Nurillaev Hasan Jamshid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jarrohlik amaliyoti jarayonlarida o‘t yo‘llarining jarohatlanishida jarrohlik taktikani optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3072.
Ilmiy rahbar: Kadirov Rustam Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Akbarov Mirshavkat Miralimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sherbekov Ulugbek Axrorovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Smolensk davlat tibbiyot universiteti Rossiya Federatsiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davolash natijalarini omilli tahlil qilish va jarrohlik taktikasini optimallashtirish orqali o‘t yo‘llarining intraoperatsion shikastlanishlarni korreksiya qilish  natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘t yo‘llarining shikastlanish bilan kasallangan bemorlarda xolesistektomiyaning turli xil variantlarida o‘t yo‘llari shikastlanishining XE vaqtida 1,3% ni va LXE da 2/3 hollarda, bulardan 59,8%da periferik va 48,2 % magistral o‘t yo‘llarining zararlanishi kabi hususiyatlari aniqlangan;
o‘t yo‘llarining shikastlanishida safro oqishi va o‘t yo‘llari dekompressiyasida jarrohlik aralashuvini tahlil qilish asosida diagnostika hamda davolash usullari takomillashtirilgan;
yuqori texnologiyali rentgen endobiliar aralashuvlar (REBA), ultratovush nazorati ostida punksiya usullar va laparoskopik jarrohlikdan foydalanilganda periferik o‘t yo‘llarining intraoperativ shikastlanishi kuzatilgan bemorlarda 96,7% relaparotomiyaga zaruriyat bo‘lmasligi asoslangan;
o‘t yo‘llarining shikastlanish bilan kasallangan bemorlarda takomillashtirilgan diagnostika va davolash usullarini qo‘llash orqali  intraoperativ jarohatlanishini bo‘lgan bemorlarda davo natijalari yaxshilanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2024 yil 22-yanvar 4-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: o‘t yo‘llarining shikastlanish bilan kasallangan bemorlarda xolesistektomiyaning turli xil variantlarida o‘t yo‘llari shikastlanishining XE vaqtida 1,3% ni va LXE da 2/3 hollarda, bulardan 59,8%da periferik va 48,2 % magistral o‘t yo‘llarining zararlanishi kabi hususiyatlari aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘t yo‘llarining shikastlanish sabablarini tahlil qilish va ularning oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar jarrohlarga o‘t yo‘llarining intraoperativ shikastlanishlari sonini kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘t yo‘llarining erta asoratlari - xoletsistektomiyadan keyin safro oqishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra: “O‘t yo‘llarining intraoperativ shikastlanishlari echun jarrohlik taktikasini tanlash dasturi” ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Ultratovush tekshiruvi operatsiyadan keyingi safro oqishini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi. Agar periferik o‘t yo‘llaridan safro oqishi bo‘lsa, peritoneal belgilar kuzatilmasa va intoksikatsiya belgilari bo‘lmasa, faol dinamik kuzatish taktikasiga rioya qilish kerak. Safro to‘planishi cheklangan bo‘lsa, ultratovush tekshiruvi ostida bilomani punksiya qilish tavsiya etiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Minimal invaziv endoskopik transduodenal aralashuvlar, diapevtik usullar va laparoskopiya, shuningdek, asosiy guruhda faol konservativ terapiya qo‘llanilishi "kichik" jarohatlar tufayli safro oqishi bo‘lgan bemorlarga davolanish natijalarini sezilarli darajada yaxshilashga va har doim ham oqlanmaydigan laparotomiyadan qochishga imkon bergan. Xulosa: O‘t yo‘llarining jaroxatlari bo‘lgan bemorlarga ultratovush tekshiruvidan foydalanish yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olinib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 540000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 700000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘t yo‘llarining shikastlanishida safro oqishi va o‘t yo‘llari dekompressiyasida jarrohlik aralashuvini tahlil qilish asosida diagnostika hamda davolash usullari takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘t yo‘llari shikastlanishini jarrohlik yo’li bilan davolashning qoniqarsiz natijalari sabablarini tahlil qilish asosida endoskopik transduodenal, diapevtik va laparoskopik texnologiyalardan foydalangan holda jarrohlik taktikasi optimallashtirildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘t yo‘llarining erta asoratlari - xoletsistektomiyadan keyin safro oqishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra: “O‘t yo‘llarining intraoperativ shikastlanishlari uchun jarrohlik taktikasini tanlash dasturi” ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Operatsiya vaqtida aniqlangan o‘t yo‘llarining shikastlanishini tuzatish davolashning erta (10%) va uzoq muddatli (25%) davrlarida operatsiyadan keyingi davrda aniqlangan (38,1% va 41,2% mos ravishda, o‘lim 14, 3%) bilan solishtirganda sezilarli darajada kamroq asoratlar soni bilan birga keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Tadqiqotning taklif etilayotgan natijalariga ko‘ra, xolesistektomiyadan keyingi erta davrda biliar asoratlar bo‘lgan bemorlarga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologiyali tibbiy yordam ko‘rsatish doirasi sezilarli darajada kengaytirildi, operatsiyadan keyingi dastlabki davrda asoratlarning chastotasini 17,8 % dan 8,1 % gacha, uzoq muddatli davrda - 14,7% dan 5,4% gacha kamaytirishga erishildi. Xulosa: Davolash va diagnostika algoritmida endoskopik transduodenal aralashuvlar, ultratovushli punksion usullar va laparoskopiyadan foydalangan holda periferik o‘t yo‘llarining intraoperativ shikastlanishida 96,7% relaparotomiyadan qochish hamda bemorlarni erta reabilitatsiyasi imkonini berdi va 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 640000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 720000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: yuqori texnologiyali rentgen endobiliar aralashuvlar (REBA), ultratovush nazorati ostida punksiya usullar va laparoskopik jarrohlikdan foydalanilganda periferik o‘t yo‘llarining intraoperativ shikastlanishi kuzatilgan bemorlarda 96,7% relaparotomiyaga zaruriyat bo‘lmasligi asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘t yo‘llari shikastlanganda jarroh harakatlarining ishlab chiqilgan algoritmi orqali shikastlanishning tabiati va hajmiga, ularni aniqlash vaqti va lokalizatsiyasiga qarab operatsiyaning optimal variantini tanlash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘t yo‘llarining erta asoratlari - xolesistektomiyadan keyin safro oqishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra: “O‘t yo‘llarining intraoperativ shikastlanishlari echun jarrohlik taktikasini tanlash dasturi” ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Klinik amaliyotga minimal invaziv endoskopik transduodenal aralashuvlar, diapevtik usullar va laparoskopiya, shuningdek, asosiy guruhda faol konservativ terapiya qo‘llanilishi "kichik" jarohatlar tufayli safro oqishi bo‘lgan bemorlarga davolanish natijalarini sezilarli darajada yaxshilashga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: GX ning intraoperativ kesib o‘tishi va kesishida aniq texnologiyadan foydalangan holda Ru bilan yuqori GeA operatsiyasi tanlanadi. Qayta tiklash operatsiyalari GX ni qisman shikastlanishida qo‘llaniladi, anastomozda striktura rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi sababli BBA va GDA qo‘llash tavsiya etilmaydi. Xulosa: GX ning intraoperativ kesib o‘tishi va kesishida aniq texnologiyadan foydalangan holda Ru bilan yuqori GeA operatsiyasi tanlangan operatsiyasidan keying reabilitatsiya vaqti 5-7 kundan 3-4 kungacha qisqarish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 640000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 790000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘t yo‘llarining shikastlanish bilan kasallangan bemorlarda takomillashtirilgan diagnostika va davolash usullarini qo‘llash orqali  intraoperativ jarohatlanishini bo‘lgan bemorlarda davo natijalari yaxshilanganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: o‘t yo‘llarida qayta tiklash va rekonstruktiv operatsiyalardan keyin striktura rivojlanishining oldini olish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar uzoq muddatli davolanish natijalarini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘t yo‘llarining erta asoratlari - xolesistektomiyadan keyin safro oqishi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra: “O‘t yo‘llarining intraoperativ shikastlanishlari echun jarrohlik taktikasini tanlash dasturi” ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Magistral o‘t yo‘llarining shikastlanishini taktik va texnik jihatlari, shikastlanish tabiati, darajasi va vaqtiga qarab ishlab chiqilgan. Bu diagnostika sifatini yaxshilash va operativ davolash turini optimallashtirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Operatsiya vaqtida aniqlangan o‘t yo‘llarining shikastlanishini tuzatish davolashning erta (10%) va uzoq muddatli (25%) davrlarida operatsiyadan keyingi davrda aniqlangan (38,1% va 41,2% mos ravishda, o‘lim 14,3%) bilan solishtirganda sezilarli darajada kamroq asoratlar soni bilan birga keladi. Xulosa. Magistral o‘t yo‘llarining shikastlanishini taktik va texnik jihatlari, shikastlanish tabiati, darajasi va vaqtiga qarab kamayishi bilan o‘z samaradorligini isbotlagan, bu esa 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 570000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 680000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi «O‘t yo‘llarining intraoperativ shikastlanishida jarrohlik taktikasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etishlishi Samarkand davlat tibbiyot universitetining 06. 06. 2023 yildagi № 33 xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish