Boyjigitov Sanjarbek Komiljon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Korxonada marketing xizmatini tashkil etish va samaradorligini oshirish”, 08.00.11–“Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.1.PhD/Iqt2809.
Ilmiy rahbari: Xolmamatov Diyor Haqberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Murad Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Saidaxmedova Nodira Ilhomovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: korxonalarda marketing xizmatini tashkil etish va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalar faoliyatida marketing xizmati samaradorligini oshirishda an’anaviy marketing tashkiliy tuzilmalari faoliyatini baholashning mezonlari grafik reyting shkalasining “qoniqarsiz” [0<M_xtt<0,3], “qoniqarli” [0,4<M_xtt<0,6], “yaxshi” [0,7<M_xtt<0,8] va “a’lo” [0,9<M_xtt<1,0] chegaralarida samaradorlikning maqbul darajalarini ta’minlash  asoslangan;
don va un mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar marketing xizmatining “biznes-biznes” va “biznes-iste’molchi” tavsifidagi bozorlarida iste’molchilar ehtiyojlarini to‘la qondirish va marketing tadqiqotlarini amalga oshirish uchun iste’molchilarga yo‘naltirilgan tashkiliy tuzilmasi (konsentrik tuzilma)ni joriy etish taklifi asoslangan;
“O‘zdonmahsulot” AK marketing xizmati samaradorligini oshirishning strategik rejalashtirish asoslari strategik rejalashtirib beruvchi tahlil usullari, biznesni rivojlantirish strategiyalari va tarmoqning hayotiy sikli matrisalarining tegishli sohalarini uyg‘unlashtirgan holda takomillashtirilgan;
Samarqand viloyatida don va un mahsulotlariga bo‘lgan talab hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarda marketing xizmati samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
korxonalar faoliyatida marketing xizmati samaradorligini oshirishda an’anaviy marketing tashkiliy tuzilmalari faoliyatini baholashning mezonlari grafik reyting shkalasining “qoniqarsiz” [0<M_xtt<0,3], “qoniqarli” [0,4<M_xtt<0,6], “yaxshi” [0,7<M_xtt<0,8] va “a’lo” [0,9<M_xtt<1,0] chegaralarida samaradorlikning maqbul darajalarini ta’minlash taklifi “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AK ning 2024-yil 5-martdagi 17-3/16-167-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar faoliyatida marketing xizmati samaradorligini oshirishda an’anaviy tashkiliy tuzilmalarni tahlil qilish mezonlari va baholash shkalalari ta’sir doirasini aniqlash asosida “Samarqanddonmahsulotlari” AJ va “Jomboydonmahsulotlari” AJ da marketing faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar 4-5%ga qisqargan;
don va un mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar marketing xizmatining “biznes-biznes” va “biznes-iste’molchi” tavsifidagi bozorlarida iste’molchilar ehtiyojlarini to‘la qondirish va marketing tadqiqotlarini amalga oshirish uchun iste’molchilarga yo‘naltirilgan tashkiliy tuzilmasi (konsentrik tuzilma)ni joriy etish taklifi “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AK ning 2024-yil 5-martdagi 17-3/16-167-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxona tashkiliy tuzilmasini joriy etish bilan bog‘liq operatsion xarajatlarning o‘rtacha 1% ga qisqarishiga erishilgan;
“O‘zdonmahsulot” AK marketing xizmati samaradorligini oshirishning strategik rejalashtirish asoslarini strategik rejalashtirib beruvchi tahlil usullari, biznesni rivojlantirish strategiyalari va tarmoqning hayotiy sikli matrisalarining tegishli sohalarini uyg‘unlashtirgan holda takomillashtirish taklifi “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AK ning 2024-yil 5-martdagi 17-3/16-167-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonaning marketing strategiyalarini ishlab chiqishdagi noaniqliklarni bartaraf etishga, jumladan, taklif etilayotgan marketing strategiyalaridan korxona biznes rejasi va strategik rivojlantirish dasturlarini tuzish jarayoniga ijobiy ta’siri asosida sotish xarajatlarining o‘rtacha 5-6%ga qisqarishiga erishilgan;
Samarqand viloyatida don va un mahsulotlariga bo‘lgan talab hajmi va unga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik model asosida 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “O‘zdonmahsulot” AK tarkibidagi korxonalar tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zdonmahsulot” AK ning 2024-yil 5-martdagi 17-3/16-167-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etish natijasida viloyatda un va un mahsulotlariga bo‘lgan talab hajmining oshishi evaziga korxonalar tomonidan ishlab chiqarish hajmining oshishi hamda korxona foydasi esa 100-200 mln. so‘m yoki o‘rtacha 2-3% atrofida o‘sish prognozi ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish