Begimqulova Viloyat Qalandarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika kolleji o‘quvchilarini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped1028.
Ilmiy rahbar: Ashurova Sanobar Yuldashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Professional ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Professional ta’limni rivojlantirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi pedagogika kolleji o‘quvchilarini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika kolleji o‘quvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda novatorlik, kreativ yo‘naltiruvchi, yaratuvchanlik, intelektuallilik kabi kasbiy sifatlarni hamda o‘quv mashg‘ulotlarida innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashdagi metodik madaniyatni shakllantirish zaruriyati asoslangan;
innovatsion ta’lim texnologiyalarining imkoniyatlari, funksiyalari, turlari va didaktik shart-sharoitlarini aniqlashtirish asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli komponentlar tarkibiga shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni kiritishda pedagogik muloqotni amalga oshirishni intensivlashtirish natijasida takomillashtirilgan;
pedagogika kolleji o‘quvchilarini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi ijodiy va amaliy faoliyatni rivojlantirishga yo‘naltirishning tashkiliy shart-sharoitlarini ta’minlashga qaratilgan “Pops formula”, “Kaydzen” metodlarini kiritish orqali o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini uyg‘otish natijasida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning innovatsion, motivatsion, kognetiv faoliyatli imkoniyatlari aniqlanib, innovatsion ta’lim muhitini yaratishning metodik ta’minoti samarador o‘quv-uslubiy materiallar hamda elektron ta’lim resurslarini kirirtish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogika kolleji o‘quvchilarini innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanib kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar va olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pedagogika kolleji o‘quvchilarining novatorlik, kreativ yo‘naltiruvchi, yaratuvchanlik, intelektuallilik kabi kasbiy sifatlarni hamda o‘quv mashg‘ulotlarda innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashdagi metodik madaniyatini shakllantirishga oid takliflar “Pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 19 yanvardagi 5/12-19/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, Pedagogika kollejlarida innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayoni takomillashtirilgan;
innovatsion ta’lim texnologiyalarining imkoniyatlari, funksiyalari, turlari va didaktik shart-sharoitlarini aniqlashtirish asosida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash modeli komponentlari tarkibiga shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalarni kiritishda pedagogik muloqotni intensivlashtirishga oid takliflardan “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” (2023-2025) mavzusidagi loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 19 yanvardagi 5/12-19/01-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining kasbiy standartini takomillashtirishda foydalanilgan;
pedagogika kolleji o‘quvchilarini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida kasbiy faoliyatga tayyorlashda “Pops formula”, “Kaydzen” metodlarini qo‘llash bo‘yich amaliy ishlanmalar “Innovatsion ta’lim texnologiyalari va metodlari” elektron resursi mazmunida aks ettirilgan va ta’lim jarayonida qo‘llanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 19 yanvardagi 5/12-19/01-son ma’lumotnomasi). Natijada, Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida loyihalashtirilgan metodika va mashg‘ulot ishlanmalari pedagogika kollejlarida o‘quvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilgan.