtimoiy-tarixiy ildizlari tilning milliy tabiati bilan uzviy aloqada ekanligi haqidagi ilmiy qarashlar to‘ldirilib, poetik so‘zlarning badiiyatda tutgan orni masalasi yangi fikrlar bilan boyitilgan;
shoir she’rlari badiiyatida milliy dunyoqarashning lingvomadaniy belgilar asosida aks ettirilishi aniqlanib, bu lisoniy jarayonlar shaxs milliy ong va tafakkuri uchun umumijtimoiy yoki hayotiy turmush davomida orttirilgan lisoniy-madaniy hodisa ekanligi dalillangan hamda shoir she’rlarida ta’sirchanlik va bo‘yoqdorlikni oshirish uchun qo‘llangan atoqli otlar – onomastik birliklar bo‘lgan poetonimlarning vazifaviy, uslubiy va shakliy o‘ziga xos belgi-xususiyatlari, ularning ilmiy-badiiy va nazariy-amaliy qonuniyatlari asoslangan o‘rin va xulosalardan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida efirga uzatilgan “Til ziynati”, “Ma’naviyat ko‘zgusi” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 13-martdagi 01-45-396-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvning ssenariysi mazmunan boyitilgan, ularning ilmiy asoslanganligi hamda ommabopligi ta’minlangan.