Quljanov Jaxongir Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Birjinslimas g‘ovak muhitlarda suyuqliklarning anomal sizishi masalalari (Zadachi anomal`noy fil`tratsii jidkostey v neodnorodnix poristix sredax)”.
01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/FM799.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Maxmudov Jamol Maxmud o‘g‘li, Samarqand davlat universiteti dotsenti, fizika-matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Burnashev Vladimir Fidratovich: fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Xudaykulov Savet Ishonkulovich: texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi anomal Darsi qonuni va anomal Fik qonuni asosida fraktal tuzilishga ega bo‘lgan bir jinsli bo‘lmagan g‘ovak muhitda  suspenziyalarning anomal ko‘chishi va sizishi matematik modellarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
birjinslimas g‘ovak muhitlarda suspenziyalarning sizishi jarayonining matematik modeli sizish jarayoni anomalliligi va g‘ovak muhitning fraktal tuzilishga ega ekanligini hisobga olgan holda takomillashtirilgan va masalalarni bir va ikki o‘lchamli hollarda chekli ayirmalar usuli bilan echish uchun hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
ikki zonali g‘ovak muhitda suspenziyalarni sizishi va ko‘chishi jarayonining matematik modeli kasr tartibli Darsi va Fik qonunlarini, sizish jarayonida retordatsiya omilini hisobga olib takomillashtirilgan hamda kasr hosila tartibining sizish xarakteristikalariga ta’siri baholangan;
birjinslimas g‘ovak muhitlarda sizish jarayonining anomal bo‘lganligini hisobga olgan holda bosim o‘tkazuvchanlik tenglamasi takomillashtirilgan hamda kasr hosila tartibining turli qiymatlarida ikki zonali muhitlar umumiy chegarasidan o‘tuvchi joriy, umumiy va jamlanma nisbiy modda oqimi aniqlangan;
ikki zonali g‘ovak muhitda bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklar sizishining matematik modeli g‘ovak kolmatatsiyasi va suffoziyasini hisobga olib takomillashtirilgan va masalalarni echish uchun hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fraktal tuzilishga ega g‘ovak muhitlarda bir jinsli bo‘lmagan suyuqliklarni anomal sizishi jarayonlarining takomillashtirilgan modellarini sonli tadqiq etish uchun ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalari asosida:
diffuziya va konveksiya hodisalari asosida birjinslimas g‘ovak muhitdalarda suyuqlilarning anomal sizishi jarayonining takomillashgan matematik modellari, ishlab chiqilgan hisoblash algoritmi va g‘ovak muhitda dispers sistemalarning harakatlanuvchi va kam harakatdagi suyuqliklari bo‘lgan ikki zonadan tashkil topgan kolmatatsion-suffozion anomal sizishi modellarini sonli tahlil qilish dasturlaridan Jizzax viloyati Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tamonidan suv omborini suv bilan to‘ldirish jarayonida suv bilan birga oqib kirgan turli xil zararli moddalarning tarqalish maydonini baholash hamda muhandislik hisoblarni o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini qisqartirish maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 16 avgustdagi 03/37-2604-sonli guvohnomasi).
Suv omborida loyqaning to‘g‘on va ombor tubiga o‘tirib qolishi jarayoni baholangan hamda suv omboriga oqib kirgan turli mexanik zarralarning tarqalish maydonini aniqlash muhandislik ishlari aniqligini 7-8 % ga oshirish imkonini bergan;
Sug‘orish masalalarida qatlamlarning fraktal tuzilishga ega ekanligini hisobga olib sizish masalasini sonli echish algoritmi va dasturi asosida suspenziyalarning ko‘chishi jarayonida kolmatatsion-suffozion hodisalarning roli baholandi. Bu muhandislik hisoblarini o‘tkazishga ketadigan vaqt va mehnat sarfini qisqartirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish