Xaitova Kamola Mirkurbon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tog‘ oldi yaylov erlari hududini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish”, 06.01.10 – Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx867
Ilmiy rahbar: Parpiev G‘ofurjon Toxirovich, Biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy - loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01
Rasmiy opponentlar: Qurvantaev Raxmontoy, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Babajanov Allabergan Ro‘zimovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi yaylov erlari hududini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Toshkent viloyati Ohangaron tumani yaylov erlarida 2018-yilda 1969 va 1988-yillarga nisbatan degradatsiya jarayonlari kuchayganligi, o‘rtacha yaylov hosildorligi 46% ga kamayganligi va ozuqaviyligi 20% ga pasayganligi, hosildorligi yuqori bo‘lgan 191-«Yirik o‘tli-efemerli-shuvoqli», 221-«Arpao‘tli-dukkakli» va 234-«Bo‘g‘doyiqli-bodomchali» yaylov turlar turlarini tashkil etuvchi dominant o‘simliklarning yo‘qolib ketganligi asoslangan;
Ohangaron tumani hududidagi yaylovlar ekologik holatini baholash indikatorlari bo‘yicha 5 ballik tizimda 3 ballga mansubligi aniqlangan;
yaylov sig‘imini aniqlashda yaylovdan olinadigan mahsulotning birligi va chorvaning talabi bir xil birlikda bo‘lishi lozimligi taklif etilgan;
chorva mollarini ekstensiv usulda boqishga nisbatan intensiv usulda boqish 4 barobarga iqtisodiy samarali ekanligi isbotlangan;
Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidagi adir va tog‘ mintaqasining quyi va yuqori yaylov pog‘onalarining yaylov sig‘imidan kelib chiqib, mavsumiy almashlab boqish sxemasi va grafigi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘ oldi yaylov erlari hududini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Tog‘ oldi yaylovlaridan samarali foydalanishni tashkil etish» nomli ilmiy-uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31 iyuldagi 04/34-05/3753-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning Ohangaron tumani yaylov erlari fondi, geobotanik holati, degradatsiya jarayonlari, yaylov indikatorlari, yaylov o‘simliklari ozuqa birligi ko‘rsatkichlari tog‘ oldi yaylovlaridan intensiv foydlanishda ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
«O‘zbekistonning tabiiy yaylov va pichanzorlarida geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma»si ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31 iyuldagi 04/34-05/3753-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizning yaylov erlarida geobotanik tadqiqotlar o‘tkazish hamda ulardan samarali foydalanishda ilmiy-uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
«Tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringini yuritish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanma» ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31 iyuldagi 04/34-05/3753-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublikadagi tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringini yuritishda ilmiy-uslubiy qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan;
Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududlari uchun 1:25 000 masshtabli «Yaylovlarning suv bilan ta’minlanganlik xaritasi» tuzilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31 iyuldagi 04/34-05/3753-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tuman hududidagi tabiiy yaylovlarining suv bilan ta’minlanganlik darajasi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olish imkonini bergan;
«Pasture land monitoring system» (Yaylov erlari monitoring tizimi) dasturiy ta’minoti yaratilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan berilgan guvohnoma: №DGU 16679. 06.06.2021). Natijada, mazkur portal orqali yaylov va erdan foydalanuvchilar monitoringini yuritishda raqamlashtirishga erishilgan, Toshkent viloyati Ohangaron tumani yaylov erlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va undan ochiq foydalanishga imkonini bergan;
Toshkent viloyati Ohangaron tumani tog‘ oldi yaylovlari hududini tashkil etish uchun 1:25 000 masshtabli «Tog‘ oldi yaylovlaridan intensiv foydalanish xaritasi» tuzilgan va amaliyotga joriy qilingan  (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 31 iyuldagi 04/34-05/3753-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaylov almashlab boqish sxemasi va grafigini joyga ko‘chirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish