Asrorxo‘jaeva Ma’muraxon Abrorxo‘ja qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning ko‘p tomonlama diplomatiyasida YuNESKO bilan hamkorlik istiqbollari”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ss280
Ilmiy maslahatchi: Sayfullaev Durbek Baxtiyorovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss.21.02
Rasmiy opponentlar: Kasimova Nazokat Anvarovna, siyosiy fanlar doktori, professor; Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasidagi ko‘p tomonlama diplomatiyaning o‘ziga xos jihatlari va rivojlanish yo‘nalishlarini ochib berish, ta’limni rivojlantirish va madaniy sohalardagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tashqi siyosiy nufuzi va ishtirokini YuNESKO shafeligi vositasida kengaytirish, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni BMTning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi va uning raqamli fan, ta’lim, madaniyat va turizm salohiyatini har tomonlama targʻib etishga qaratilgan ko‘p tomonlama diplomatiyasi Samarqand shahrini YuNESKOning “Raqamli fan va turizm poytaxti” deb e’lon qilish lozimligi dalillangan.
Xalqaro munosabatlarda davlatlararo ishonch inqirozining oshib borishi sharoitida YuNESKOga a’zo davlatlar o‘rtasida fan va sivilizatsiyalararo hamkorlikning o‘zaro bogʻliqlik va institusional mexanizmlarini mustahkamlash, tashkilot oldida turgan dolzarb masalalarning ustuvor yo‘nalishlari va strategik asoslarini zamon talablari asosida muvofiqlashtirish zarurati “UNESCO-2050” dasturini ishlab chiqish taklifiga ko‘ra isbotlangan.
YuNESKOning diqqat-e’tiborini Markaziy Osiyo mintaqasiga faol va doimiy jalb etish, mintaqaning tarixiy va bugungi jozibasini har tomonlama targʻib etish, mintaqaviy tashkilotlararo hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, shundan kelib chiqib, O‘zbekistonning ko‘p tomonlama diplomatiyasini strategik darajada rivojlantirishga qaratilgan “YuNESKO+Markaziy Osiyo”, “ShHT-YuNESKO”, “TURKSOY-YuNESKO” muloqot formatlarini tashkil etish tashabbuslari dalillangan.
O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasida fan, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikda to‘plangan ilgʻor tajriba, O‘zbekistonning ko‘p tomonlama diplomatiyasi rivojida YuNESKOning o‘rni va ahamiyatining tobora ortib borishi hamda xalqaro turizm, ta’lim va fan yutuqlaridan kelib chiqib, “fan diplomatiyasi”, “turizm diplomatiyasi” va “ekologik diplomatiya” atamalaridan foydalanish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston va YuNESKO o‘rtasida fan, ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi hamkorlikda to‘plangan ilgʻor tajriba, O‘zbekistonning ko‘p tomonlama diplomatiyasi rivojida YuNESKOning o‘rni va ahamiyatining tobora ortib borishi hamda xalqaro turizm, ta’lim va fan yutuqlaridan kelib chiqib, “fan diplomatiyasi”, “turizm diplomatiyasi” va “ekologik diplomatiya” atamalaridan foydalanish zarurati borasida olingan ilmiy natijalaridan madaniy tadbirlarning konsepsiyasini ishlab chiqish va ssenariylarini yozishda keng foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining 2023-yil 13-iyundagi 04-12-04404-son ma’lumotnomasi). Bu esa sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirish va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Xalqaro munosabatlarda davlatlararo ishonch inqirozining oshib borishi sharoitida YuNESKOga a’zo davlatlar o‘rtasida fan va sivilizatsiyalararo hamkorlikning o‘zaro bogʻliqlik va institusional mexanizmlarini mustahkamlash, tashkilot oldida turgan dolzarb masalalarning ustuvor yo‘nalishlari va strategik asoslarini zamon talablari asosida muvofiqlashtirish zarurati “UNESCO-2050” dasturini ishlab chiqish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining tegishli qarorlarini tayyorlash jarayonida foydalanildi (O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2023-yil 14-iyundagi 24–12/3-son ma’lumotnomasi). Bu esa mazkur sohaga oid axborot-tahliliy ma’lumotlarning ko‘payishiga xizmat qilgan. Natijada madaniy meros obektlarini himoya qilish, ularga zarar etkazilishiga qarshi kurashishning ilmiy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
YuNESKOning diqqat-e’tiborini Markaziy Osiyo mintaqasiga faol va doimiy jalb etish, mintaqaning tarixiy va bugungi jozibasini har tomonlama targʻib etish, mintaqaviy tashkilotlararo hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, shundan kelib chiqib, O‘zbekistonning ko‘p tomonlama diplomatiyasini strategik darajada rivojlantirishga qaratilgan “YuNESKO+Markaziy Osiyo”, “ShHT-YuNESKO”, “TURKSOY-YuNESKO” muloqot formatlarini tashkil etishga oid ilmiy-tarixiy materiallardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan ayrim ko‘rsatuvlar ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasining 2023-yil 29-noyabrdagi 06-28-1779-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘sini yanada ko‘tarish, madaniy-tarixiy merosni asrab-avaylash va dunyoga tanitishda qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi tashqi siyosiy nufuzi va ishtirokini YuNESKO shafe’ligi vositasida kengaytirish, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni BMTning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlanishi va uning raqamli fan, ta’lim, madaniyat va turizm salohiyatini har tomonlama targʻib etishga qaratilgan ko‘p tomonlama diplomatiyasi Samarqand shahrini YuNESKOning “Raqamli fan va turizm poytaxti” deb e’lon qilish lozimligi borasidagi ilmiy tavsiyalari Turizm qo‘mitasi faoliyatida amaliyotga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023-yil 29-noyabrdagi 02-12-17-1802-son ma’lumotnomasi). Bu esa tashqi siyosatda ko‘p tomonlama diplomatiyani rivojlantirish va yanada mustahkamlashning yangi yo‘nalishlarini joriy etilishiga, mavjudlarining ko‘lamini kengaytirish borasidagi muhim vazifalarni belgilab olinishiga xizmat qilgan.