Mirzavaliev Javlonbek Avazbekovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat boshqaruvi samardorligini oshirishda meritokratiya tizimining siyosiy mexanizmlari”, 23.00.02-siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ss218
Ilmiy rahbar: Akbar Utamuradov, falsafa fanlari nomzodi, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:
O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Ss.01.08 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Xusniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Atamuradov Murod Utepbergenovich, siyosiy fanlar doktori,
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi kadrlarini saralashda siyosiy meritokratiya tizimining mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqchil boshqaruvni shakllantirishning omillari sifatida milliy kadrlarni tanlash, tayyorlash va tayinlashda to‘g‘ri va adolatli qaror qabul qiluvchi, professional, aholi manfaatlariga xizmat qilishga yo‘naltirilgan meritokratiya tanlovini modellashtirishning kompleks ilmiy mexanizmlarini joriy etish davlat strategik islohotining asosi ekanligi ochib berilgan;
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarida siyosiy partiyalarning ratsional ta’sir ko‘rsatish nuqtalari sifatida rahbarlarning siyosiy mas’uliyati, javobgarligi, o‘zini o‘zi rivojlantirishi, boshqaruv texnologiyalarini qo‘llay olishi kabi sifat kompetensiyasi darajalarini aniqlash va rivojlantirishga qaratilgan funksional normalarni kiritish zarurati asoslantirilgan;
boshqaruv samaradorligini oshirishda kadrlar siyosatini demokratik tamoyillar asosida shaffof jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda baholashning “ta’sirni konseptual baholash” modeli – rahbarning to‘g‘ri qaror qabul qilishi, mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola bilish,* omma oldida siyosiy imijiga ega bo‘lish va insonlarni ishontira olish tamoyillariga tayanishi meritokratiyaning bugungi kun talabi sifatida asoslab berilgan;
davlat va jamiyatning xar qanday sohasini samarali rivojlanishi, kadrlar bilan ishlash tizimini zamonaviy “HR meritokratiya” - o‘zini boshqarish, tizimli fikrlash, maqsadni to‘g‘ri qo‘yish, vakolatlarni delegatsiya qila olish, shahsiy xarizma va siyosiy intuisiya muvaffaqiyatiga bog‘liq ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat boshqaruvi samardorligini oshirishda meritokratiya tizimining siyosiy mexanizmlarini qo‘llash jarayonini o‘rganish natijasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
O‘zbekistonda davlat-fuqarolik xizmatining tegishli lavozimlari bo‘yicha ishga yollanayotgan yosh boshqaruv kadrlari malaka talablarini aniqlashga qaratilgan hamda boshqaruv kompetensiyalarini ko‘rsatib beradigan «bag‘rikenglik testi»dan o‘tkazish mas’uliyat, javobgarlik, o‘z faoliyatiga sadoqat kabi sifatlarini aniqlash meritokratik texnologiya ekanligi ochib berilganligi kabi yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2023 yil 14 maydati 3-13-23-665-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PF-6208-sonli “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini ijrosini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda xizmat qildi;
O‘zbekistonda samaradorlik va natijadorlikka qaratilgan meritokratiya va fuqarolarning ijtimoiy tengligi tamoyiliga asoslangan davlat-fuqarolik xizmatini o‘tash uchun boshqaruv kadrlarini saralash, tanlash, joy-joyiga qo‘yish mexanizmini amaliy tartibga soluvchi “Davlat-fuqarolik xizmatini o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy nizom ishlab chiqish zarurati ilmiy asoslanganligi borasidagi ilmiy xulosa va takliflaridan 2022-yil 28-oktyabrda qabul qilingan  “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-798-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksining quyidagi moddalarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Mehnat va ijtimoiy Masalalar Qo‘mitasining 2023 yil 5 maydagi № 04/3-12-8 son ma’lumotnomasi). Natijada 15-bob.273-moddasi (Mehnat normasining turlari) oltinchi-ettinchi xatboshilari – “alohida lavozimlarni kiritish normasi — tegishli davlat boshqaruvi organi tomonidan tashkilotning alohida vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan, byudjet tashkilotlari uchun belgilangan xodimlar soni; boshqariluvchanlik normasi — bevosita bitta rahbarga bo‘ysunishi kerak bo‘lgan xodimlar soni”; 20-bob. 362-moddasi (Xodimlarni mexnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqdan o‘tkazish va o‘qitish) uchinchi xatboshisi – “Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan ushbu xodimlar va rahbarlarning kasbi hamda ish turlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitilishi, yo‘l-yo‘riq olishi, bilimlarining tekshiruvidan o‘tkazilishi shart” kabi normalarni ishlab chiqishda foydalanilgan.
meritokratiya tizimini amalda qo‘llash korrupsiyaga moyillikni pasaytirish, davlat-fuqarolik xizmatchilarini lavozimlarga tayinlashda shaffoflik, ular faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini mustahkamlash hamda boshqaruvda gender muammolami oldini olishga tayanishi demokratik tamoyillarga asoslangan legitim raqobatini shakllanishiga xizmat qilishi kabi yangiliklardan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi faoliyatida foydalanilgan. (Xalq demokratik partiyasining 2023 yil 26 sentyabrdagi № 5-319 son ma’lumotnomasi) Natijada, partiya Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Hay’atining 2022 yil 27 dekabrdagi N-12/2-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2023 yilga mo‘jallangan Ish rejasining “Partiya tizimi uchun munosib kadrlar tanlash, joy-joyiga qo‘yish, kadrlar zaxirasini shakllantirish, kadrlar faoliyatini baholab borish” deb nomlangan 69-bandini ishlab chiqishda samarali foydalanilgan.   

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish