Saidov Shavkat Jumabaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XIX–XX asr birinchi choragida Xorazm-Rossiya munosabatlari”, 07.00.05 Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Tar23.
Ilmiy maslahatchi: Sayfullaev Durbek Baxtiyarovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar: Ergashev Shuxrat Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor, Ergashev Baxtiyor Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor Ismatullaev Farxod Odiljonovich, tarix fanlari doktori, professor v.b.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr boshlaridan XX asrning birinchi choragiga qadar Xorazm va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XIX asr boshlari va XX asrning birinchi choragida Xorazm va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar ilk marta to‘rtta bosqichga: I.1800 yillardan - 1873 yilgacha, faol diplomatik va harbiy harakatlar davri; II.1873 yildan - 1917 yilgacha, siyosiy va iqtisodiy qaramlik davri; III.1917-1920 yillar, ziddiyatli  munosabatlar  va harbiy to‘qnashuvlar davri; IV.1920-1924 yillar milliy taraqqiyot va sovet tuzumi tarafdorlari o‘rtasidagi kurash kabi davrlarga bo‘linganligi nazariy - metodologik jihatdan asoslangan;
1800-1873 yillarda Rossiya imperiyasining mintaqadagi iqtisodiy manfaatlari hamda geostrategik maqsadlari, Xivaning chegaralari va manfaatlari doirasiga kiruvchi hududlarda harbiy istehkomlar qurilishi, Rossiya  istilosiga qarshi  kurashgan qozoq qabilalari,  Buxoro vatanparvarlarini Xiva tomonidan diplomatik vosita va harbiy qo‘shin yordamida qo‘llab-quvvatlanishi ikki davlat o‘rtasidagi ziddiyatli munosabatlarning tabiati va mohiyatini belgilab bergan omil va sabablar bo‘lganligi dalillangan;
Rossiya va Xorazm o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar amalga oshirilgan savdo va karvon yo‘llari, yo‘nalishlari, eksport va import hajmi, mahsulotlar tarkibi,  o‘zgarish dinamikasi o‘rganilib, Rossiyadan Xivaga 1807 yilda 988 ming, 1867 yilda 7,6 million, 1916 yilga kelib esa 18 million rublga teng mahsulot  keltirilgani holda, mamlakatlar savdo aylanmasida xivaliklar ancha faol bo‘lgani hamda Rossiya imperiyasiga nisbatan Xiva xonligi ko‘proq mahsulot chiqarganligi va ijobiy saldoga ega bo‘lgani aniqlangan;
1873-1917 yillarda Xiva xonligining qaramlik maqomi, ikki tomonlama munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari va huquqiy asoslari, diplomatik aloqalarni amalga oshirgan mas’ul idoralar va shaxslar, ularning xizmat vazifalari aniqlanib,  shu paytgacha tarix ilmida xonlik ichki siyosatda  mustaqil bo‘lgan degan qarashga zid ravishda, Xiva hududida Rossiya imperiyasining sud-huquq tizimi ustun mavqega ega bo‘lganligi dalillangan;
1917-1920 yillarda sovet davlatining Xiva xonligining  nisbatan olib borgan agressiv tashqi siyosati va bolsheviklarning “jahon inqilobi” g‘oyasining ilk bor Xorazmda amalga oshirishga harakati natijasida  ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar urush holatida bo‘lib, mazkur qarama-qarshilik Xiva xonligining tugatilishiga olib kelganligi ko‘rsatib berilgan;
Milliy taraqqiyot yo‘lini tanlagan Xorazm  jadidlari bilan sovetlashtirish yo‘lini tanlagan  sovet Rossiyasi vakillari o‘rtasidagi kurash bois 1920-1924 yillarda ikki tomonlama aloqalar raqiblik va ishonchsizlik ruhiga qurilganligi, bu kurash natijasida XXSR milliy davlatchilik xususiyatini yo‘qatib, sovetlar andozasidagi davlatga aylanganligi, Xorazm bilan Rossiyaning diplomatik muassasalari va ularda xizmat qilgan shaxslarning faoliyati, ikki tomonlama munosabatlardagi ziddiyatlarning sabablari va oqibatlari asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
XIX asr boshlari XX asrning birinchi choragida Xorazm va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning tarixini tadqiq etish borasida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XIX-asr boshlaridan XX asrning birinchi choragiga qadar Xorazm va Rossiya o‘rtasida ro‘y bergan murakkab va ziddiyatli munosabatlar, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, diplomatik, harbiy va boshqa munosabatlarga oid yangi maʼlumotlar 2020-yil 28-fevral kuni “O‘zbekiston tarixi” telekanali orqali efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida keng jamoatchilik xabardor qilindi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasi tomonidan 2020-yil 10-mart sanasi bilan taqdim etilgan 01-40-545-son maʼlumotnoma). Natijada ikki tomonlama munosabatlarni tub mohiyati aholining keng qatlamiga etkazishda qo‘shimcha maʼlumot manbai bo‘lib xizmat qildi.
XX asr boshlarida Xiva xonligi va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarga, Xiva xonligining agʻdarilishi va mahalliy jadid namoyandalari tomonidan tashkil qilingan “Yosh xivaliklar” partiyasi faoliyatining Xorazmda milliy-demokratik taraqqiyot uchun olib borgan harakatiga oid yangi maʼlumotlar “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2020-yil 1-dekabr kuni efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvida yoritildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasi tomonidan 2021-yil 10-fevral sanasi bilan taqdim etilgan 4040209son maʼlumotnoma). Natijada Xorazm jadidlari “Yosh xivaliklar” jadidlarning faoliyati haqidagi maʼlumotlar yoshlarga va xalqqa etkazildi.
Xorazm va Rossiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarga masʼul idoralar, Rossiyaning yangi Urganch shahrida faoliyat yuritgan Bosh konsulxonasi, Petro-Aleksandrovsk shahrida joylashgan Xiva xonligining diplomatik vakolatxonalari, ularda ishlagan tarixiy shaxslar, shuningdek Rossiyaning Xiva xonligi hududlarida faoliyat ko‘rsatgan huquq-tartibot va sud organlari, ularning vazifalari, yangi Urganch shahrida zamonaviy pochta-telegraf idorasi ochilishi, Xiva xonligidan Turkistonning turli shaharlariga tijorat va boshqa maqsadlarda ko‘chib borib, istiqomat qilayotgan xivalik fuqarolarning manfaatlarini himoya qilish uchun Xiva hukumati tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bogʻliq yangi arxiv maʼlumotlaridan “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining fondi va ekspozisiyasini boyitishda foydalanildi (O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi tomonidan 2022-yil 18-avgust sanasi bilan berilgan 138-son maʼlumotnoma). Natijada ikki tomonlama munosabatlarga masʼul idoralar, diplomatik muassasalar, unda xizmat qilgan tarixiy shaxslar haqidagi maʼlumotlar muzey fondlariga joylashtirildi.
XIX asr boshlari va XX asrning birinchi choragigacha Rossiya va Xorazm o‘rtasida iqtisodiy aloqalar olib borilgan savdo va karvon yoʻllari, ularning yoʻnalishlari, o‘zaro munosabatlarda muhim o‘rin tutgan ayrim tarixiy shaxslar haqidagi maʼlumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligiga qarashli muzey fondlarini boyitishda foydalanildi (Agentlikning 2022-yil 24-avgustdagi 04-17/2614-son maʼlumotnomasi). Natijada xalqimiz va yurtimizga turist sifatida tashrif buyuradigan xorij fuqarolari shu davrda kechgan tarixiy jarayonlarni birlamchi manbalar asosida tanishish imkonini yaratdi.
Dissertatsiyaning ilmiy natijalari, XXSR va RSFSR (SSSR) bilan o‘zaro aloqalariga masʼul idoralar va shaxslarga oid maʼlumotlar, ikki tomonlama munosabatlarga oid diplomatik yozishmalar, elchilarning kelishi, ularni kutib olish, muzokaralar olib borish tartiblariga oid tarixiy voqealar arxiv hujjatlari O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi ekspozisiyasining “XIX–XX asrlarda O‘zbekiston” bo‘limini yangi maʼlumotlar bilan boyitishda foydalanildi. (O‘zFA tomonidan 2023-yil 19-dekabr sanasi bilan berilgan 3/1255-2805-son maʼlumotnoma). Natijada, bugungi yosh avlod ongida Xiva xonligining Rossiya imperiyasi bilan aloqalari haqidagi bilimlarni kengaytirishga va yangi ilmiy maʼlumotlar olishga asos bo‘lib xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish