Ruzieva Nilufar Xafizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek badiiy diskursi dinamikasida xushmuomalalik strategiyalarining shartlanishi», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2978.
Ilmiy rahbar: Qosimova Nafisa Farhodovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Oybek Safarboevich, filologiya fanlari doktori, professor; Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ingliz va o‘zbek badiiy diskursida xushmuomalalik strategiyalarining muloqotda samarali qo‘llanilishi va voqelanish omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nutqiy muloqot jarayonida inson omili bilan bog‘liq lisoniy qobiliyat, ma’lum millatga mansublik, ruhiy-psixologik tur kabi doimiy; ijtimoiy-madaniy status, biologik-fiziologik ko‘rsatkichlar, vaziyatga nisbatan ruhiy holat, kayfiyat, did, qiziqish va odatlar, tashqi ko‘rinish kabi o‘zgaruvchan xususiyatlar faollashuvi aniqlangan;
har ikkala til badiiy diskursi dinamikasida hurmat nutqining xushmuomalalik kategoriyasi doirasida voqelanishi, mazkur doira, o‘z navbatida, nutq ifodalanishining usullari, shakllanish manbalari, leksik-grammatik mohiyat kasb etadigan lisoniy omili, pragmatik vaziyati kabi komponentlardan tashkil topganligi dalillangan;
ingliz va o‘zbek badiiy matnida xushmuomalalik strategiyalari “hurmatlilik-hurmatsizlik”, ya’ni hurmatlash/hurmatsizlash, e’tiborlilik/e’tiborsizlik kabi zidlash, qarama-qarshilik qonuniyatlari asosida shartlanishi, shakllanishi va rivojlanishi asoslangan;
xushmuomalalikdagi oppozisiya ijtimoiy-lisoniy jihat kasb etishi, chog‘ishtirish, qiyoslash, taqqoslash, qarama-qarshi qo‘yish, zidlash, ulug‘lash, maqtash kabi ijobiy-negativ munosabatlar kengligida yuzaga kelishi, hurmat/hurmsatsizlik darajasini belgilashda  morfologik ko‘rsatkichlar, matn qurshovi, intonasiya  (ohang) ning ustunligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillari materiallari xushmuomalalik strategiyalarining lingvopragmatik tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xushmuomalalikdagi oppozisiya ijtimoiy-lisoniy jihat kasb etishi, chog‘ishtirish, qiyoslash, taqqoslash, qarama-qarshi qo‘yish, zidlash, ulug‘lash, maqtash kabi ijobiy-negativ munosabatlar kengligida yuzaga kelishi, hurmat/hurmsatsizlik darajasini belgilashda  morfologik ko‘rsatkichlar, matn qurshovi, intonasiya  (ohang) ning ustuvorligi bilan bog‘liq xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining  2022-yil 16-oktyabrdagi  17.01/18-son ma’lumotnomasi). Natijada xushmuomalalik strategiyasining ifodalanishini  kontekstual-situativ usulni qo‘llash orqali til elementlarining turli nutq vaziyatlarida ifodalanish omillarini asoslashga xizmat qilgan;
nutqiy muloqot jarayonida inson omili bilan bog‘liq lisoniy qobiliyat, ma’lum millatga mansublik, ruhiy-psixologik tur kabi doimiy; ijtimoiy-madaniy status, biologik-fiziologik ko‘rsatkichlar, vaziyatga nisbatan ruhiy holat, kayfiyat, did, qiziqish va odatlar, tashqi ko‘rinish kabi o‘zgaruvchan xususiyatlar faollashuviga doir xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018-yillarga mo‘ljallangan Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturi 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovasion tadqiqotlar loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2022-yil 08-oktyabrdagi  2823/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihada qatnashganlar va mutaxassislarning ingliz va o‘zbek tillarida ishlatiladigan xushmuomalalik strategiyalari haqidagi bilimlari yanada kengaytirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek badiiy matnida xushmuomalalik strategiyalari “hurmatlilik-hurmatsizlik”, ya’ni hurmatlash/hurmatsizlash, e’tiborlilik/e’tiborsizlik kabi zidlash, qarama-qarshilik qonuniyatlari asosida shartlanishi, shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Buxoro”,  “Najot bilimda” teleko‘rsatuvlarida unumli foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 6-oktyabrdagi 1/251-son xati). Natijada ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni boyitilib, tomoshabinlarga nutqda qo‘llaniladigan muloqotni boyituvchi lisoniy vositalar asosida ilmiy asoslangan ma’lumotlar etkazishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish