Xadjaev Rustamxon Mahmudxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Sovershenstvovanie upravleniya jilishhnim fondom krupnix gorodov v usloviyax sifrovizatsii (na primere goroda Tashkenta) (Raqamlashtirish sharoitida yirik shaharlarning uy-joy fondini boshqarishni takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)”, 08.00.13–“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3118.
Ilmiy rahbari: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamlashtirish sharoitida yirik shaharlarning uy-joy fondini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yirik shaharlarning uy-joy fondini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni boshqaruvning barcha jabhalarini rejalashtirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirishni amalga oshirishda aholining xavfsizligi va ijtimoiy faravonligini ta’minlash jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishga qaratilgan harakatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
yirik shahar tumanlari kesimida uy-joy fondini boshqarishning alohida mustaqil jarayonlari bo‘yicha xarajatlarning minimal hajmi va moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning yuqori samaradorligi darajalarini namunaviy me’yor sifatida belgilash hamda davriy ravishda mazkur me’yorlardan chetlanish holatlarini aniqlab, bartaraf etish choralarini qo‘llab borish orqaliuy-joy fondini boshqarishni takomillashtirish asoslangan;  
uy-joy fondining yaroqlilik holatini ta’minlash, foydalanish va ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatuvchi korxona yoki tashkilotlarning faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarning monitoringi natijasida xizmat ko‘rsatish xarajatlarini oshiruvchi, sifat darajasini pasaytiruvchi hamda raqobatga to‘sqinlik qiluvchi holatlar yoki ularni keltirib chiqarish ehtimoli aniqlangan taqdirda uni bajarish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqining mazkur xizmat bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning navbatdagi ishtirokchisiga avtomatik tarzda o‘tishini ta’minlash taklifi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasidauy-joy fondlari boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish, faoliyatini rejalashtirish va boshqarish imkonini beruvchiekonometrik modellar asosida 2030 yilga qadar uy-joylarni ishga tushirish o‘rtacha hajmining aniq va intervalli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamlashtirish sharoitida yirik shaharlarning uy-joy fondini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “yirik shaharlarning uy-joy fondini boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini boshqaruvning barcha jabhalarini rejalashtirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirishni amalga oshirishda aholining xavfsizligi va ijtimoiy faravonligini ta’minlash jarayonlarini tashkil etish va muvofiqlashtirishga qaratilgan harakatlar majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Upravlenie zatratami v stroitelstve (Qurilishda xarajatlarni boshqarish)” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida fuqarolarning farovon yashashini ta’minlash va uy-joy kommunal xo‘jaligini samarali boshqarish bo‘yicha jarayonlarni tashkil etish va muvofiqlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘liq bayon etish hamda talabalarda yirik shaharlarning uy-joy muhiti haqidagi chuqur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
yirik shahar tumanlari kesimida uy-joy fondini boshqarishning alohida mustaqil jarayonlari bo‘yicha xarajatlarning minimal hajmi va moliyaviy mablag‘lardan foydalanishning yuqori samaradorligi darajalarini namunaviy me’yor sifatida belgilash hamda davriy ravishda mazkur me’yorlardan chetlanish holatlarini aniqlab, bartaraf etish choralarini qo‘llab borish orqali uy-joy fondini boshqarishni takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-jy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 dekabrdagi 24-06/12769-sonli va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 2023 yil 25 dekabrdagi 2090/15-2-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent shahridagi uy-joy fondini boshqarish idoralarida uy-joy kommunal xizmatlarini ko‘rsatish ko‘rsatkichlari samaradorligi 15% o‘sish sur’atiga erishilgan;
uy-joy fondining yaroqlilik holatini ta’minlash, foydalanish va ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatuvchi korxona yoki tashkilotlarning faoliyati asosiy ko‘rsatkichlarning monitoringi natijasida xizmat ko‘rsatish xarajatlarini oshiruvchi, sifat darajasini pasaytiruvchi hamda raqobatga to‘sqinlik qiluvchi holatlar yoki ularni keltirib chiqarish ehtimoli aniqlangan taqdirda uni bajarish bo‘yicha shartnoma tuzish huquqining mazkur xizmat bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovning navbatdagi ishtirokchisiga avtomatik tarzda o‘tishini ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-jy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 dekabrdagi 24-06/12769-sonli va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 2023 yil 25 dekabrdagi 2090/15-2-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uy-joy fondidan foydalanish va ta’mirlash xizmatlari ko‘rsatuvchi korxona yoki tashkilotlari tomonidan xizmat ko‘rsatishning yuqori sifat darajasini ta’minlashga undovchi mexanizm yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasida uy-joy fondlari boshqaruv kompaniyalarini tashkil etish, faoliyatini rejalashtirish va boshqarish imkonini beruvchi ekonometrik modellar asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan uy-joylarni ishga tushirish o‘rtacha hajmining aniq va intervalli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-jy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 6 dekabrdagi 24-06/12769-sonli va Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining 2023 yil 25 dekabrdagi 2090/15-2-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Toshkent shahrida uy-joy fondining hajmi 2030 yilgacha 1122,6 mln kv.m.ni tashkil etishi va o‘sish sur’ati 2021 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 1,7 barobarga oshishi prognoz ko‘rsatkichlari uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxona va tashkilotlarni samarali boshqarish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish