Safaev Yodgorbek Ulugbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Standart perkutan nefrolitotomiya amaliyotidan keyin optimal nefrostomik naycha tanlovi», 14.00.31 – «Urologiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/Tib2568.
Ilmiy raxbar: Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yuldashov Fayzulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Milliy radiologiya ilmiy-tadqiqot markazi” Federal byudjet muassasining N.A. Lopatkin nomidagi urologiya va intervension radiologiya ilmiy-tadqiqot instituti filiali (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: perkutan nefrolitotomiyadan keyin o‘rnatiladigan nefrostomik drenajning optimal turi va o‘lchamini aniqlash orqali nefrolitiazli bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
standart perkutan nefrolitotomiyadan so‘ng ballonchasiz nefrostomik drenajni o‘rnatish siydikning drenaj atrofidan oqib chiqishi, urinoma, gematuriya hosil bo‘lishi xavfini oshirishi isbotlangan;
standart perkutan nefrolitotomiyadan keyin o‘rnatiladigan nefrostomik drenajning optimal turi va o‘lchami 18 Fr ballonchali drenaj ekanligi aniqlangan, va ushbu drenaj turi bir tomondan ishonchli fiksatsiya, hayot sifatini yaxshilash va boshqa tomondan gematuriya, infeksion asoratlanishlar va obstruksiya xavfini kamaytirishi asoslangan;
standart perkutan nefrolitotomiyadan so‘ng drenajlashda punksiya joyidan kosacha-jom tizimigacha masofani mutanosib ravishda uzoqlashtirish drenaj dislokatsiyasi xavfini oshirishi va shu sababdan semizligi bor bemorlarda ballonchali nefrostomik naychani o‘rnatish maqsadga muvofiqligi aniqlangan;
standart perkutan nefrolitotomiyadan keyin o‘rnatilgan nefrostomik drenajning turi va o‘lchami operatsiyadan keyingi o‘ziga xos asoratlarning rivojlanish chastotasiga ishonchli ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM Ekspert kengashining 2024 yil 6 maydagi 06-05-013-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM ning 2024 yil 6-maydagi 213-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangilik: standart perkutan nefrolitotomiyadan so‘ng ballonchasiz nefrostomik drenajni o‘rnatish siydikning drenaj atrofidan oqib chiqishi, urinoma, gematuriya hosil bo‘lishi xavfini oshirishi isbotlangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №35/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bu turdagi operatsiyadan keyingi asoratlarni rivojlanish xavfini kamaytirish orqali drenaj atrofidan siydik oqishi, urinoma va gematuriyaning yuzaga kelish xolatlari, reabilitatsiya davri sezilarli darajada kamayadi. Ushbu toifadagi bemorlarda operatsiyadan keyingi davrda yuqorida ko‘rsatilgan asoratlari bo‘lgan bemorlarga qaraganda, mehnat va o‘z-o‘zini parvarish qilish qobiliyati 20% ga yaxshi. Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik va tiklanish davrini qisqarishi bemorlarning normal hayot va mehnatga erta qaytishiga yordam beradi. Bu ijtimoiy faollikni saqlashga va jamiyat hayotida ishtirok etishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Standart perkutan nefrolitotomiyadan keyin ballonchali nefrostomik drenajdan foydalanilganda, operatsiyaning o‘rtacha narxi 4895000 so‘mga tushiriladi, bu esa har bir operatsiyadan 330000 so‘mgacha tejash imkonini beradi. Bundan tashqari, drenaj atrofidan siydik oqib chiqishi, urinoma va gematuriya kabi asoratlarni rivojlanish xavfi kamayadi, buning uchun o‘rtacha 1 215000 so‘mlik qo‘shimcha tibbiy aralashuvlar talab etiladi. Xulosa: Nefrostomik drenajning ballonchali turini tanlash balonchasiz drenaj bilan solishtirganda har bir operatsiyadan taxminan 330000 so‘mni tejash imkonini beradi. Yiliga 300 ta operatsiya amalga oshirilsa, jami jamg‘arma taxminan 99000000 so‘mni tashkil qilishi mumkin. Bundan tashqari, jami operatsiyalar sonining o‘rtacha 19 foizini tashkil etuvchi (57 ta operatsiya) asoratlari bo‘lgan hollarda yiliga qo‘shimcha xarajatlardan 69255000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM direktori tomonidan 2024-yil 6 may kuni 213-sonli xat yuborilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: standart perkutan nefrolitotomiyadan keyin o‘rnatiladigan nefrostomik drenajning optimal turi va o‘lchami 18 Fr ballonchali drenaj ekanligi aniqlangan, va ushbu drenaj turi bir tomondan ishonchli fiksatsiya, hayot sifatini yaxshilash va boshqa tomondan gematuriya, infeksion asoratlanishlar va obstruksiya xavfini kamaytirishi asoslangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №35/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: drenaj dislokatsiyasi, gematuriya kabi asoratlarning kuzatilmasligi va hayot sifatining oshishi bemorlarning ahvolini yaxshilashda asosiy o‘rin tutadi, ularning tezroq tiklanishiga imkon beradi. Jarrohlikdan keyin tez tiklanish va nogironlik xavfini kamaytirish bemorlarning ijtimoiy integratsiyalashuviga foydali ta’sir ko‘rsatadi. Dissertatsiya tadqiqotiga ko‘ra, 13% hollarda drenaj dislokatsiyasi va gematuriya kabi asoratlar rivojlanishi mumkin. Ballonchali 18 Fr nefrostomiya drenajidan foydalanganda va operatsiyadan keyingi asoratlar bo‘lmasa, davolanish muddatini o‘rtacha 2 yotoq kuniga qisqartirish mumkin va shu orqali 660000 so‘mgacha va yil xisobida jami 297000000 so‘mgacha mablag‘ tejalishi mumkin. Xulosa: standart perkutan nefrolitotomiyadan so‘ng 18 Fr ballonchali nefrostomik drenajni o‘rnatish sezilarli mablag‘ tejalishiga olib kelishi mumkin. Perkutan nefrolitotomiya operatsiyasining o‘rtacha qiymati 5225000 so‘mni va davolanish muddatini 2 yotoq kuniga qisqartirish mumkinligini hisobga olsak, har bir bemor uchun 660000 so‘mgacha va yil xisobida jami 297000000 so‘mgacha mablag‘ tejalishi mumkin. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM direktori tomonidan 2024-yil 6 may kuni 213-sonli xat yuborilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: standart perkutan nefrolitotomiyadan so‘ng kosacha-jom tizimini drenajlashda punksiya joyidan masofani mutanosib ravishda uzoqlashishi drenaj dislokatsiyasi xavfini oshirishi va shu sababdan semizligi bor bemorlarda ballonchali nefrostomik naychani o‘rnatish maqsadga muvofiqligi aniqlangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №35/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: semizligi bor bemorlar umumiy sondan 25,7% ni tashkil etishini va ushbu toifadagi bemorlarda dislokatsiya xavfi 11,5 baravar ortishini hisobga olsak, standart perkutan nefrolitotomiyadan keyingi davrda ballonchali 18 Fr o‘lchamli nefrostomik drenajni o‘rnatish muhim shartdir. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kosacha-jom tizimini drenajlashning tavsiya etilgan usuli nafaqat semizligi bor bemorlarda drenajning dislokatsiya xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, balki sog‘liqni saqlash tizimi uchun potensial iqtisodiy foydani ham ko‘rsatadi. Asorat yuzaga kelganda kasalxonada bo‘lish muddatini uzayishi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni hisobga olgan holda, ushbu texnikadan foydalanish asoratlarni davolash xarajatlarini har bir bemor uchun 790000 so‘mga va yotoq kunlarining 1,8 kunga qisqarishini hisobga olgan holda, davolanish davomiyligidan iqtisod 594000 so‘mni tashkil etadi. Jami jamg‘arma 1384000 so‘mni tashkil qilishi mumkin. Xulosa: Semizligi bor bemorlarda asoratlar chastotasining 4% ligi va ular paydo bo‘lganda kasalxonada uzoq vaqt qolinishini hisobga olsak, ushbu texnikadan foydalanish asoratlarni davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytiradi va yotoq kunlarini qisqartiradi. Yillik tejamkorlik prognozi har bir bemor uchun potensial xarajatlarni 1384000 so‘mga kamaytirishni va 300 ta amaliyotni hisobga olganda jami 16608000 so‘mni tejashni ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM direktori tomonidan 2024-yil 6 may kuni 213-sonli xat yuborilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: standart perkutan nefrolitotomiyadan keyin o‘rnatilgan nefrostomik drenajning turi va hajmi operatsiyadan keyingi o‘ziga xos asoratlarning rivojlanish chastotasiga ishonchli ta’sir ko‘rsatishi isbotlangani Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning filiallari bo‘yicha buyruq (06.05.2024 y.; №35/1) amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Operatsiyadan keyingi davrda buyrakdan qon ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni kamaytirish bemorlarning ahvolini yaxshilashda asosiy o‘rinni tutadi, minimal qon yo‘qotilishi tufayli tezroq tiklanishiga imkon beradi. Qon ketish kabi asoratlarni boshdan kechirmagan bemorlar 40% tezroq ishga qaytadi va drenajdan 2-3 kun oldinroq xalos bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Standart perkutan nefrolitotomiya bajarilganda davolanishning o‘rtacha narxi 5225000 so‘mni tashkil etadi. Ballonchasiz yoki kichik diametrli nefrostomik naycha o‘rnatilgan xolatlarda buyrakdan qon ketish bilan bog‘liq asoratlar dissertatsiya ma’lumotlariga ko‘ra bemorlarning 13 foizida rivojlanishi mumkin. Ballonchali 18 Fr nefrostomik drenajlash yordamida asoratlar xavfini minimallashtirish va davolanish muddatini o‘rtacha 2 yotoq kuniga qisqartirish va shu bilan har bir bemor uchun 660000 so‘mgacha tejamkorlik bo‘lishi mumkin. Shuningdek, jami iqtisodiy jamg‘arma yiliga 297000000 so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Xulosa: Ilmiy tadqiqot natijasida standart perkutan nefrolitotomiyadan keyin 18 Fr ballonchali nefrostomik drenajni o‘rnatish iqtisodiy samaradorlikni sezilarli tejashga olib kelishi mumkin. Teri orqali nefrolitotomiya operatsiyasining o‘rtacha qiymati 5225000 so‘mni va davolanish muddatini 2 yotoq kuniga qisqartirish mumkinligini hisobga olsak, har bir bemor uchun 660000 so‘mgacha tejamkorlik bo‘lishi mumkin. Shuningdek, jami iqtisodiy jamg‘arma yiliga 297000000 so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: dissertatsion ishi natijasida olingan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish taklifi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” DM direktori tomonidan 2024-yil 6 may kuni 213-sonli xat yuborilgan.