Mirzaev Mirza Abdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Banklar moliyaviy xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2205.
Ilmiy rahbar: Ataniyazov Jasurbek Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qulliev Istam Yangimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda tijorat banklari moliyaviy xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subektlariga qulaylik yaratish hamda xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida mijozlarga “Remote Account Opening” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatilishi orqali onlayn bank xizmatlaridan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tranzaksiyalar qiymatini 20 foizga oshirish taklif etilgan;
banklar tomonidan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida innovatsion yashil kredit xizmatlarini taqdim etish orqali yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘larning kredit portfelidagi ulushini 10 foizgacha oshirish taklif etilgan;
tijorat banklari xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish hamda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida mavjud Humo va Uzcard tizimida ishlaydigan terminallarni o‘zaro integratsiya qilinishi orqali terminallardan foydalanish xarajatlarini 50 foizgacha qisqartirish taklif etilgan;
respublikamizning chekka hududlarida aholiga qulaylik yaratish maqsadida 10 tagacha raqamlashtirilgan bank xizmatlari markazlarini tashkil etish orqali bank xizmatlari ommabopligini oshirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Banklar moliyaviy xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subektlariga qulaylik yaratish hamda xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida mijozlarga “Remote Account Opening” tamoyili asosida xizmat ko‘rsatilishi orqali onlayn bank xizmatlaridan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladigan tranzaksiyalar qiymatini 20 foizga oshirish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023 yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023-yil 1-dekabrdagi 25-11/8631-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan tadbirkorlik subektlari uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlari soni 2023-yil 1-oktyabr holatiga yil boshiga nisbatan 1,6 foizga ortgan, mazkur bank xizmatlaridan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshirilgan tranzaksiyalar qiymati 13,7 foizga oshgan va amaliyotga joriy etilishiga erishilgan;
banklar tomonidan yashil iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida innovatsion yashil kredit xizmatlarini taqdim etish orqali yashil iqtisodiyotni moliyalashtirishga ajratilgan mablag‘larning kredit portfelidagi ulushini 10 foizgacha oshirish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023-yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023-yil 1-dekabrdagi 25-11/8631-son ma’lumotnomasi). Natijada, yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish maqsadida ajratilgan kreditlarning jami bank kredit portfelidagi ulushi 5,6 foizga oshdi va jozibador bank xizmatlari joriy etildi;
tijorat banklari xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish hamda mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida mavjud Humo va Uzcard tizimida ishlaydigan terminallarni o‘zaro integratsiya qilinishi orqali terminallardan foydalanish xarajatlarini 50 foizgacha qisqartirish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning       2023-yilga mo‘ljallangan umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023-yil 1-dekabrdagi 25-11/8631-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank kartasi egalarini jalb qilish orqali mijozlar bazasini kengaytirishga, to‘lovlarning yanada xavfsiz bo‘lishini ta’minlash hamda naqd pullarning aylanmasi bilan bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik kamayishiga erishilgan;
respublikamizning chekka hududlarida aholiga qulaylik yaratish maqsadida              10 tagacha raqamlashtirilgan bank xizmatlari markazlarini tashkil etish orqali bank xizmatlari ommabopligini oshirish taklifi ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning                   2023-yilga mo‘ljallangan bank xizmatlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (ATB «O‘zsanoatqurilishbank»ning 2023-yil 1-dekabrdagi 25-11/8631-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan 2023 yil I choragida respublikamizning 5 ta hududida zamonaviy, raqamlashtirilgan bank xizmatlari markazlari tashkil etilib, aholi uchun sifatli xizmatlar ko‘rsatilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish