Maksudova Laylo Baxtiyorovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miya ichi notravmatik qon quyilishlari bilan bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasini va natijalarini bashoratlashini takomillashtirish», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tib951.
Ilmiy rahbar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, B2023.4.DSc/Tib951.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gul`nara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kariev Gayrat Maratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nurgujaev Erkin Smagulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Ujgorod milliy universiteti (Ukraina)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi miya ichi notravmatik qon quyilishlari bilan bemorlarni davolash taktikasini va natijalarini prognozlashtirishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor notravmatik qon quyilishlari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik va konservativ usullari bilan davolashda 30 va 90 kunlik yashab ketish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
yashab ketishni baxolash asosida miya ichi notravmatik qon quyilishlari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik va konservativ davolash taktikasini tanlashda KT-morfometrik ko‘rsatkichlarining roli isbotlangan;
angioarxitektonika va arterio-venoz tomirlarining yorilishi bilan asoratlangan malformatsiyasi past gradatsiyasida jarrohlik aralashuvi, yuqori gradatsiyasida konservativ davolash asoslangan;
arterial anevrizmaning yorilishi bilan asoratlangan bemorlarda arteriyalarning preanevrizmatik va postanevrizmatik qismlari diametrlari baxolash orqali davolashga yondashuv takomillashtirilgan;
miya ichi notravmatik qon quyilishlari erta bosqichlarida KT-morfometrik ko‘rsatkichlari asosida 30 va 90 kunlik yashab ketishni yaxshilashga qaratilgan ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatishga shaxsiy yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi Ekspert kengashining 18.05.2023 yildagi 3-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor notravmatik qon quyilishlari bilan og‘rigan bemorlarda jarrohlik va konservativ usullari bilan davolashda 30 va 90 kunlik yashab ketish ko‘rsatkichlari aniqlangan. Amalga oshirilgan statistik hisob - kitoblar miya ichi notravmatik qon quyilishlari bo‘lgan bemorlarda jarrohlik va konservativ usulda davolash natijalari uchun 30 va 90 kunlik yashab ketish ko‘rsatkichlarining informatsion qiymatini yuqori aniqlik bilan aniqladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy va Toshkent viloyat filiallari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi Ekspert kengashining 18.05.2023 yildagi 3-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 30 va 90 kunlik yashab ketish ko‘rsatkichlarini hisoblash har bir alohida holatda davolash taktikasini aniqlash imkonini beradi, bu esa miya ichi notravmatik qon quyilishlari bo‘lgan bemorlarda o‘lim oqibati va nogironlikning kamayishi va statsionarda davolanish muddatlarini qisqartirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tahlil differensial davolash strategiyasini aniqlashga imkon berdi, bu esa nevrologiya, neyroreanimatsiya, neyrojarrohlik bo‘limlarida davolanish kunlarining qisqarishi, uzoq muddatli reabilitatsiya uchun xarajatlarni kamaytirish, dori-darmon bilan ta’minlash, shuningdek ikkilamchi asoratlarni davolash bo‘yicha xarajatlarni kamaytirishga olib keldi. Xulosa: miya ichi notravmatik qon quyilishlari bilan kasallangan bemorlarni davolashda bemor holatining og‘irligi, klinik shkalalar va KT-morfometrik ko‘rsatkichlarini baholash asosida davolashning differensiallashgan – tabaqalashtirilgan taktikalarini qo‘llash bemorlarning nevrologik, neyrojarrohlik va neyroreanimatsiya bo‘limlarida davolanish davrida har bir davolangan bemor uchun 540000 so‘mdan byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: yashab ketishni baxolash asosida miya ichi notravmatik qon quyilishlari bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik va konservativ davolash taktikasini tanlashda KT-morfometrik ko‘rsatkichlarining roli isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy va Toshkent viloyat filiallari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi Ekspert kengashining 18.05.2023 yildagi 3-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagiladan iborat: miya ichi notravmatik qon quyilishlari bilan bo‘lgan bemorlarni davolashni olib borish uchun jarrohlik yoki konservativ taktikani tanlashda differensiallashgan – tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish va statsionarda davolanish muddatini qisqartirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Miya ichi notravmatik qon quyilishlari bilan bo‘lgan bemorlarni kompleks tekshirishni tizimlashtirish davolash taktikasini tanlashda zamonaviy differensiallashgan – tabaqalashtirilgan yondashuvda va statsionarda davolanish muddatini 4-5 kunga qisqartirishga yordam beradi, bu esa har bir bemor uchun 680000 – 850000 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: Jarrohlik yoki konservativ davolash taktikasini tanlashda differensial yondashuv bilan KT-morfometriyaning qo‘llanilishi bemorlarning yashab ketish ko‘rsatkichlarini yaxshilaydi va shu bilan birgalikda o‘lim holati, nogironlik va kasalxonada davolanish uchun qolish muddatlarini kamaytiradi va moliyaviy xarajatlarni qisqartiradi.
uchinchi ilmiy yangilik: angioarxitektonika va arterio-venoz tomirlarining yorilishi bilan asoratlangan malformatsiyasi past gradatsiyasida jarrohlik aralashuvi, yuqori gradatsiyasida konservativ davolash uchun tanlashda to‘g‘ri differensiallashgan – tabaqalashtirilgan yondashuvga yordam berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy va Toshkent viloyat filiallari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi Ekspert kengashining 18.05.2023 yildagi 3-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: angioarxitektonika asosida AVM - arteriovenoz mal`formatsiyalar gradatsiyasini aniqlashni amaliyotiga joriy etish AVM - arteriovenoz mal`formatsiyalar yorilishi oqibatida miya ichi notravmatik qon quyilishlari bo‘lgan bemorlarni davolash uchun jarrohlik yoki konservativ taktikani tanlashda differensiallashgan – tabaqalashtirilgan yondashuv o‘tkazish imkonini beradi, ushbu usulni qo‘llash ijtimoiy jihatdan samaradorli ekanligini ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: angioarxitektonika tahlili asosida AVM – arteriovenoz mal`formatsiyalar gradatsiyasini aniqlashni aniqlashga kompleks diagnostik yondashuv 30 va 90 kunlik yashab ketish ko‘rsatkichlarini oshirishga imkon beradi, bu esa o‘lim holatlari, nogironlik, bemorlarning kasalxonada qolish muddatini qisqartirish va har bir davolangan bemor uchun moliyaviy xarajatlarni 540 000 so‘mga kamaytirishga yordam beradi. Xulosa: AVM – arteriovenoz mal`formatsiyalar gradatsiyasining amaliy qo‘llanilishi past gradatsiyali (I-II gradatsiyalar) AVM – arteriovenoz mal`formatsiya bo‘lgan bemorlar bilan jarrohlik davolash usuli va yuqori gradatsiyali (III-V gradatsiyalar) AVM – arteriovenoz mal`formatsiya bo‘lgan bemorlar bilan konservativ davolash usuli o‘tkazilishini ta’minlaydi, bu esa o‘lim holatining pasayishi, bemorlar nogironligi va kasalxonada qolish muddatlarining kamayishi ko‘rinishidagi klinik natijalarni sezilarli darajada yaxshilaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: arterial anevrizmaning yorilishi bilan asoratlangan bemorlarda arteriyalarning preanevrizmatik va postanevrizmatik qismlari diametrlari baxolash orqali davolashga yondashuv takomillashtirilgan. Shunday qilib, agar preanevrizmatik qismning diametri postanevrizmatikdan ustun bo‘lsa, jarrohlik davolash usuli, agar postanevrizmatik qism preanevrizmatikdan ustun bo‘lsa, konservativ davolash usuli ko‘rsatiladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy va Toshkent viloyat filiallari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi Ekspert kengashining 18.05.2023 yildagi 3-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: arterial anevrizmaning yorilishi oqibatida miya ichi notravmatik qon quyilishlari bo‘lgan bemorlarda serebral arteriyaning preanevrizmatik va postanevrizmatik qismlari diametrlari nisbatini aniqlashni amaliyotiga joriy etish jarrohlik yoki konservativ davolash taktikasini tanlashda differensiallashgan – tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlaydi, bu bemorning keyingi hayot darajasi sifatiga va ijtimoiy moslashuvchanlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: arterial anevrizmaning yorilishi oqibatida miya ichi notravmatik qon quyilishlari bo‘lgan bemorlarda serebral arteriyaning preanevrizmatik va postanevrizmatik qismlari diametrlari nisbati usulini amaliyotda qo‘llash har bir klinik holatda eng optimal yondashuvni aniqlashtirish, asossiz jarrohlik aralashuvi ehtimolini istisno qilishga yordam beradi. Ushbu usul har bir bemor uchun davolash taktikasini to‘g‘ri tanlash hisobiga davolanishning iqtisodiy qiymatini kuniga 1 200 000 so‘mga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: serebral arteriyaning preanevrizmatik va postanevrizmatik qismlari diametrlari nisbati natijalari asosida arterial anevrizmaning yorilishi oqibatida miya ichi notravmatik qon quyilishlari bo‘lgan bemorlarda davolashning differensiallashgan – tabaqalashtirilgan yondashuvi taktikasining qo‘llanilishi bemorlarning nevrologiya, neyrojarrohlik va neyroreanimatsiya bo‘limlarida davolanish vaqtida byudjet mablag‘larini tejashga imkon beradi.
beshinchi ilmiy yangilik: miya ichi notravmatik qon quyilishlari erta bosqichlarida KT-morfometrik ko‘rsatkichlari asosida 30 va 90 kunlik yashab ketishni yaxshilashga qaratilgan ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatishga shaxsiy yondashuv ishlab chiqilgan. Miya ichi notravmatik qon quyilishlari bo‘lgan bemorlarda personallashtirilgan yondashuvning qo‘llanilishi ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatishning erta bosqichlarida jarrohlik yoki konservativ usul natijasini prognozlashtirish – bashorat qilish va davolash taktikasini to‘g‘ri tanlashni ta’minlash imkonini beradi, bu esa bemorning yashab ketishi, o‘lim oqibati va nogironlikni kamaytirishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Navoiy va Toshkent viloyat filiallari tomonidan amaliyotga joriy qilingan (Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi huzuridagi Ekspert kengashining 18.05.2023 yildagi 3-sonli xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: klinik baholash shkalalari, KT-morfometriya ko‘rsatkichlari, AVM-arteriovenoz mal`formatsiya gradatsiyalari, serebral arteriyaning preanevrizmatik va postanevrizmatik qismlari diametrlari nisbati kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatishning erta bosqichlarida davolash taktikasini tanlashda personallashtirilgan yondashuvning qo‘llanilishi nafaqat yashab ketish va nogironlik ko‘rsatkichlari, balki bemorlarning hayot darajasi sifati va ijtimoiy moslashuvchanlikni ham yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miya ichi notravmatik qon quyilishlari bo‘lgan bemorlarda ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatishning erta bosqichlarida davolash taktikasini tanlashda personallashtirilgan yondashuvning qo‘llanilishi har bir bemor uchun moliyaviy xarajatlarni kuniga 1200000 so‘mga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: Miya ichi notravmatik qon quyilishlari bo‘lgan bemorlarda ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatishning erta bosqichlarida davolash taktikasini tanlash uchun ishlab chiqilgan personallashtirilgan yondashuv davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi, bemorlarning kasalxonada davolanish muddatini kamaytiradi, har bir bemor uchun o‘rtacha 5500000 so‘mni tashkil etib, moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi.