Niyazova Regina Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yillik o‘quv siklida sport mahoratini takomillashtirish bosqichidagi triatlonchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tashkil etish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2342
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Xasanova Galina Mamutovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Dadabaev Odiljon Jalolidinovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Krasnova Galina Mansurovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi triatlonchilarni sport mahoratini takomillashtirish bosqichidagi sport mashg‘ulotlarini blokli davriylashtirishga asoslangan yillik tayyorgarligi modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
triatlonchilarnining mikrotsikllarda tipik o‘quv vazifalarini uzlyuksizligini izchil ravishda taqsimlashda dasturiy-uslubiy ta’minoti ishlab chiqish hisobiga yillik sikldagi tayyorgarliklarini mikrotsikllarda va sport takomillashuvining jamg‘aruvchi, transformatsiyalovchi va amalga oshiruvchi mezotsiklli bloklarda namunaviy trenirovka vazifalari ratsional taqsimlangan;
triatlonchilarning mashg‘ulot jarayoniga sportchilarni maxsus jismoniy sifatini oshirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi va keltiruvchi mashqlarni o‘zida ifoda etuvchi umumiy jismoniy tayyorgarlik (pliometrika kabi) va har bir yo‘nalish uchun sigmentlarga ajratilgan dasturni ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulot va harakat tayyorgarliklarini yuqori darajada saqlab qolish imkoniyatlar kengaytirilgan;
triatlonchilarning funksional holatni aniqlovchi “Simona 111 integral monitoring tizimi” dasturiy-apparat kompleksi va Garmin moslamalari yordamida funksional holatni rivojlantirish va organizm tiklanishini tezlashtirish uchun mezotsikllar asosida yillik maxsus-maqsadli mashg‘ulot yuklamalari ishlab chiqish orqali sport formasining cho‘qqisiga olib chiqish imkoniyatlari kengaytirilgan;
triatlonchilarning blokli-maqsadli vositalarining kuchga yo‘naltirilgan mashqlarni turli shiddat ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘sishini ta’minlovchi yuklamalarini ifodalovchi “Triatlonchilarning yillik siklga mo‘ljallangan modeli”ni ishlab chiqish hisobiga musobaqa natijadorligi ko‘rsatkichlari oshish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sport mashg‘ulotlarini blokli davriylashtirish konsepsiyasiga asoslangan yillik tayyorgarlik siklini tashkil etishning eksperimental modelini joriy etish orqali sport mahoratini takomillashtirish bosqichida triatlonchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayonini optimallashtirish bo‘yicha pedagogik tadqiqot davomida olingan ilmiy ma’lumotlarga asoslanib, quyidagilarni amaliyotga joriy etish taklif qilingan:
triatlonchilarnining mikrotsikllarda tipik o'quv vazifalarini uzlyuksizligini izchil ravishda taqsimlashda dasturiy-uslubiy ta’minoti ishlab chiqish hisobiga yillik sikldagi tayyorgarliklarini mikrotsikllarda va sport takomillashuvining jamg‘aruvchi, transformatsiyalovchi va amalga oshiruvchi mezotsiklli bloklar bo‘yicha tavsiya va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining sport jamoasiga qabul qilingan triatlon bo‘yicha ixtisoslashgan sportchilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligini 2023-yil 25-yanvardagi 02/01-01/06/13/546-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining yoshlar terma jamoasi triatlonchilarining maxsus jimsoniy tayyorgarligi darajasi 21,9%ga va texnik-taktik mahorati darajasi 18,3%ga yaxshilangan;
triatlonchilarning mashg‘ulot jarayoniga sportchilarni maxsus jismoniy sifatini oshirishga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi va keltiruvchi mashqlarni o‘zida ifoda etuvchi umumiy jismoniy tayyorgarlik (giperekstenziya kabi) va har bir yo‘nalish uchun sigmentlarga ajratilgan dastur majmualari “Vatanparvar” Respublika texnik va amaliy sport turlari markazida shug‘ullanayotgan triatlonchilarning o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-yanvardagi 02/01-01/06/13/546-son ma’lumotnomasi). Natijada, triatlonchilarning funksional tayyorgarligi ko‘rsatkichlaridan “kislorod etkazib berish indeksi” – 14,3%ga, “yurak indeksi” – 21,5%ga, “zarba indeksi” – 19%ga, “integral balans” – 26,9%ga, “yurak zahirasi” – 19,2%ga va “adaptiv zaxira” – 23%ga yaxshilangan;
triatlonchilarning funksional holatni aniqlovchi “Simona 111 integral monitoring tizimi” dasturiy-apparat kompleksi va Garmin moslamalari yordamida funksional holatni rivojlantirish va organizm tiklanishini tezlashtirish uchun mezotsikllar asosida yillik maxsus-maqsadli mashg‘ulot yuklamalari asosidagi tavsiya va takliflar Murakkab texnik va qishki sport turlari bo‘yicha Yuksak Sport Mahorati Maktabida shug‘ullanadigan triatlonchilarning yillik tayyorgarlik sikliga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-yanvardagi 02/01-01/06/13/546-son ma’lumotnomasi). Natijada, triatlonchilarning musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari 14,2%ga yaxshilangan, sport ustaligiga nomzod va sport ustasi malkaviy talablarni bajargan sportchilar soni 13,3%ga oshgan;
triatlonchilarning blokli-maqsadli vositalarining kuchga yo‘naltirilgan mashqlarni turli shiddat ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘sishini ta’minlovchi yuklamalarini ifodalovchi “Triatlonchilarning yillik siklga mo‘ljallangan modeli” Triatlon bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 25-yanvardagi 02/01-01/06/13/546-son ma’lumotnomasi). Natijada, triatlonchilarning musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari 14,2% ga yaxshilangan.