Yangibaev Kamol Norboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning texnologik kopetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2647.
Ilmiy rahbar: Tursunov Sobir Turdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.                                                                     
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov  Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nuriddinov Bahodir Sobirovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning texnologik kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika kollejlarida o‘quvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda kognitiv qiziqishni shakllantirish, amaliy texnologik ko‘nikma va malakalarni faol egallash,  pedagogik amaliyot davomida texnologik qobiliyatlarni shakllantirish talablarini belgilash asosida texnologik kompetentlikni shakllantirish bosqichlari transformatsiyalashtirilgan;
o‘quvchilarning texnologik kompetentligini shakllantirish modeli tashkiliy (muammoli vaziyatlarni echishga qaratilgan protsessual-texnologik) komponentlari ichki motivatsiyani rivojlantirish, o‘quvchilarni kasbiy muammolarni real hal qilishga o‘rgatuvchi loyiha topshiriqlari, vizuallashtirilgan o‘quv mashqlari hamda innovatsion usullarni majmuaviy qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning texnologik kompetentligini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari va o‘quv-metodik ta’minoti mustaqil ta’limni ijodiy faollashtirish, bilim va ko‘nikmalarni pedagogik tajribaga aylantirishga qaratilgan “Independ”, “Javob estafetasi”, “Tadbirkorlik g‘ildiragi” interfaol metodlarni integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning o‘quv jarayoni natijalarini baholovchi diagnostik mezonlar miqdoriy, vazniy, sifatiy, natijaviy parametr va indikatorlarning ishlash mexanizmini o‘quvchilarning texnologik kopetentligini shakllantirish mazmuniga mos ravishda optimallashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning texnologik kompetentligini shakllantirishning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika kollejlarida o‘quvchilarni kasbiy-pedagogik faoliyatga tayyorlashda kognitiv qiziqishni shakllantirish, amaliy texnologik ko‘nikma va malakalarni faol egallash,  pedagogik amaliyot davomida texnologik qobiliyatlarni shakllantirishga doir takliflardan  “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish”(2021y.-2023y) mavzusidagi (AIF 2/15) loyihani amalga oshirishda  foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 02/17-1379-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning texnologik kompetentligini shakllantirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning texnologik kompetentligini shakllantirishning didaktik imkoniyatlari va o‘quv-metodik ta’minoti mustaqil ta’limni ijodiy faollashtirish, bilim va ko‘nikmalarni pedagogik tajribaga aylantirishga qaratilgan “Independ”, “Javob estafetasi”, “Tadbirkorlik g‘ildiragi” interfaol metodlarni integrativ qo‘llash bo‘yicha ishlanmalar “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-martdagi 68-sonli buyrug‘i. Nashr ruxsatnomasi raqami: 68-861) o‘quv qo‘llanma mazmunida aks ettirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 02/17-1379-son ma’lumotnomasi). Mazkur didaktik ta’minot Toshkent, Kogon, Shahrisabz, Angor, Baxmal, Koson, Muzrobod, Yangier pedagogika kollejlarida kadrlar tayyorlashga xizmat qilgan;
pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning o‘quv jarayoni natijalarini baholovchi diagnostik usullar hamda o‘quvchilarda kasbiy bilim, ko‘nikmalarning shakllanganlik darajasini nazorat qilish metodlari “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi” fani bo‘yicha elektron resurs mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-iyuldagi 02/17-1379-son ma’lumotnomasi). Mazkur elektron ta’minot pedagogika kollejlarida o‘quvchilarning texnologik kompetentligini shakllantirish jarayonini samarali amalga oshirish va mustaqil ta’lim natijalarini obektiv baholashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish