Erniyazov Islam Ruslanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xalqaro xususiy huquqda avtomobil yo‘llarini qurish bo‘yicha pudrat shartnomasi” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Rustambekov Islombek Rustambekovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Avazbekova Farangiz Baxtiyarovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida xalqaro yo‘l qurilishini shartnomaviy va kollizion tartibga solishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirish, milliy avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish xalqaro talablar va standartlarga mos kelishi va bu qonunchilikda aks etishi kerakligi asoslantirilgan;
xalqaro va respublika hududlarini bogʻlaydigan avtomobil yo‘llari tarmogʻini kengaytirishni huquqiy tartibga solish zarurati hamda yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash zarurati asoslantirilgan;
avtomobil yo‘llari va yo‘l harakati sohasida Xalqaro muhandis-maslahatchilar federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlari asosida huquqiy va texnik tartibga solish o‘rtasidagi o‘zaro bogʻliqlikni o‘rnatish zarurati asoslantirilgan;
yo‘l infratuzilmasini kompleks yaxshilash xalqaro moliya institutlarini jalb qilish va tegishli huquqiy bazani yaratish zamonaviy innovatsion yondashuvlarni talab qilishi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagilarda foydalanilgan:
yo‘l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish va xalqaro moliya institutlarini jalb qilish, avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirish, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan milliy avtomobil yo‘llarini, shuningdek, xalqaro va respublika hududlarini bogʻlovchi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, yo‘l tarmogʻini kengaytirish va yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-fevraldagi 49-sonli “Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2023-yil 6-oktyabrdagi 02-3133-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi xalqaro loyihalar doirasida yo‘l qurilishini huquqiy tartibga solish mexanizmini aniq belgilash va takomillashtirish hamda xalqaro mablagʻlarni jalb etishga xizmat qilgan;
xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda yo‘l infratuzilmasini kompleks takomillashtirish, avtomobil yo‘llarida harakatni boshqarish tizimini raqamlashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Ma’muriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–94-son Farmoni 3-bandi doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi 6/11-5/5024-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning tatbiq etilishi tartibga solish yo‘nalishlarni belgilash va yo‘l qurilishini tartibga solishda xalqaro standartlarni joriy etish imkonini bergan;
xalqaro talab va standartlarga javob beradigan milliy avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, xalqaro va respublika hududlarini kengaytirish, Xalqaro muhandislar konsalting federatsiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlari asosida tutashuvchi yo‘llar tarmogʻi va yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘gʻrisida”gi PQ–316-son qarori 1-bandi doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi 6/11-5/5024-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi xalqaro talab va standartlarga javob beradigan milliy avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va tartibga solishda xalqaro standartlarni joriy etishga xizmat qilgan;
yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, avtomobil yo‘llari va harakatni texnik jihatdan tartibga solish, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalari holatini yaxshilash va ulardan foydalanish sifatini oshirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-maydagi “Sement-beton qoplamali avtomobil yo‘llari tarmog‘ini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–249-son qarori, 2022-yil 4-apreldagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilsh loyihalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–189-son qarori doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 13-oktyabrdagi 6/11-5/5024-son dalolatnomasi). Ushbu taklifni qabul qilinishi yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, avtomobil yo‘llari va harakatni texnik jihatdan tartibga solishda xalqaro standartlarni joriy etishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish