Mashrapov Nodirjon Ruziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyot sharoitida er axborot tizimlarining uslubiyatini takomillashtirish (Farg‘ona viloyati misolida)”, 06.01.10 – Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Qx861
Ilmiy rahbar: Turaev Ruhidin Amirqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy - loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Maqsud Ismoilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Raxmonov Qosimjon, texnika fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik va iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida er axborot tizimini raqamlashtirish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish asosida er axborot tizimi platformasiga integratsiya qilish uslubiyotini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er kadastr axborot tizimi (O‘rganish ob’ekti ↔ Er axboroti ↔ Er axbotini saqlash va uzatish) mexanizmi asosida respublika, viloyat, tuman (shahar), qishloq (shaharcha), MFY er fondi va er uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni integrasiya qilish uslubi takomillashtirilgan;
«Er Axborot Tizimi» portalini takomillashtirish asosida *style formatda mahalla hududidagi erdan foydalanuvchilarning 26 xil turdagi elektron raqamli klassifikatori yaratilgan;
mahallabay asosida er hisobini yuritish tizimi yaratilgan;
mahalla ma’muriy chegarasi > turar joy ob’ektlari hisobi > noturar joy ob’ektlari hisobi > infratuzilma ob’ektlari (yo‘llar, elektr tarmoqlari, suv ob’ektlari, gaz tarmoqlari va h.k.) > qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer, dehqon va yordamchi xo‘jaliklar) > engil konstruksiyali ob’ektlar > «Mahalla resurslari» (Neighborhood resources) portali ketma-ketligi mexanizmi asoslangan;
er axborot tizimining uslubiyatini takomillashtirish asosida mahalla hududidagi aniqlangan ortiqcha turar va noturar joy ob’ektlarida er tuzish loyihalari ishlab chiqilgan va qo‘shimcha er solig‘i tushumlarini tushirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga erishish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida er axborot tizimlarining uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Er axborot tizimi» portalini takomillashtirish asosida mahalla hududidagi erdan foydalanuvchilar turlari bo‘yicha elektron raqamli klassifikator yaratilgan, Farg‘ona viloyati tumanlari mahallalari hududidagi ob’ektlarning ma’lumotlari bazasi shakllantirilgan va Farg‘ona viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 24-maydagi 05/05-2468-son ma’lumotnomasi). Natijada, ma’lumotlar bazasidagi erdan foydalanuvchilar to‘g‘risida ma’lumotlardan ochiq foydalanish imkoni yaratilgan;
«Mahalla resurslari» (Neighborhood resources) nomli ochiq dasturi yaratilgan va Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 24-maydagi 05/05-2468-son ma’lumotnomasi). Natijada, ochiq dastur yordamida «Bir makon – bir mahsulot» tamoyili asosida Farg‘ona viloyati tumanlari mahalla hududlaridagi qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer, dehqon va yordamchi xo‘jaliklari)ning asosiy drayver ko‘rsatkichlarini aniqlash hamda hududda bo‘ladigan o‘zgarishlarni yangilashda soha xodimlari uchun vaqt sarfini tejash imkonini bergan;
«Raqamli iqtisodiyot sharoitida er axborot tizimlarining uslubiyatini takomillashtirish» bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Farg‘ona viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 24-maydagi 05/05-2468-son ma’lumotnomasi). Natijada, soxa mutaxasislariga er axborot ma’lumotlar bazasini, raqamli xaritalarni yaratish va ob’ektlarni grafik va RGB ko‘rinishda kodlashda uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish