Kamalov Djangabay Kaipnazarovichning
falsafa doktori (Rhd) dissertatsiya himoyasi xaqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Polimer bog‘lovchi qurilish materiallarining olovbardoshligini oshirish”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2552.
Ilmiy rahbar: Muxamegaliev Baxtiyor Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar:
texnika fanlari doktori, dotsent Mirvaliev Zoid Zoxidovich,
texnika fanlari doktori, dotsent Siddiqov Ikromjon Iminjonovich.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti”
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tarkibida fosfor mavjud bo‘lgan texnogen chiqindidan foydalanib polimer antipiren yaratish va u bilan modifikatsiyalab olovga bardoshligi yaxshilangan arzon, ekologik toza bog‘lovchi kompozisiyalar tarkibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Fosforli antipiren bilan modifikatsiya qilish orqali epoksid va karbamid asosidagi polimer bog‘lovchilarining fazaviy tuzilishida yuqori orientirlangan struktura xosil bo‘lishi natijasida ekspluatatsion xossalalarini oshirish mumkinligi rentgenofaza tahlili va mexanik usullar orqali asoslangan;
“fosforli antipiren - polimer bog‘lovchisi” tizimli kompozisiyalarda fosforli antipirenining miqdorining polimer bog‘lovchining tuzilishini amorf struktura xolatidan kristall struktura xolatiga o‘tishiga ta’siri qonuniyatlari aniqlangan;
epoksid va karbamid asosidagi polimer bog‘lovchilarni polifunksional fosforli antipiren bilan modifikatsiya qilish orqali olovbardoshligi oshirilgan hamda yuqori termik barqarorligi va adgezion ko‘rsatkichlarini ortishi isbotlangan;
tarkibida fosfor mavjud bo‘lgan polimer antipiren bilan modifikatsiyalangan karbamid formaldegid polimer bog‘lovchilardan foydalangan holda maydalangan qamish qirindisi asosida qiyin yonuvchi, arzon, ekologik toza plitalarni ishlab chiqarishning energiya va resurs tejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Polimer bog‘lovchi qurilish materiallarining olovbardoshligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
fosforli antipiren bilan modifikatsiyalangan karbamid-formaldegid bog‘lovchisi va maydalangan qamish qirindisi asosidagi plitalarni ishlab chiqarish texnologiyasi «SIFAT INVEST KOMPANIYaSI» MChJda joriy etilgan (Qoraqalpoqiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022-yil 12-sentyabrdagi “01-07/01-1829”-son ma’lumotnomasi). Natijada xududdagi ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy muammolarni hal etishga erishilgan;
fosforli antipiren bilan modifikatsiyalangan karbamid-formaldegid bog‘lovchisi va maydalangan qamish qirindisi asosidagi kompozisiyalarning tarkiblari «SIFAT INVEST KOMPANIYaSI» MChJda joriy etilgan (Qoraqalpoqiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2022 yil 12-sentyabrdagi “01-07/01-1829”-son ma’lumotnomasi). Natijada ekologik toza, arzon, suv ta’siriga chidamli, qiyin yonuvchi plitalarni ishlab chiqarishga erishilgan.