Yugaev Shavkat Mansurovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Jinlash jarayonida tolali o‘likni samarali tozalash uskunasini ishlab chiqish” 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlar ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3682
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Nazirov Raxmatjon Rasulovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Rasmiy opponentlar: Rosulov Ruzimurod Xasanovich texnika fanlari doktori, professor, Madraximov Dilshodbek Usupjonivich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishlab chiqilgan paxta homashyosini jinlash jarayonida ajralib chiqadigan tolali o‘likni tozalashda takomillashtirilgan ishchi organli texnologik jarayoninini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tolali o‘likni paxtani jinlash va tolani tozalash texnologik jarayonidan keyin bevosita titilgan holatda mayda iflosliklardan tozalashning texnologik jarayoni asoslangan va uni amalga oshiruvchi texnologik uskunasi ishlab chiqilgan;
tolali o‘likni mayda iflosliklardan tozalash uchun takomillashtirilgan uskunasini shnekli-qoziqli vintsimon o‘rnatiladigan ishchi organli konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tolali o‘likni shnekli-qoziqli vintsimon o‘rnatiladigan ishchi organi bilan o‘zaro ta’sirlashish davomida tolali o‘lik bo‘lakchasiga yo‘naltiruvchi qoziqcha yuzasi bo‘ylab ta’sir qiluvchi normal bosim kuchini tolali o‘lik massasiga bog‘liklik differensial tenglamalari aniqlangan;
yo‘naltiruvchi qoziqchalar ta’siridan keyingi tolali o‘lik tezligining qoziqchaning yo‘naltiruvchi burchagi ta’siridagi tiklanish koeffitsientiga bog‘liqlik ifodasi olindi, qoziqchaning yo‘naltiruvchi burchagining ratsional qiymatida tozalash samaradorligi yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. paxtani jinlash jarayonida ajraladigan tolali o‘likni tozalash uchun takomillashtirilgan ishchi organli tolali o‘likni tozalash uskunasini konstruksiyasini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan tolali o‘likni tozalash uskunasi Farg‘ona viloyatidagi “LUX YaN TEX” MChJ ga qarashli “Beshariq” paxta tozalash korxonasining asosiy texnologik uskunalari tizimiga tadbiq etilgan (O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasining 2024 yi 12 apreldagi №03/22-152 sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxtani jinlash jarayonida ajraladigan tolali o‘likni tozalashda ishlab chiqilgan tolali o‘likni tozalash uskunasidan foydalanishda tolali o‘likni ifloslikdan tozalash samaradorligi mavjud tozalash texnologiyasiga nisbatan, 20–30 % ga yaxshilashga erishilgan.