Sobirov Doniyor Xolmurodovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy jun tolalarini yigirishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 - To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3976
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Quliev Toxir Mamarajapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Tashpulatov Solix Shukurovich texnika fanlari doktori, professor, Kurbanbaev Elyor Bahtiyorovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy jun tolalarini saralash, saqlash va turli yuvish vositalari bo‘yicha yigirish jarayoniga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy jun tolalarining fizik-mexanik xossalarini tadqiq etish orqali jun tolasi sifatiga dastlabki ishlov berish jaryonlarining ta’siri aniqlangan hamda yuvilgan va yuvilmagan jun tolalarining diametrlari o‘zgarishining turli yuvish vositalariga bog‘liqligi orqali tahlil qilingan;
jun tolalarini saralashda tituvchi valik orqali jun tolalarini uzunliklari, diametrlari va massalariga bog‘liqlik shartlari orqali saralanganligi hamda tolalarni tituvchi valik uzatishdagi koordinatalar bo‘yicha traektoriyalarining o‘zgarishi nazariy jihatdan asoslangan;
jun tolalarini bir-biridan ajratib uzlyuksiz oqimni to‘g‘ri yo‘naltirishdagi traektoriya tenglamalari hisoblab chiqiladigan va ratsional parametrlar asosida uzatilish masofalari tanlangan.
mahalliy jun tolalarini saqlash, saralash va yuvish jarayonida tola sifat ko‘rsatkichlarini o‘zaro bog‘liqligini ifodalovchi regression bog‘lanishlar kichik kvadratlar usuli yordamida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy jun tolasini yigirishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan takomillashtirilgan jun tolasini yigirishga tayyorlash texnologiyasini “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” qo‘mitasi tassarufidagi korxonalarda, shu jumladan, “Ravon taraqqiyot orzusi” MChJ va “Ulug‘nor runo” MChJ (Andijon viloyati) korxonasida amaliyotga joriy qilindi (“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish” qo‘mitasi 2024 yil 24 apreldagi 1-1/316-son ma’lumotnomasi). Natijada, joriy etilgan takomilashtirilgan chimdib tozalash mashinasining titish tozalash sexiga o‘rnatilishi xisobiga jun tolasini qalinligi bo‘yicha saralab olish imkoni yaratilgan.