Juraev Abdurasul Chorievichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “UChDM mashinasining chigit bilan ta’minlash tizimi va konstruksiyasini ish unumdorligini oshirish maqsadida takomillashtirish” 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlar ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3670
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Paxtasanoat ilmiy markazi” AJ, DSc.30/30.11.2021.T.141.01.
Ilmiy rahbar: Nazirov Raxmatjon Rasulovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Rasmiy opponentlar: Rosulov Ruzimurod Xasanovich texnika fanlari doktori, professor, Akramov Alisher Ashuralievich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi urug‘lik chigitni tuksizlantirish jarayonini samaradorligini oshirish va chigitning mexanik shikastlanishini kamayishini ta’minlovchi resurstejamkor takomillashtirilgan konstruksiyali delinterlash mashinasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
urug‘lik chigitlarni tuksizlantirish jarayonini samaradorligini oshirish va chigitning mexanik shkastlanishini kamaytirish maqsadida UChDM mashinasining ishchi kamerasidagi chigit zichligini bir xilda ta’minlovchi avtomatik ta’minlagich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
delinterlash jarayonida delinterning yuqori ishchi kamerasidagi chigit valigi bilan zichlikni rostlash pichog‘ini o‘zaro ta’sirini chigitning inersiyasidan foydalanish printsipiga ko'ra, tuksizlantirish uchun kamerada bosimning oshishi va urug'lik chigitning zichlik pichog'i yuzasi bo‘ylab harakatlanishi kerakligi va kalta tolaning (delintning) uzilishgacha cho‘zilishi Guk qonuniga bo‘ysunishiga asoslanib nazariy qonuniyatlari aniqlangan;
UChDM mashinasining yuqori kamerasining uzunligi bo‘yicha chigit valigi zichligini bir me’yorda ta’minlanishini hisobga olgan xolda metal cho‘tkali silindr bilan zichlik pichog‘i orasidagi masofa aniqlangan;
delinterning yuqori ishchi kamerasidagi arrali tsilindr elektr dvigateli yuklanishiga qarab ta’minlash valigining aylanish chastotasini o‘zgartirish orqali urug‘lik chigitni tuksizlantirish jarayonini bir maromda kechishini ta’minlashga mo‘ljallangan urug‘lik chigit delinterlash mashinasini chigit bilan ta’minlashning avtomatik rostlash tizimi ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. UChDM mashinasining konstruktsiyasini takomillashtirish boʻyicha olingan natijalar asosida:
avtomatik ta’minlagich moslamasi bilan UChDMning takomillashtirilgan konstruktsiyasi "Art Soft Textile Cluster" MChJ urug‘lik tayyorlash sexiga joriy qilindi (Klaster assosiasiyasining № 03/22-149 sonli 2 aprel 2024 yildagi ma’lumotnomasi). Natijada delinter mashinasining chigitni tuksizlantirish bo‘yicha unumdorligi amaldagi UChDM mashinasiga nisbatan 18,18% ga oshdi va tsiklon ruxi o'rniga 2,5% miqdorida momiq olish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish