Tillaev Alisher Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Xalqaro tajribalar asosida talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish metodikasi (texnika fanlari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7151.
Ilmiy rahbar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti DSc.03/30.12.2019.T.10.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaeva Zebo Sharifovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xalqaro tajribalar asosida talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro tajribalar asosida ta’lim jarayonida “kompetensiyaviy yondashuv” hamda “texnik tafakkur” tushunchalarining mohiyati aniqlangan;
umumkasbiy va maxsus fanlarning (mazmuniy, tushuntirish, tahliliy) bloklari asosida talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirishning modeli (mazmunli, funksional, diagnostik) ishlab chiqilgan;
xalqaro tajribalar asosida talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirishning ilmiy asoslangan tizimi, o‘qituvchilar tomonidan ta’sirni ta’minlaydigan aniq pedagogik ta’sirlar dasturi, texnik tafakkur modeli va komponentlarni o‘z ichiga olgan maqsadli hamda samarali rivojlantirishni ta’minlaydigan tashkiliy-metodik harakatlar majmui ishlab chiqilgan;
globallashuv jarayonlari sharoitida kasbiy kompetensiya strategiyalari, texnik tafakkur, ijodiy tafakkur, kasbiy yondashuvlar ta’kidlangan va asoslangan. Umumkasbiy va maxsus fanlar integratsiyasi asosida talabalar texnik tafakkurining rivojlanish darajasining (reproduktiv, mahsuldor, ijodiy) baholash mezonlari, talabalarning kasbiy, shaxsiy va texnik rivojlanish nuqtayi nazaridan universitet ta’lim muhitiga moslashtirish masalalari tahlil qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida xalqaro tajribalar asosida talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarning texnik tafakkurini rivojlantirishga imkon beradigan usullar bo‘yicha takliflar 60310100 – “Iqtisodiyot” yo‘nalishining malaka talablari mazmuniga kiritilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi 02/01-01-3-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar o‘quv jarayonining kasbiy samaradorligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
“Ekonomicheskaya teoriya” darsligi oliy ta’lim muassasasi o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi 02/01-01-3-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar talabalarning kasbiy rivojlanishini shakllantirishga yordam bergan;
“Metodika upravleniya razvitiya professional`nix i lichnostnix kompetensiy studentov” uslubiy qo‘llanmasi o‘quv jarayoniga joriy etildi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 5-yanvardagi 02/01-01-3-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyalar texnik tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish imkonini bergan.