Vohid Yusupovich Xolovning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “XIX – XX asr boshlarida Buyuk Brutaniya va AQShda Markaziy Osiyo (O‘zbekiston)ga oid tadqiqotlar”. 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik, tarixiy tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2019.4.PhD/Tar592
Ilmiy rahbar: Dono Hamidovna Ziyaeva, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.02/30.12.2019. Tar.56.01.
Rasmiy opponentlar: Baxtiyor Ergashev, tarix fanlari doktori, professor;
Mirzohid Askarov, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XIX – XX asr boshlarida AQSh va Buyuk Britaniyada Turkistonga oid yaratilgan tadqiqotlarni aniqlash, tizimlashtirish natijasida mualliflar va rasmiy doiralarning Markaziy Osiyoga bo‘lgan munosabatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buyuk Britaniya va AQShlik sayyoh hamda tadqiqotchilarning Markaziy Osiyoga yuborilishining strategik (xonliklar ichki siyosati, erli aholi kayfiyatini o‘rganish, Rossiya mustamlakachigining mintaqadagi harbiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy holati, aholi tarkibi haqida ma’lumot to‘plash) va ilmiy maqsadlari (mintaqa tarixi, iqlimi, flora va faunasini tadqiq etish) omillar bo‘lgani aniqlandi;
Inglizlarning Markaziy Osiyo bo‘ylab safarlari davomida mintaqaning iqtisodiy resurslari, xususan, qishloq xo‘jaligi (ipakchilik, sug‘orish tizimi), chorvachilik (qorako‘lchilik, yilqichilik)ga oid muhim ma’lumotlar turkistonlik aholi vakillarining hamrohligi va ko‘rsatmalari asosida shakllantirilgani, AQSh va Buyuk Britaniyada iqtisodiy foydani ko‘zlab beda, qorako‘l va boshqa turlarni mahalliylashtirishga kirishilgani dalillangan;
AQShdan kelgan sayyoh va tadqiqotchilarning asar va maqolalari, AQShning Rossiya imperiyasidagi vakolatxonasi yozishmalarida mustamlakachilik yurushlari va siyosatiga xayrixohlik kuzatilib, bu ularning “Rossiyaning Markaziy Osiyoga bosqini qochib bo‘lmas ilojsizlikdan amalga oshirilgan”, “har bir rus askari Xivadan o‘ch olishni o‘z burchi deb sanagan”, ruslar “madaniyat keltiruvchilar” kabi fikrlari orqali asoslangan;
Inglizlar XIX asrning 60-yillariga qadar Markaziy Osiyoga Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Hindiston orqali safar qilgan yo‘llar Rossiya bosqinchiligi natijasida shu asrning 70-yillaridan boshlab Rossiya va Kavkaz yo‘nalishiga o‘zgarib, bunda imperiya siyosatiga xayroxoh siyosatchi, sayohatchi, jurnalist va olimlarlar faqat tegishli ruxsat bilan Markaziy Osiyoga kira olgani, ularning harakatlanish yo‘llari, uchrashadigan shaxs, manzillari imperiya tomonidan belgilangani, imperiya siyosatiga xayroxoh bo‘lmagan inglizlarga safarga ruxsat berilmagani dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Buyuk Britaniya va AQShlik sayyoh hamda tadqiqotchilarning Markaziy Osiyoga yuborilishining strategik (xonliklar ichki siyosati, erli aholi kayfiyatini o‘rganish, Rossiya mustamlakachigining mintaqadagi harbiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy holati, aholi tarkibi haqida ma’lumot to‘plash) va ilmiy maqsadlari (mintaqa tarixi, iqlimi, flora va faunasini tadqiq etish omillari)ga oid aniqlangan ma’lumotlar Tarix institutida bajarilgan OTF–1135 raqamli “XIX–XX asr boshlarida o‘zbek xalqining intellektual-madaniy merosi: an’analar va transformatsiya jarayonlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 3/1255-1793-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida loyiha doirasida tayyorlangan monografiyalarda tegishli paragraflar yozildi.
Inglizlarning Markaziy Osiyo bo‘ylab safarlari davomida mintaqaning iqtisodiy resurslari, xususan, qishloq xo‘jaligi (ipakchilik, sug‘orish tizimi), chorvachilik (qorako‘lchilik, yilqichilik)ga oid muhim ma’lumotlar turkistonlik aholi vakillarining hamrohligi va ko‘rsatmalari asosida shakllantirilgani, AQSh va Buyuk Britaniyada iqtisodiy foydani ko‘zlab beda, qorako‘l va boshqa turlarni mahalliylashtirishga kirishilgani Tarix institutida bajarilgan OTF–1135 raqamli “XIX–XX asr boshlarida o‘zbek xalqining intellektual-madaniy merosi: an’analar va transformatsiya jarayonlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 3/1255-1793-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar asosida loyiha doirasida tayyorlangan monografiyalarda tegishli paragraflar yozildi.
AQShdan kelgan sayyoh va tadqiqotchilarning asar va maqolalari, AQShning Rossiya imperiyasidagi vakolatxonasi yozishmalarida mustamlakachilik yurushlari va siyosatiga xayrixohlik kuzatilib, bu ularning “Rossiyaning Markaziy Osiyoga bosqini qochib bo‘lmas ilojsizlikdan amalga oshirilgan”, “har bir rus askari Xivadan o‘ch olishni o‘z burchi deb sanagan”, ruslar “madaniyat keltiruvchilar” kabi fikrlar yuzasidan ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” dasturining “Buyuk Britaniya va AQSh da Markaziy Osiyoga oid tadqiqotlarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 19 noyabrdagi 02-40-2393-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tadqiq etilayotgan davrda kelgan xorijliklar haqida to‘g‘ri tushunchaning shakllanishiga xizmat qiladi.
Inglizlar XIX asrning 60-yillariga qadar Markaziy Osiyoga Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Hindiston orqali safar qilgan yo‘llar Rossiya bosqinchiligi natijasida shu asrning 70-yillaridan boshlab Rossiya va Kavkaz yo‘nalishiga o‘zgarib, bunda imperiya siyosatiga xayroxoh siyosatchi, sayohatchi, jurnalist va olimlar faqat tegishli ruxsat bilan Markaziy Osiyoga kira olgani, ularning harakatlanish yo‘llari, uchrashadigan shaxs, manzillari imperiya tomonidan belgilangani, imperiya siyosatiga xayroxoh bo‘lmagan inglizlarga safarga ruxsat berilmagani yuzasidan ilmiy xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” dasturining “Buyuk Britaniya va AQSh da Markaziy Osiyoga oid tadqiqotlarning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2019 yil 19 noyabrdagi 02-40-2393-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tadqiq etilayotgan davrda kelgan xorijliklar haqida to‘g‘ri tushunchaning shakllanishiga xizmat qiladi.