Ahmedov Rahmonjon Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda sovet hokimiyatining savodsizlikni tugatish siyosati (XX asrning 20–30-yillari)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tar846.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Muzrobjon G‘ulomovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Abdulla Nuritdinovich Rasulov, tarix fanlari doktori, professor; Avaz Abdullaevich Ermetov, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 20–30-yillarida sovet hukumatining O‘zbekistondagi savodsizlikni tugatish siyosati jarayonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sovet hukumati savodsizlikni tugatish siyosatining O‘zbekistonda tatbiq etilish shart-sharoitlari, siyosiy kampaniyaning respublikaga xos bo‘lgan xususiyatlari (katta yoshdagilar o‘rtasidagi savodsizlikning yuqori darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlik, milliy mentalitetning erkak va ayollarning bir joyda o‘qitilishiga qarshi ta’siri), savodsizlikni tugatishning davr (1918–1924 yillar, 1925–1940 yillar) va bosqichlari (1918–1920-yillar – boshlang‘ich bosqich, 1921–1924-yillar – rivojlanish bosqichi, 1925–1932-yillar – takomillashuv bosqichi, 1933–1940-yillar – yakuniy bosqich) aniqlangan;
XX asrning 20–30-yillaridagi savodsizlikni tugatish jarayonida sovet hokimiyatining O‘zbekistonda savodsizlikni tugatish tadbirlari vositasida sovet madaniyati va mafkurasini aholi o‘rtasida keng yoyishga qaratilgan milliy madaniyat, an’anaviy ta’limdan uzoqlashtirish, xotin-qizlar savodxonligini oshirish bahonasida ularni partiya idoralariga, zavod-fabrikalarga, kolhozlarga jalb etish harakatlarining mohiyati ochib berilgan;
Turkiston ASSR va O‘zbekiston SSRda pedagogika yo‘nalishida oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida o‘zbek, tojik, qirg‘iz, qozoq tillarida ta’lim beruvchi mutaxassis kadrlar etishmasligi aholi o‘rtasida keskin noroziliklarni keltirib chiqargani aniqlangan;
XX asrning 20-yillari boshlarida Turkistonda amalga oshirila boshlangan katta yoshdagi aholi o‘rtasidagi savodsizlikni tugatish siyosatining sabablari (sanoatlashtirish muammolarini hal qilish uchun savodli, malakali ishchilarning zarurligi, ommaviy axborot vositalari tizimi orqali keng aholi qatlamlari ongiga axborot va mafkuraviy ta’sirni ta’minlash), maqsadi (“sotsialistik” ongga ega bo‘lgan, ishchi-dehqon ittifoqiga asoslangan yangi tipdagi jamiyatni barpo etish), uning zarur shartlari (aholi savodxonligini sovet tuzumidagi eng muhim ijtimoiy xususiyat deb e’lon qilish, jamiyatda yagona sovet madaniyatini qaror toptirish) asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda XX asrning 20–30-yillarida sovet hokimiyatining savodsizlikni tugatish siyosati va uning ijtimoiy oqibatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar, xulosa va takliflar asosida:
sovet hukumati savodsizlikni tugatish siyosatining O‘zbekistonda tatbiq etilish shart-sharoitlari, siyosiy kampaniyaning respublikaga xos bo‘lgan xususiyatlari (katta yoshdagilar o‘rtasidagi savodsizlikning yuqori darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlik, milliy mentalitetning erkak va ayollarning bir joyda o‘qitilishiga qarshi ta’siri), savodsizlikni tugatishning davr (1918–1924 yillar, 1925–1940 yillar) va bosqichlari (1918–1920-yillar – boshlang‘ich bosqich, 1921–1924-yillar – rivojlanish bosqichi, 1925–1932-yillar – takomillashuv bosqichi, 1933–1940-yillar – yakuniy bosqich) oid materiallardan Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi va uning filiallarida ekspozision rejalarni tuzish, ko‘rgazmalar tashkil etish hamda ekskursiya matnlarini yangi ma’lumotlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 13-fevraldagi 02-10/333-son ma’lumotnomasi). Ilmiy ma’lumotlar xorijiy va mahalliy sayyohlarning Farg‘ona vodiysida sovet hokimiyati yillarida o‘zbek qishloqlari aholisi o‘rtasidagi savodsizlikni tugatish tarixiga oid ma’lumot olishlariga va ularda bu bo‘yicha aniq tasavvur hosil bo‘lishiga xizmat qilgan;
XX asrning 20–30-yillaridagi savodsizlikni tugatish jarayonida sovet hokimiyatining O‘zbekistonda savodsizlikni tugatish tadbirlari vositasida sovet madaniyati va mafkurasini aholi o‘rtasida keng yoyishga qaratilgan milliy madaniyat, an’anaviy ta’limdan uzoqlashtirish, xotin-qizlar savodxonligini oshirish bahonasida ularni partiya idoralariga, zavod-fabrikalarga, kolhozlarga jalb etish harakatlarining mohiyatiga doir ilmiy xulosa va natijalardan, O‘zbekistonda aholining savodxonlik darajasiga oid statistik materiallardan “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan 2022-yil sentyabr hamda dekabr oylarida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Millat va ma’naviyat” nomli dasturlar senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2023-yil 26-yanvardagi 04-36-129-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘p sonli radio tinglovchilarda XX asrning 20–30-yillarida O‘zbekiston qishloqlarida yashagan aholining savodxonligi tarixi bo‘yicha yangi ilmiy ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan.