Xalimova Firuza Rustamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Poetik matnning konseptual maydoni va tarjimada qayta yaratilishi (ingliz va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1/DSc/Fil1297.
Ilmiy maslahatchi: Safarov Shahriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Bobokalonov Ramazon Rajabovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tili zamonaviy poetik matnlarida konseptual maydon lisoniy voqelanishining semantik-stilistik, kognitiv, madaniy jihatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek, uning tarjima tilida qayta yaratilishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konseptual maydon konseptning dolzarb mazmunini taqdim etish, shuningdek, leksikografik, psixolingvistik, kommunikativ, qiymat-mazmunli va konnotativ ma’nolarni etkazish imkonini beruvchi mikromaydonlardan iboratligi hamda ularning kesishish nuqtalari aniqlangan;
badiiy konsept muallif tafakkurida uning hayotiy tajribalari, ko‘nikmalari va hissiyotlari asosida shakllanishi, u badiiy kontekstga joylashtirilib, o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi asosida diskursiv vazifani bajarishi hamda bunday o‘zaro ta’sir natijasida o‘quvchining ushbu konsept idrokida yangi assosiasiyalar hosil bo‘lishi isbotlangan;
badiiy konsept muallif badiiy matni konseptosferasining tarkibiy qismi bo‘lib, muallif tomonidan yaratilgan asarning syujetini yaratishda kognitiv-pragmatik ahamiyatga ega bo‘lgan va jamoa ongida aks etgan mental belgi va hodisa ekanligi asoslangan;
poetik konseptlar insonning kognitiv, hissiy va estetik jihatdan mazmunli tajribasi natijasi bo‘lgan tizimni tashkil etishi, ikkilamchi tabiati tufayli she’riy matnning turli darajalarida ifodalanishi hamda lisoniy ifodaning turli qatlamlari bilan o‘zaro bog‘liq tuzilishga ega ekanligi ochib berilgan;
poetik matnlar tarjimasi jarayonida uchraydigan muammolar shartli ravishda ikki guruhga ajratilib, birinchi guruhi poetik tafakkurning milliy va individual (muallifga xos) xususiyatlari bilan bog‘liqligi, ikkinchi guruhdagilari esa, til tizimi va har bir xalqning an’analariga asoslangan she’riy shakllar ta’sirida yuzaga kelishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Poetik matn konseptual maydoning kognitiv, semantik-stilistik, diskursiv xususiyatlari va ularning ingliz va o‘zbek tillarida chog‘ishtirma tadqiqi jarayonida olingan nazariy va amaliy natijalari asosida:
konseptual maydon konseptning dolzarb mazmunini taqdim etish, shuningdek, leksikografik, psixolingvistik, kommunikativ, qiymat-mazmunli va konnotativ ma’nolarni taqdim etish imkonini beruvchi mikromaydonlardan iboratligi hamda ularning kesishish nuqtalari bilan bog‘liq natijalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” loyihasi doirasida foydalanildi (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 16-fevraldagi 62/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, she’riyat olamining konseptual maydoni tadqiqi asosida qoraqalpoq adabiyotshunosligi tarixini o‘rganishda foydalanilgan;
dissertasiyaning badiiy konsept muallif tafakkurida uning hayotiy tajribalari, ko‘nikmalari va hissiyotlari asosida shakllanishi, u badiiy kontekstga joylashtirilib, o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi asosida diskursiv vazifani bajarishi hamda bunday o‘zaro ta’sir natijasida o‘quvchining ushbu konsept idrokida yangi assosiasiyalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq xulosa va natijalaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 23-fevraldagi 377/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida shakllantirilgan modullar kontenti olamning lisoniy manzarasining poetik matn doirasida shakllanishi, bilim ifodasi va kognitiv tuzilishiga oid ma’lumotlar bilan to‘ldirildi. Mazkur tahlillar orqali talabalarning kognitiv tafakkur etishi, mulohaza yuritish qobiliyatlari rivojlanishi aniqlandi;
badiiy konsept muallif badiiy matni konseptosferasining tarkibiy qismi bo‘lib, muallif tomonidan yaratilgan asarning syujetini yaratishda kognitiv-pragmatik ahamiyatga ega bo‘lgan va jamoa ongida aks etgan mental belgi va hodisa ekanligiga oid olingan natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikasion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovasion tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 23-fevraldagi 379/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilidan ingliz tiliga, va aksincha, ingliz tilidan o‘zbek tiliga bilvosita va bevosita qilingan poetik tarjimalar tahlilida ularning mazmunini hamda asliyat va tarjima tili o‘rtasidagi konseptual muqobillik darajasini aniqlash usullari “Yozma tarjima”, “Badiiy asar tarjimasi tahlili”, “Badiiy tarjima stilistikasi”, “Lingvomadaniyatshunoslik”, “Qiyosiy tadqiqotlar metodologiyasi” kabi fanlarning nazariy asosini boyitishda inobatga olingan;
poetik konseptlar insonning kognitiv, hissiy va estetik jihatdan mazmunli tajribasi natijasi bo‘lgan tizimni tashkil etishi, ikkilamchi tabiati tufayli she’riy matnning turli darajalarida ifodalanishi hamda lisoniy ifodaning turli darajalari bilan o‘zaro bog‘liq tuzilishga egaligi bilan bog‘liq natijalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida bajarilgan 598661-EPP-1-2018-1- RO-EPPKA2 - CBHE-JP DECIDE: “Imkoniyati cheklanganlar uchun xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2023-yil 17-apreldagi 01-21-04-3/841-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv tilshunoslik va tarjimashunoslik kabi fanlarni o‘qitishda hamda mazkur amaliy loyiha bo‘yicha elektron resurslar, bosma darslik uchun manbalar va nazariy hamda amaliy materiallar tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qilgan;
dissertasiyada keltirilgan poetik matnlar tarjimasi jarayonida uchraydigan muammolarni shartli ravishda, ikki guruhga ajratilib, birinchi guruhi poetik tafakkurning milliy va individual (muallifga xos) xususiyatlari bilan bog‘liqligi, ikkinchi guruhdagilari esa, til tizimi va har bir xalqning an’analariga asoslangan she’riy shakllar ta’sirida yuzaga kelishi bilan bog‘liq xulosa va natijalari va materiallaridan Samarqand davlat chet tillar institutida Erasmus+ dasturi 58545-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP CLASS: “Computational linguistics at Central Asian universities” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 23-fevraldagi 377/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, konseptual maydon doirasida muallif idiostilini voqelantiruvchi omillarning o‘rni xususidagi xulosalardan badiiy matnlarni ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjmima qilishda, magistratura talabalari uchun tashkil etilgan onlayn kurslarda ishlatilgan.