Musaeva Elena Kazimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ikki tillilik sharoitida gender konseptlari tilida olam lisoniy manzarasining aks etishi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2799.
Ilmiy rahbar: Usmonova Xurinisa Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Zinin Evgeniy Olegovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi til madaniyatida ikki tillilik sharoitida gender tushunchasi va konseptlarini ikki noqardosh tillar: o‘zbek va rus tillari orqali tavsiflash va uning ikki tillilik muhit vakillari lisoniy ongidagi dunyoning lingvistik tasviri ko‘rinishlarini nutqiy voqeliklar asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus va o‘zbek tilida milliy shakllangan lisoniy gender konseptlar asosidagi tushunchalar, nutqiy voqeliklar: lisoniy leksik birliklar, jins tushunchasini ifoda etadigan maqollar, turg‘un holatdagi birikmalar, hikmatli so‘z va matallarni jinslararo komponent baholash asosida lingvistik-genderologik jihatdan asoslangan;
gendershunoslikdagi konseptlar masalasi tilshunoslikning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika sohalari bilan uzviy bog‘liqligi ikki noqardosh tillardagi nutqiy voqeliklardagi lisoniy va nutqiy birliklarning gender jarayon va holatlar orqali tilda aks etuvchi jins tushunchalari asosida dalillangan;
ikki tillilik muhitidagi gender konseptlarining lisoniy belgi-xususiyatlari tarixiy-etimologik manbalarida aks etishiga ko‘ra funksional-semantik jihatdan sotsial, madaniy va areal mushtarak, milliy-mental va kognetiv-pragmatik farqli jihatlari, ekspressiv-emotsionallik, badiiylik, tarixiylik jihatidan ifodalanishining jins-gender tushunchalarga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos uslubiy xususiyatlari aniqlangan;
ikki tillilik sharoiti va muhitidagi lisoniy va nutqiy gender holatlar, vaziyat va jarayonlardagi konseptlar voqelanishuvining yuzaga kelishi bilan bog‘liq noqardosh tillar hamkorligi, madaniy va milliy aloqalarining ijtimoiy-siyosiy, lisoniy-milliy, madaniy, axloqiy, tarbiyaviy, jihatdan ekstralingvistik omillari, ularning qo‘llanishi bilan bog‘liq lingvistik-funksional, nutqiy-uslubiy voqelanishlari mohiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va rus tillaridagi gender konseptlar orqali olam lisoniy manzarasini aks etishining tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rus va o‘zbek tilida milliy shakllangan lisoniy gender konseptlar asosidagi tushunchalar, nutqiy voqeliklar: lisoniy leksik birliklar, jins tushunchasini ifoda etadigan maqollar, turg‘un holatdagi birikmalar, hikmatli so‘z va matallar jinslararo komponent tahlil asosida lingvistik-genderologik tasniflangan hamda tavsiflangan o‘rinlardan, gendershunoslikdagi konseptlar masalasi tilshunoslikning kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, sotsiolingvistika, psixolingvistika sohalari bilan uzviy bog‘liqligi ikki noqardosh tillardagi nutqiy voqeliklardagi lisoniy va nutqiy birliklarning gender jarayon va holatlar orqali tilda aks etuvchi jins tushunchalari asosida dalillangan xulosalardan Andijon davlat universitetida bajarilishi 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan PZ-20170926286 “O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 16-iyundagi 4/17-6/5-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek sud amaliy lingvistikasidagi gender holatlarga yanada oydinlik kiritilib, gender holatlarining milliy-ma’muriy va huquqiy muloqot jarayonlardagi jarayonlardagi nutqiy madaniyatga oid til manbalarning ilmiy-amaliy va nazariy jihatlari yangi ilmiy-amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
ikki tillilik muhitidagi gender konseptlarining lisoniy belgi-xususiyatlari tarixiy-etimologik manbalarida aks etishiga ko‘ra funksional-semantik jihatdan sotsial, madaniy va areal mushtarak, milliy-mental va kognetiv-pragmatik farqli jihatlari, ekspressiv-emotsionallik, badiiylik, tarixiylik jihatidan ifodalanishining jins-gender tushunchalarga bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos uslubiy xususiyatlari aniqlangan o‘rinlar va chiqarilgan xulosalardan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan “OT-F1-18. “Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 16-iyundagi 4/17-6/5-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur dissertatsiyadagi gender mansublikning muloqotdagi o‘ziga xoslikni grammatik, ta’minlashdagi o‘rni, mansublikning ta’rifi, matnning leksik va semantik, shuningdek, lingvostilistik imkoniyatlarining lisoniy madaniyatni ta’minlashdagi vazifalari va gender xususiyatlari, lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya genderologik yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan ilmiy asoslangan, tavsiyalar ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan;
ikki tillilik sharoiti va muhitidagi lisoniy va nutqiy gender holatlar, vaziyat va jarayonlardagi konseptlar voqelanishuvining yuzaga kelishi bilan bog‘liq noqardosh tillar hamkorligi, madaniy va milliy aloqalarining ijtimoiy-siyosiy, lisoniy-milliy, madaniy, axloqiy, tarbiyaviy, jihatdan ekstralingvistik omillari, ularning qo‘llanishi bilan bog‘liq lingvistik-funksional, nutqiy-uslubiy voqelanishlari mohiyati ochib berilgan o‘rinlardan “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Talim va taraqqiyot”, “Adaby jarayon”, “Jahon adabiyoti” ko‘rsatuv va radiodasturlari ssenariysini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2022-yil 27-iyuldagi 04-36-1181-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarning dastur va ssenariylari ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan, zamonaviy rus va o‘zbek tillarining gender tushunchalar orqali muloqot muammolar haqidagi ma’lumotlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirish imkoniyati yaratilgan.