Jabbarova Malohat Hamdamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Gi de Mopassan va Abdulla Qahhor ijodida ayol tasviri», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil1137.
Ilmiy rahbar: Murodov G‘ayrat Nekovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Qarshibaeva Uljan Davirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmurodov Abduhamid, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Gi de Mopassan va Abdulla Qahhor ijodida ayol obrazlari tasviridagi mushtarak va farqli jihatlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Gi de Mopassan va Abdulla Qahhor asarlarida ayol obrazlari tasviri, ruhiyati, hayot tarzi, fikr-qarashi, psixologiyasi va dunyoqarashi, orzu-istaklari millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi ekanligi aniqlangan;
har ikkala adibning roman hamda hikoyalarida ayol estetik va ijtimoiy ideali tushunchalari mohiyati ayol/oila (uning oiladagi o‘rni va mavqei), ayol/ona (bolalariga munosabati), ayol/xotin (erga munosabati), ayol/jamiyat (jamiyatdagi o‘rni) obrazlarida namoyon bo‘lishi dalillangan;
ayol xarakteri Gi de Mopasson hamda Abdulla Qahhor asarlarida ayol ismlarining nomlanishi, portreti tasviri, xarakterining psixologik tasviri, u voyaga etgan muhit, milliy dunyoqarashi, fikrlash tarzi, aqli, bilimi, nutqining o‘ziga xosligi, hatti-harakati, o‘z-o‘zini boshqarishi va boshqalarga munosabati, hayo-ibosi, nazokati, latofati, go‘zalligi, atrofidagilarining unga munosabati va u haqidagi fikrlari asosida shartlanishi asoslangan;
voqealar tizimi Gi de Mopasson ijodida Fransiyadagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot, urf-odatlar va axloq tarzi, oila, muhabbat muammolari, Abdulla Qahhor ijodida sho‘rolar mustabid tizimi tarkibida o‘zbek jamiyatidagi hayot tarzi, ijtimoiy mehnat, ro‘zg‘or ishlari orqasida tinkasi qurigan millionlab mehnatkash, tanti o‘zbek xotin-qizlarining umumlashgan obrazi elementlarining ustuvorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gi de Mopassan va Abdulla Qahhor ijodida ayol tasvirini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gi de Mopassan va Abdulla Qahhor asarlarida ayol obrazlari tasviri, ruhiyati, hayot tarzi, fikr-qarashi, psixologiyasi va dunyoqarashi, orzu-istaklari millat mentalitetiga xos bo‘lgan mantiqiy, lisoniy, madaniy-axloqiy tafakkurning verballashuv hodisasi ekanligi oid nazariy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan FA-F1-005 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 18-yanvardagi 18.01/05-son ma’lumotnomasi). Natijada Gi de Mopassan va Abdulla Qahhor ijodida ayol tasvirining mushtarak va tafovutli xususiyatlarini aniqlash orqali har bir adibning ijodiy individualligi oydinlashtirilib, mazkur adiblar tomonidan badiiy matnda ayolga munosabatning tarixiy, milliy, axloqiy omillari yoritilgan. Har bir adibning ayol obrazini tasvirlashdagi badiiy mahorat qirralarini ochib berish asosida ilmiy-nazariy xulosalar chiqarilgan;
har ikkala adibning roman hamda hikoyalarida ayol estetik va ijtimoiy ideali tushunchalari mohiyati ayol/oila (uning oiladagi o‘rni va mavqei), ayol/ona (bolalariga munosabati), ayol/xotin (erga munosabati), ayol/jamiyat (jamiyatdagi o‘rni) obrazlarda namoyon bo‘lishiga doir ilmiy xulosa va tavsiyalardan Toshkent Fransuz Alyansi tomonidan muntazam o‘tkazilib boriladigan “Club de Conversation” tadbirlar dasturlariga oid trening-mashg‘ulotlarda foydalanilgan (NNT Toshkent Fransuz Alyansining 2023-yil 25-yanvardagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada yo‘nalishdagi ilmiy xulosalar, tavsiyalar va takliflar ushbu seminar dasturini boyitishga hamda uning ilmiy qimmatini oshirishga xizmat qilgan;
ayol xarakteri Gi de Mopasson hamda Abdulla Qahhor asarlarida ayol ismlarining nomlanishi, portreti tasviri, xarakterining psixologik tasviri, u voyaga etgan muhit, milliy dunyoqarashi, fikrlash tarzi, aqli, bilimi, nutqining o‘ziga xosligi, xatti-harakati, o‘z-o‘zini boshqarishi va boshqalarga munosabati, hayo-ibosi, nazokati, latofati, go‘zalligi, atrofidagilarining unga munosabati va u haqdagi fikrlari asosida shartlanishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” teleko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 13-dekabrdagi 1/352-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarda foydalanilgan ma’lumotlar va muallif bilan o‘tqazilgan suhbatlar teletomoshabinlarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga va ko‘rsatuvlarning ilmiyligi va ommabopligi ta’minlangan.