Sharipov Farrux Raximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholining xavf omili yuqori guruhlarida serebrovaskulyar kasalliklar skriningi va insul`tning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar ishlab chiqish» 14.00.33 – “Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment” va 14.00.13 – “Nevrologiya” (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1780.
Ilmiy rahbar: Yusupaliev Baxodir Kaxramonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Madjidova Yaqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximboeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Azizi Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 40 yoshdan oshgan kishilarda serebrovaskulyar kasalliklar va insul`tni skrining qilish hamda ularning oldini olish bo‘yicha profilaktika choralarini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
serebrovaskulyar kasalliklari (SVK) rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarni davolash va oldini olishda surunkali miya ishemiyasi va kognitiv soxani baxolashga ko‘ra aniqlashning zaruruti isbotlanib, 40 yoshdan katta bo‘lgan aholi qatlami orasida ushbu kasallikni bosqichma-bosqich skrining qilishning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
xavf guruxlarida tashxislash jarayonlarini kognitiv funksiya va uyqu arteriyasidagi pul`satsiya kamayishi asosida boshqaruvchi algoritmik sxemaga asos solinib, birlamchi sog‘liqni saqlash tizimida serebrovaskulyar kasalliklarni rivojlanish xavfini guruxlar (engil, o‘rta va yuqori)ga ajratishga ko‘ra baxolash asoslangan va real ishlash sharoitlariga moslashtirilgan;
serebrovaskulyar kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning kasallik darajasini an’anaviy usullar bilan bilan bir qatorda, noan’anaviy aqliy qobiliyatni pasayishi, uyqu arteriyasida pul`satsiyaga ko‘ra baxolashning maqsadga muvofiqligi asoslanib, kasallik darajasini ball tizimida baxolash orqali profilaktik chora-tadbirlar rejasi optimallashtirilgan;
insultning terapevtik va jarrohlik profilaktikasi bo‘yicha kasallikni oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan 35 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tarkibida angiojarrohlik va angionevrologiya markazlarini tashkil etish maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Muvofiqlashtiruvchi-ekspert kengashining 2023 yil 21 noyabrdagi 03/132-son xulosasiga ko‘ra (Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022 yil 20 sentyabrdagi 03/1873-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: serebrovaskulyar kasalliklari (SVK) rivojlanish xavfi bo‘lgan bemorlarni davolash va oldini olishda surunkali miya ishemiyasi va kognitiv soxani baxolashga ko‘ra aniqlashning zaruruti isbotlanib, 40 yoshdan katta bo‘lgan aholi qatlami orasida ushbu kasallikni bosqichma-bosqich skrining qilishning dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: serebrovaskulyar kasalliklarni aniqlashning ko‘payishiga, murojatlar va o‘limning pasayishiga yordam berishi asoslangani Qorakalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalar, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha 11.11.2020 yildagi 10-5/2865-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan ibora: asoratlar xavfi past bo‘lgan arzonroq narxda davolangan bemorlar sonining 1,5 barobar ko‘payishiga, shuningdek, insult bilan og‘rigan bemorlar va nogironlarning hayot sifatining yaxshilanishiga olib keldi va eng kam xarajat va asoratlar xavfi bo‘lgan bemorlar soni 1,5 barobar, ularning ijtimoiy faollik darajasi 1,6 barobar oshdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: serebrovaskulyar kasalliklar uchun ishlab chiqilgan skrining dasturi har bir bemor uchun iqtisodiy samaradorlikni yiliga 2712333 so‘mga oshirdi va nogironlik boshlanishini kamida ikki marta kechiktirishga imkon berdi. Xulosa: umuman O‘zbekistonda serebrovaskulyar kasalliklar rivojlanish dinamikasining etiopatogenetik jihatlarini skrining dasturi bo‘yicha tahlil qilish ushbu patologiyaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini tushunishga yordam beradi. Serebrovaskulyar kasalliklarning asosiy sabablari va mexanizmlarini o‘rganish orqali tadqiqotchilar ushbu kasallikning aholi va iqtisodiyotga yukini kamaytirish uchun yaxshiroq profilaktika va davolash strategiyalarini ishlab chiqishlari mumkin;
ikkinchi ilmiy yangilik: xavf guruxlarida tashxislash jarayonlarini kognitiv funksiya va uyqu arteriyasidagi pul`satsiya kamayishi asosida boshqaruvchi algoritmik sxemaga asos solinib, birlamchi sog‘liqni saqlash tizimida serebrovaskulyar kasalliklarni rivojlanish xavfini guruxlar (engil, o‘rta va yuqori)ga ajratishga ko‘ra baxolash asoslangan va real ishlash sharoitlariga moslashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: aholi skrining ma’lumotlarini tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan serebrovaskulyar kasalliklarning dastlabki ko‘rinishlarini vizualizatsiya jarayonini optimallashtirish rejasi Qorakalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalar, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha 11.11.2020 yildagi 10-5/2865-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak-qon tomir kasalliklari va serebrovaskulyar kasalliklar rivojlanishining xavfini skrining baholash orqali sog‘liqni saqlash muassasalari amaliyotiga kiritilgan serebrovaskulyar kasalliklarning dastlabki ko‘rinishlarini vizualizatsiya jarayonini optimallashtirish rejasi yuqori samaradorligini ko‘rsatdi va miyaning zararlangan o‘chog‘ini lokalizatsiya qilish, shikastlanishning kattaligi va tabiatini aniqlash, vaqt o‘tishi bilan patologik o‘zgarishlarning rivojlanishini kuzatish, miyaning chuqur qismlarida diffuz zararlanishlarni aniqlash imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotga kiritilgan serebrovaskulyar kasalliklarning dastlabki ko‘rinishlarini vizualizatsiya jarayonini optimallashtirish rejasi asosida yondashish shifoxonaning yil davomidagi xarajatlarning 1203190,7 so‘mni tejashga hamda tibbiy yordam sifatining oshishiga olib keldi. Xulosa: bemorlarni tekshirishda qo‘llanilgan serebrovaskulyar kasalliklarning dastlabki ko‘rinishlarini vizualizatsiya jarayonini optimallashtirish rejasi serebrovaskulyar kasalliklarni aniqlashda samarali ekanligini isbotladi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, usul sog‘liqni saqlash muassasalarida yurak-qon tomir kasalliklari tashxisini yaxshilash uchun foydali ekanligini isbotlagan;
uchinchi ilmiy yangilik: serebrovaskulyar kasalliklari bilan kasallangan bemorlarning kasallik darajasini an’anaviy usullar bilan bilan bir qatorda, noan’anaviy aqliy qobiliyatni pasayishi, uyqu arteriyasida pul`satsiyaga ko‘ra baxolashning maqsadga muvofiqligi asoslanib, kasallik darajasini ball tizimida baxolash orqali profilaktik chora-tadbirlar rejasi optimallashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ixtisoslashgan nevrologik bo‘limlar va markazlarda tibbiyot xodimlari foydalanishi uchun ishlab chiqilgan insultli bemorlarni boshqarish algoritmi Qorakalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalar, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha 11.11.2020 yildagi 10-5/2865-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: insultli bemorlarni boshqarish algoritmi og‘ir insult holatlarida o‘limga olib keladigan takroriy insultning oldini olish uchun jarrohlik davolashni ko‘rib chiqadi, xamda kasallik darajasini ball tizimida baxolash orqali profilaktik chora-tadbirlar rejasi optimallash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: insultli bemorlarni boshqarish algoritmi har bir bemor uchun byudjet mablag‘ining yiliga 3532500 so‘mni tejashga va kasallik asoratlarining rivojlanishini kamida ikki marta kechiktirishga imkon berdi. Xulosa: insult bilan og‘rigan bemorlarni standart davolashning jarayoni ularning sog‘lig‘ining turli jihatlarini, masalan, nevrologik kasalliklar, qon tomirlari xavf omillari, kognitiv funksiyalar, muloqot qobiliyatlari, kayfiyatning buzilishi va reabilitatsiya potensialini baholash imkonini beradi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: insultning terapevtik va jarrohlik profilaktikasi bo‘yicha kasallikni oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan 35 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tarkibida angiojarrohlik va angionevrologiya markazlarini tashkil etish maqsadga muvofiqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: qon tomir markazlarining tashkil etilishi serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan odamlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilashda hal qiluvchi omil bo‘lib, tibbiy-ijtimoiy muammoni hal qilish orqali o‘lim holatlarini kamaytirishi va takroriy qon tomir kasalliklarining rivojlanishi oldi olinishi asoslangani Qorakalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimidagi muassasalar, Toshkent shahar va viloyatlar sog‘liqni saqlash muassasalari bo‘yicha 11.11.2020 yildagi 10-5/2865-son buyrug‘i bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: insultning terapevtik va jarrohlik profilaktikasi bo‘yicha kasallikni oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirish imkoniga ega bo‘lgan 35 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlari tarkibida angiojarrohlik va angionevrologiya markazlarini tashkil etildi va nevrologlarning 183,75 shtati ochildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: yalpi mintaqaviy mahsulotning o‘sishi va nogironlik nafaqasi hajmining o‘sishini hisobga olgan holda, 27,6 yilda iqtisodiy yo‘qotishlar 1566,9 foizdan 1134,9 million so‘mga kamayganini ko‘rsatdi. Bu serebrovaskulyar kasalliklarga chalingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar serebrovaskulyar kasalliklar tufayli birlamchi nogironlikning iqtisodiy yukini kamaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganidan dalolat beradi. Xulosa: markazlarning tashkil etilishi serebrovaskulyar kasalliklarni davolashga, shu jumladan profilaktika, diagnostika, xavflarni baholash, davolash va reabilitatsiyaga kompleks yondashishga olib keldi. Bu yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan serebrovaskulyar kasalliklar va insultdan kasallanish, nogironlik va o‘limning kamayishiga olib keldi.