Abdullaev Zafarbek G‘aybullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turkiston boshqaruv tizimi va aholi hayotida normativ-huquqiy hujjatlarning tutgan o‘rni (1917-1924-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tar294.
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Ermetov Avazbek Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor; Jaynarov Obidjon Hamid o‘g‘li, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Turkiston boshqaruv tizimining 1917–1924-yillarida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning aholi hayotida tutgan o‘rnini hamda oqibatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Turkiston boshqaruv Muvaqqat qo‘mitasi o‘z faoliyatini to‘laqonli va izchil bajara olmay, amaliy faoliyati va qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari orqali aholi hayotida zarur bo‘lgan haq-huquqlarga etarli e’tibor qaratmagani, o‘lka milliy ziyolilari tomonidan ichki o‘z huquqiy hujjatlari-qonunlari ustuvorlik kasb etishiga oid chaqiriqlar, xalqaro aloqalarda ham qonunga binoan faoliyat olib borish kerakligi ilgari surilgani sharoitida mavjud hujjatlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra faqat Markaz manfaatlariga bo‘ysundirilgani aniqlandi;
Turkiston boshqaruv tizimida jamoat xavfsizlik ko‘mitasi (JXQ) o‘z faoliyatini normativ-huquqiy hujjat asosida olib bormagani, ular faoliyatlarini o‘zboshimchalik asosida, shaxsiy manfaatlarini o‘ylab ish yuritishgani, jumladan xohlagan paytda aholi vakillarini hibsga olingani, favqulodda tintuvlar o‘tkazilgani, shuningdek shaharlar dumasiga o‘tkazilgan saylovlardagi ziddiyatli jarayonlar ochib berildi;
Turkistonda aholi mol-mulkini rekvizisiya qilish siyosati, mulkchilikni yo‘q qilish “sotsialistik davlat”ni shakllantirish oqibatlari, 1917-yil fevral inqilobidan keyin konfiskatsiya va kontribusiya siyosatining o‘zaro farqi, mohiyati, jumladan, hech qanday to‘lovsiz mol-mulkni musodara qilingani, aksincha “sotsialistik jamiyat” foydasiga ulardan tovon undirilgani holatlari amalga oshirilgani asoslangan.
1917-yil noyabr oyida jamoat-siyosiy tashkilotlari musulmon manfaatlarini inkor etgan holda xalq komissarlar sovetini saylangani, aksincha mahalliy aholi vakillaridan o‘lka hukumat idoralari boshqaruv tarkibiga kiritilmagani, oqibatda hokimiyat kam sonli millatlar vakillari qo‘liga o‘tgani, natijada qabul qilingan aksariyat normativ-huquqiy hujjatlarda tub aholi manfaatlarini chetlab o‘tilgani isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston boshqaruv tizimi va aholi hayotida normativ-huquqiy hujjatlarning tutgan o‘rni (1917-1924-yy.) tadqiqoti davomida olingan ilmiy natija va amaliy natijalardan:
Turkiston boshqaruv Muvaqqat qo‘mitasi o‘z faoliyatini to‘laqonli va izchil bajara olmay, amaliy faoliyati va qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlari orqali aholi hayotida zarur bo‘lgan haq-huquqlarga etarli e’tibor qaratmagani, o‘lka milliy ziyolilari tomonidan ichki o‘z huquqiy hujjatlari-qonunlari ustuvorlik kasb etishiga oid chaqiriqlar, xalqaro aloqalarda ham qonunga binoan faoliyat olib borish kerakligi ilgari surilgani sharoitida mavjud hujjatlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra faqat Markaz manfaatlariga bo‘ysundirilgani oid ma’lumotladdan qonunchilik amaliyotida yordamchi manba sifatida foydalanilgan (2022-yil 19-noyabr kungi 15-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari tomonidan qonunchilik amaliyoti manbalari boyitilib, foydalanish imkoniyati kengaytirildi.
Turkiston boshqaruv tizimida jamoat xavfsizlik ko‘mitasi (JXQ) o‘z faoliyatini normativ-huquqiy hujjat asosida olib bormagani, ular faoliyatlarini o‘zboshimchalik asosida, shaxsiy manfaatlarini o‘ylab ish yuritishgani, jumladan xohlagan paytda aholi vakillarini hibsga olingani, favqulodda tintuvlar o‘tkazilgani, shuningdek shaharlar dumasiga o‘tkazilgan saylovlardagi ziddiyatli jarayonlar bilan bog‘liq tavsiyalar, xulosalar va ilmiy yangiliklardan “O‘zbekiston teleradiokanali” ning 2023-yil yanvar va may oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” dasturlarini samarali tashkil etishda foydalanildi (2023-yil 15-may kungi 04-36-763-son xat). Natijada, teletomoshabinlarning aini mavzu bo‘icha bilim va tasavvurlarini boyishiga xizmat qildi.
Turkistonda jamoat-siyosiy tashkilotlari musulmon manfaatlarini inkor etgan holda xalq komissarlar sovetini saylangani, aksincha mahalliy aholi vakillaridan o‘lka hukumat idoralari boshqaruv tarkibiga kiritilmagani, oqibatda hokimiyat kam sonli millatlar vakillari qo‘liga o‘tgani, natijada qabul qilingan aksariyat normativ-huquqiy hujjatlarda tub aholi manfaatlarini chetlab o‘tilganiga doir ma’lumotlardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar instituti targ‘iboti doirasida keng foydalanilgan (2023-yil 16-may kungi 190-sonli). Natijada, targ‘ibot mavzularini ilmiy dolzarbligini ortishiga xizmat qilgan.