Tulyaganov Akmal Axmadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh futbolchilarni funksional asimmetriyasini hisobga olgan holda to‘pni boshqarish texnikasiga o‘rgatish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped3738.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Yusupov Nodrbek Maxmudovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Talipdjanov Asqar Imamjanovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh futbolchilarda funksional asimmetriya asosida to‘pni boshqarish texnikasini ishlab chiqilgan metodika yordamida takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi yosh futbolchilarning musobaqa davomida texnik-taktik harakatlarni “qulay” va “noqulay” oyoqda bajarishlarini inobatga olgan holda oyoq kaftining ichki, tashqi, yuza qismlarida to‘p uzatishni o‘yin shiddat va turli holatlarda texnik usullariga simmetrik o‘rgatish hisobiga mashg‘ulotlarni samarali bosqichma-bosqich tashkil etish rejasini amalga oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi yosh futbolchilarni to‘p bilan bajariladigan texnik usullarga o‘rgatish uchun “qulay” va “noqulay” oyoq kaftining ichki, tashqi va yuza qismlarida to‘pga zarba berishning turli shiddat zonalarini belgilab beruvchi “Futbolchilarni reaksiya harakatlarini baholash uchun elektrokardiogramma” dasturini ishlab chiqish hisobiga harakatlarni samarali bajarish imkoniyatlari oshirilgan;
hujum ampluasidagi o‘yinchilarning (asimmetrik olib yurish, aldab o‘tish, to‘pni uzatish, zarba berish) simmetrik harakatlarni (ikki oyoqda aldamchi harakatlar) va himoyachilarning asimmetrik harakatlarini (to‘pni olib qo‘yish, uzatish, aldab o‘tish) takrorlash soni va yuklama hajmiga qarab, dam olish vaqtini mashqlarning murakkabligiga qarab nazorat qilish hisobiga turli amplua o‘yinchilarining mashqlar majmuasi takomillashtirilgan;
boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi yosh futbolchilarning mashg‘ulot jarayonida harakatlar asimmetriyasi va simmetriyasini inobatga olgan holda ixtisoslashgan mashqlarni oddiydan murakkab holatda uch bosqichga bo‘lib (asimmetrik, simmetrik, asimmetrik), yurak qisqarish soni, shiddat zonalarini aniqlash hisobiga harakatni “qulay” oyoqda bajarishga nisbatan “noqulay” oyoqda bajarishni takomillashtirish bo‘yicha metodikasini hamda asimmetrik holatdagi to‘pni boshqarish texnik usullarini bajarish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh futbolchilarning funksional asimmetriyasini xisobga olgan holda texnik usullarni asimmetrik takomillashtirishga to‘pni boshqarish texnikasiga o‘rgatish metodikasini ishlab chiqish asosida:
boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi yosh futbolchilarning musobaqa davomida texnik-taktik harakatlarni “qulay” va “noqulay” oyoqda bajarishlarini inobatga olgan holda oyoq kaftining ichki, tashqi, yuza qismlarida to‘p uzatishni o‘yin shiddat va turli holatlarda texnik usullariga simmetrik o‘rgatish hisobiga mashg‘ulotlarni samarali bosqichma-bosqich tashkil etish rejasini amalga oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Bunyodkor” futbol akademiyasidagi 10-11 yoshli shug‘ullanuvchilarning tayyorgarlik jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 6-sentyabrdagi 03-01/04/20/9112-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘yin jarayonida texnik-taktik harakatlarni “qulay” oyoqda bajarish samaradorligi 10,45% ga, “noqulay” oyoqda bajarish samaradorligi 8,6% ga oshgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi yosh futbolchilarni to‘p bilan bajariladigan texnik usullarga o‘rgatish uchun “qulay” va “noqulay” oyoq kaftining ichki, tashqi va yuza qismlarida to‘pga zarba berishning turli shiddat zonalarini belgilab beruvchi “Futbolchilarni reaksiya harakatlarini baholash uchun elektrokardiogramma” dasturini ishlab chiqish hisobiga harakatlarni samarali bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Bunyodkor” futbol akademiyasidagi 10-11 yoshli shug‘ullanuvchilarning tayyorgarlik jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 6-sentyabrdagi 03-01/04/20/9112-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv-mashg‘ulot jarayonida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun tanlab olingan test me’yorlarining “qulay” va “noqulay” oyoqda bajarilishi  ijobiy tomonga o‘zgargan (P≤0,05);
hujum ampluasidagi o‘yinchilarning (asimmetrik olib yurish, aldab o‘tish, to‘pni uzatish, zarba berish) simmetrik harakatlarni (ikki oyoqda aldamchi harakatlar) va himoyachilarning asimmetrik harakatlarini (to‘pni olib qo‘yish, uzatish, aldab o‘tish) takrorlash soni va yuklama hajmiga qarab, dam olish vaqtini mashqlarning murakkabligiga qarab nazorat qilish hisobiga turli amplua o‘yinchilarining mashqlar majmuasi bo‘yicha takliflar “OKMK” futbol klubi yoshlar jamoasining (10-11 yosh) o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 6-sentyabrdagi 03-01/04/20/9112-son ma’lumotnomasi). Natijada, “noqulay” oyoqda to‘pni qisqa masofaga uzatishda samaradorlik 10,11% ga, o‘rta masofaga to‘pni uzatib berishda 9.25% ga va uzoq masofaga to‘pni uzatishda 9,15% ga oshgan;
boshlang‘ich tayyorlov guruhidagi yosh futbolchilarning mashg‘ulot jarayonida harakatlar asimmetriyasi va simmetriyasini inobatga olgan holda ixtisoslashgan mashqlarni oddiydan murakkab holatda uch bosqichga bo‘lib (asimmetrik, simmetrik, asimmetrik), yurak qisqarish soni, shiddat zonalarini aniqlash hisobiga harakatni “qulay” oyoqda bajarishga nisbatan “noqulay” oyoqda bajarishni takomillashtirish bo‘yicha metodikasini hamda asimmetrik holatdagi to‘pni boshqarish texnik usullarini bajarish bo‘yicha takliflar “Futbol o‘yin texnikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 2022-yil 28 dekabrdagi 428 I/Sh-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv-mashg‘ulot jarayonida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik uchun tanlab olingan test me’yorlarini bajarishda “qulay” va “noqulay” oyoq harakatlari samaradorligi 8,6% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish