Sukanov Maksim Nikolaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida gidroizolyasiya materialini olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T1514.
Ilmiy rahbar: Kapustin Vladimir Mikhaylovich, texnika fanlari doktori , professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Raximov Bekzod Baxtiyorovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bitum kompozisiyalari va piroliz distillatidan gidroizolyasiya materiallarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bitum, piroliz distillati va to‘ldiruvchi moddalari (Olmaliq KMK AJ texnogen chiqindilari) asosida qurilish sanoatida qo‘llash uchun yuqori unumdorlik xususiyatiga ega kompozision gidroilozyasion materialning maqbul (30:65:5) tarkibi ishlab chiqilgan;
bitumli kompozision gidroizolyasiya materiallarini ishlab chiqarish uchun mahalliy xom ashyo va sanoat chiqindilari asosida organomineral ingredientlarning o‘zaro ta'siri mexanizmi asoslangan;
ishlab chiqilgan kompozision gidroizolyasiya materialning fizik-mexanik xususiyatlari ijobiy ko‘rsatkichlariga ega ekanligi, 3 mm qalinlikdagi gidroizolyasiya materialini isitish paytida 0,49% massa yo'qotish qiymati va 0,38 suvni yutish qobiliyati ko‘rsatkichlari aniqlangan.
bitum, piroliz distillati va "Olmaliq KMK"AJ texnogen chiqindilar asosida ishlab chiqarilgan kompozision gidroizolyasiya materialini olishning maqbul texnologik rejimi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy ikkilamchi xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan bitum va piroliz distillyati asosida kompozision gidroizolyasiya materialini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suv o‘tkazmaydigan kompozision gidroizolyasiya materialini olish texnologiyasi “Buxoroneftgazsanoatqurilish” MChJning “2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Buxoroneftgazsanoatqurilish” MChJning 2023-yil 11-sentyabdagi D/01-351 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologiya asosida qalinligi 3 mm bo‘lgan, issitilganda massa yo'qotish qiymati 0,49% va suvni yutish qobiliyati 0,38 % bo‘lgan yuqori adgeziya xossalariga ega kompozision gidroizolyasiya materialini olish imkonini beradi;
mahalliy ikkilamchi xomashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan bitum va piroliz distillyati asosida kompozision gidroizolyasiya materiali “Buxoroneftgazsanoatqurilish” MChJning “2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Buxoroneftgazsanoatqurilish” MChJning 2023-yil 11-sentyabdagi D/01-351 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy ikkilamchi xomashyolar va sanoat chiqindilar asosda olingan yangi KGM kompozision gidroizolyasya materiali import qilinayotgan va mahalliy gidroizolyasiya mastikalari o‘rnida foydalanish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi.