Usmonov Mansur Qurbonmurotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Malakali bokschilarning ixtisoslashtirilgan tayyorgarligini individual darsda takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped849.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Anashov Valixan Djumaxonovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyibjon Samidjanovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Turdiev Farxod Karimovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buhoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Yassi qo‘lqoplar”da individual darslar jarayonida bokschining ishchanlik qobiliyatini oshirish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bokschilar bilan o‘tkaziladigan individual darslarda “yassi qo‘lqoplar”da individualar darslarning tasnifiy modelini mashg‘ulotlar jarayoniga singdirish hisobiga bokschilarning zarbalar aniqligi va texnik-taktik harakatlarni o‘zlashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
individual darslarda bokschilarning ish va dam olish rejimlari (uzlyuksiz ishning ayrim yuklamalari me’yorlari, ular orasidagi dam olish intervallari hamda kichik tanaffuslar miqdori va davomiyligi), mashg‘ulot yuklamasi hajmi (“yassi qo‘lqoplar”da individul darsning ish vaqti, zarbalarning umumiy soni, vaqt oralig‘ida bosib o‘tilgan metrlar soni) hamda harakat faoliyati shiddat-meyorlarini ishlab chiqish hisobiga bokschilarning texnik-taktik va jangovar tayyorgarligi takomillashtirilgan;
bokschilarning yuqori darajadagi ish qobiliyatini aniqlash uchun organizmni fiziologik xususiyatlarini (yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari) yaxshilashga qaratilgan bokschi holatini fiziologik baholashda harakatning ishlash davomiylik reaksiyasini ishlab chiqish hisobiga sportchilarning funksional tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
bokschilar jangovar harakatlarini bajarish vaqtida harakat faolligini aniqlash uchun tik turgan zarbalar, oldinga qadam bilan zarbalar va oldinga sakrash bilan zarbalarini uzlyuksiz ish dozasini qo‘shish hamda mashg‘ulot olib borish shiddat me’yorlarini turli davomiylikdagi dam olish tanaffuslarini o‘zgartirib qo‘llash hisobiga bokschlarning maxsus ishchanlik qobiliyatini oshirish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Malakali bokschilarning “Yassi qo‘lqoplar”da individual darslarda ishchanlik qobiliyatini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot va pedagogik tadqiqot natijalarini qiyosiy tahlil qilish asosida:
“Yassi qo‘lqoplar”da bokschilar bilan o‘tkaziladigan individual darslarini takomillashtirish (ixtisoslashtirilgan tayyorgarlikning ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha, pedagogik yo‘nalishi bo‘yicha, texnik-taktik takomillashtirish metodlari bo‘yicha) modelini mashg‘ulotlar jarayoniga qo‘llash bo‘yicha takliflar Surxondaryo viloyati terma jamoasi malakali bokschilarining mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 6-sentyabrdagi 03-01/04/20/9120-raqamli dalolatnomasi). Natijada, yuqori malakali bokschilarda reaksiya qilish tezkorligi va aniqligi ko‘rsatkichlari 12% ga oshgan, musobaqa faoliyati natijadorligi 18% ga oshgan;
bokschilarning “Yassi qo‘lqoplar”da individual darslarda bokschilarning ish va dam olish rejimlarining (uzlyuksiz ishning ayrim yuklamalari me’yorlari, ular orasidagi dam olish tanaffuslari hamda kichik tanaffuslar miqdori va davomiyligi, ish me’yorlarining eng samarali davomiyligi), shuningdek, mashg‘ulot yuklamasi hajmi (“Yassi qo‘lqoplar”da individul darsning ish vaqti, zarbalar va ularni bajarish usullarining umumiy soni, vaqt oralig‘ida bosib o‘tilgan metrlar soni) hamda harakat faoliyati shiddat-meyorlarini (zarbalar va vaqt oralig‘ida bosib o‘tilgan metrlar soni) takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Surxondaryo viloyati terma jamoasining malakali bokschilarini tayyorlash jarayoniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 6-sentyabrdagi 03-01/04/20/9120-raqamli dalolatnomasi). Natijada, malakali bokschilarning musobaqa faoliyati natijadorligi 17% ga, texnik-taktik harakatlar natijadorligi 15% ga oshgan;
bokschilarning yuqori darajadagi sport ish qobiliyatini aniqlab berish, ularning organizmini optimal holati, fiziologik xususiyatlarini (yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari) yaxshilashga qaratilgan sifat va son modelini ishlab chiqish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar “Boks nazariyasi va amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2023 yil 17 noyabrdagi 233-0044 raqamli ruxsatnomasi). Natijada ekstremal sharoitlarda chalg‘ituvchi omillarga barqarorlik 16% ga oshgan;
jangovar harakatlarini bajarish vaqtida bokschining harakat faolligini aniqlash uchun tajriba sinov rejalashtirish jadvaliga 30 daqiqalik dam olish, 4 ta besh daqiqalik uzlyuksiz ish dozasini qo‘shish va mashg‘ulot olib borish shiddat me’yorlarini (joyidan turib zarba berish (25 zarba/daq.), oldinga bir qadam bilan zarba (15 zarba/daq.), oldinga sakrab zarba (15 zarba|daq va oldinga bir qadam sakrash bilan zarba (10 zarba/daq), turli davomiylikdagi dam olish pauzalari (0,5 daq, 1 daq, 1,5 daq va 3 daqiqa) o‘zgartirib qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Surxondaryo viloyati terma jamoasi malakali bokschilarining mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 6-sentyabrdagi 03-01/04/20/9120-raqamli dalolatnomasi). Natijada sportchilar yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida (Ispaniya) 1 ta bronza, Osiyo chempionatida 2 ta oltin (Abdumurodov Dilshod Qaxxorovich va Nortojiev Xo‘janazar Shavkat o‘g‘li) hamda 1 ta kumush va 1 ta bronza medali qo‘lga kiritilgan.