Sultonov Abdulla Azamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat-protsessual munosabatlarda xarajatlar: nazariya va amaliyot”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2021.2.DSc/Yu170.
Ilmiy konsultant: Muxitdinov Faxriddin Muxitdinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Mirazov Davron Miragzamovich, yuridik fanlar doktori, professor; Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor; Gordeev Sergey Nikolaevich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat-protsessual qonunchilikdagi protsessual xarajatlarni to‘lash, qoplash va undirishga oid yangi nazariy tartib-taomillar tizimini shakllantirish, shuningdek, ushbu masalani tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
doimiy yashash hududidan tashqaridagi protsessual harakatlarga jalb etilgan ishga ko‘maklashuvchi shaxslar (guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislar) hamda jabrlanuvchilarning transport xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmaganda, yo‘l xarajatlarini innovatsion usullar ((https://map.google.com) sun’iy yo‘ldosh elektron xaritasi) yordamida aniqlash tartibini qonun hujjatlariga kiritish zarurati asoslab berilgan;
jinoyat protsessida o‘z vazifasini bajargan tarjimonlarga tarjima turi va tiliga ko‘ra farqli (differensial) yondashuv asosida to‘lanadigan haq miqdorlarini ishlab chiqqan holda to‘lovni amalga oshirish zarurligi asoslantirilgan;
guvoh, jabrlanuvchi obektiv sabablarga ko‘ra ishni sudga qadar yuritish yoki keyinchalik sud muhokamasida so‘roq qilishga imkon bo‘lmaganda, ularning ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yish mumkinligini amaldagi qonunchilikda aks ettirish orqali yo‘l va turar joy bilan bog‘liq xarajatlarni (mehmonxona yoki turarjoy ijarasi) tejashga imkon berishi isbotlangan;
shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek, muddatini uzaytirish bilan bog‘liq ishlarda himoyachi ishtirok etishi shart ekanligini alohida holat tariqasida qonunchilikka kiritish himoyalanish huquqi bilan bog‘liq xarajatlarning protsessual asosini mustahkamlashi mumkinligi asoslab berilgan;
amaldagi qonunchilikda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi e’lon qilingan ayblovni, ish bo‘yicha mavjud dalillarni inkor etmaganligi holati aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuv tuzishning sharti sifatida belgilash ish yuritish xarajatlarini kamaytirishga imkon berishi asoslantirilgan;
doimiy ish haqiga ega bo‘lmagan jabrlanuvchi, guvoh, xolislarga ularni odatdagi mashg‘ulotidan qoldirganlik (chalg‘itganlik) uchun to‘lov miqdorini hisoblashning huquqiy mexanizmlarini qonunchilikka joriy etish zarurati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nomusga tegish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
doimiy yashash hududidan tashqaridagi protsessual harakatlarga jalb etilgan ishga ko‘maklashuvchi shaxslar hamda jabrlanuvchilarning transport xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmaganda, yo‘l xarajatlarini innovatsion usullar ((https://map.google.com) sun’iy yo‘ldosh elektron xaritasi) yordamida aniqlash tartibini qonun hujjatlariga kiritishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktyabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 5-band ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-yanvardagi 09-09-03-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi transport xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmaganda ishga ko‘maklashuvchi shaxs tomonidan bosib o‘tilgan masofani aniqlashga xizmat qilgan;
jinoyat protsessida o‘z vazifasini bajargan tarjimonlarga tarjima turi va tiliga ko‘ra farqli (differensial) yondashuv asosida to‘lanadigan haq miqdorlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktyabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 1-ilovasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-yanvardagi 09-09-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur tartib tarjimonlarga bajargan ishi yuzasidan to‘lanadigan haq miqdorlarini tarjima turi va tili bo‘yicha hisoblash mezonlarini belgilab bergan;
guvoh, jabrlanuvchi obektiv sabablarga ko‘ra ishni sudga qadar yuritish yoki keyinchalik sud muhokamasida so‘roq qilishga imkon bo‘lmaganda, ko‘rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo‘yish mumkinligini qonunda belgilash taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 675-son qonunining 2-moddasi 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 5-maydagi 06/1-11/5096-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi tegishli asoslar mavjud bo‘lganda ko‘rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo‘yish orqali yo‘l va turar joyga doir protsessual xarajatlarni tejashga xizmat qilgan;
shaxsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash, shuningdek, muddatini uzaytirishda himoyachi ishtirok etishi shart ekanligini alohida holat tariqasida qonunchilikda aks ettirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 675-son qonunining 2-moddasi 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 5-maydagi 06/1-11/5096-son ma’lumotnomasi). Mazkur tartib davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish xarajatlarini qonunda to‘la aks ettirishga hamda himoyalanish huquqi bilan ta’minlash samaradorligini oshirishga asos bo‘lgan;
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi e’lon qilingan ayblovni, ish bo‘yicha mavjud dalillarni inkor etmaganligini aybga iqrorlik to‘g‘risidagi kelishuvning sharti sifatida qonunchilikda mustahkamlash taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 675-son qonunining 2-moddasi 30-bandini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2021-yil 5-maydagi 06/1-11/5096-son ma’lumotnomasi). Mazkur norma isbot qilishdagi qo‘shimcha protsessual harakatlarni optimallashtirish hamda ish yuritish xarajatlarini tejashga yordam bergan;
doimiy ish haqiga ega bo‘lmagan jabrlanuvchi, guvoh, xolislarga ularni odatdagi mashg‘ulotidan qoldirganlik (chalg‘itganlik) uchun to‘lov miqdorini hisoblash tartibini qonunchilikda belgilash zarurligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktyabrdagi 570-son qarori bilan tasdiqlangan “Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larni hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 11-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-yanvardagi 09-09-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi doimiy ish haqi olmaydigan jabrlanuvchilar, guvohlar va xolislarga odatdagi mashg‘ulotlardan chalg‘itilganlik uchun amalda sarflangan vaqt va bajarilgan ishga muvofiq haq to‘lashga xizmat qilgan.