Odinaeva Nigina Furqatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oliy ta’lim muassasalarida innovatsion  boshqaruvga o‘tishning amaliy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.2.PhD/Iqt3104.
Ilmiy maslahatchi:  Abdulloev Asliddin Junaydulloevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30/30.09.2022.1.101.04.
Rasmiy opponentlar:  Murodova Nodira Kullievna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Askarov Nazimjon Niyozovich,  iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini innovatsion boshqaruvi amaliyotini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 oliy ta’lim muassasasi boshqaruvining “Integratsion-kombinatsion” modeli talabalarning amaliyot va ta’lim o‘rtasidagi axborot tashuvchi funksiyasini tegishligiga ko‘ra muammolar echimini uyg‘unlashgan holda amaliyotda sinovdan va natijasini ta’lim muassasasida muhokamada o‘tkazishga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasi innovatsion boshqaruvining “Greenfield” dasturi jarayonini raqamlashtirish va muvofiq infratuzilmani rivojlantirishga ko‘ra “ISE” (individual), “LD”  (amaliy), “PSEP” (loyihalashtirish) va “SD” (“startap” diplom ishi) komponentlarini ilmiy faoliyatga ustuvorlik berish asosida uyg‘unlashtirishga ko‘ra takomillashtirilgan;
“Yangi O‘zbekiston oliy ta’lim boshqaruvi” doirasida “Universitet 3.0” modeliga o‘tishda boshqaruv jarayoni talablari (me’yorlari) talabalarni baholash, ta’lim monitoringi, o‘qitish jarayoni va ta’lim sifatini baholash yo‘nalishlari asoslangan;
2030 - yilgacha bo‘lgan davrda talab-taklif mutanosibligining asosida oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik prognoz ko‘rsatkichlari pessimistik, bazaviy va optimistik ssenariylari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
 Oliy ta’lim muassasalari innovatsion  boshqaruvga o‘tishning amaliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha oligan ilmiy natijalar asosida, jumladan:
oliy ta’lim muassasasi boshqaruvi “Integratsion-kombinatsion” modeli talabalarning amaliyot va ta’lim o‘rtasidagi axborot tashuvchi funksiyasini tegishligiga ko‘ra muammolar echimini amaliyotda sinovdan va natijasini ta’lim muassasasida muhokamada o‘tkazishga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash darajasi va sifatini oshirish, jumladan, amaliyot o‘tash davrida qo‘llab-quvvatlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 3- iyuldagi 4/17-7/1-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish bilan bir qatorda ilmiy echimlarni amaliyotdan sinovdan o‘tkazishga ko‘ra ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishga, samarali ilmiy faoliyatni takshkil qilish, ta’lim muassasalarining “ish beruvchi reputatsiyasi”ni yaxshilash va bitiruvchilarning bandligini rag‘batlantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasasi innovatsion boshqaruvining “Greenfield” dasturi jarayonini raqamlashtirish va muvofiq infratuzilmani rivojlantirishga ko‘ra “ISE” (individual), “LD” (amaliy), “PSEP” (loyihalashtirish) va “SD” (“startap” diplom ishi) komponentlarini ilmiy faoliyatga ustuvorlik berish asosida uyg‘unlashtirishga ko‘ra takomillashtirilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani rivojlantirishning aniq vazifalarini hal etishga, shuningdek, ichki va tashqi bozorlar ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan amaliy natijalarni olishga yo‘naltirishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023- yil 3- iyuldagi 4/17-7/1-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining amaliyotga bog‘liqligini ta’minlash, o‘quv auditoriyalarini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan jihozlash darajasini oshirish, ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; axborot almashish va axborotni bevosita qayta ishlash imkoniyatlarini kegaytirish va bilimga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“Yangi O‘zbekiston oliy ta’lim boshqaruvi” doirasida “Universitet 3.0” modeliga o‘tishda boshqaruv jarayoni talablari (me’yorlari) talabalarni baholash, ta’lim monitoringi, o‘qitish jarayoni va ta’lim sifatini baholash yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 8- oktyabrdagi PF-5847-sonli  “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 1-punk, a-bandining 8-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 3- iyuldagi 4/17-7/1-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif oliy ta’lim xizmatlari sifatini oshirish, talabalar qiziqqan fanlar bo‘yicha chuqur bilim berish orqali yuqori salohiyatli oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, milliy va xalqaro reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash kabilarga muayyan darajada xizmat qiladi;
2030 - yilgacha bo‘lgan davrda talab-taklif  mutanosibligining asosida oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlanganlik prognoz ko‘rsatkichlari pessimistik, bazaviy va optimistik ssenariylari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni, 1-ilova, 3-bob, 1-paragrafning 27-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 3-iyuldagi 4/17-7/1-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif prognoz davrida oliy ta’lim muassasalarining maqsadli ko‘rsatkichlari ijrosi bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni samarali tashkil qilish, natijada faoliyat samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish