Abdullajonova Kamola Nizomiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Miokardit kuzatilgan xomilador ayollarda tug‘ish usullariga differensial yondoshuv tamoyillari» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib2992.
Ilmiy rahbar: Nadirxanova Natal`ya Suratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.11.2023.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Niyazmetov Raxmatulla Ermatovich, tibbiyot fanlari doktori; Asrankulova Diloram Baxtiyarovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilador ayollarda miokardit va NYHA I darajadagi yurak etishmovchiligi bo‘lgan homilador ayollarda yallig‘lanish mediatori ko‘rsatkichlari, miokard zararlanishi va yurak etishmovchiligi markerlari qondagi darajalari, shuningdek exokardiografik parametrlarning prognostik ko‘rsatgichlarini o‘rganish orqali tug‘ruqni tanlash usulini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor feto-platsentar etishmovchiligi miokardit va NYHA I darajasidagi YuE bo‘lgan homilador ayollarda chap qorincha qon xaydash fraksiyasi ko‘rsatkichlari bilan korreliyasion bog‘liqliq yo‘qligi isbotlangan;
ilk bor yurak chap qorinchasining oxirgi diastolik va sistolik diametri bilan chap qorincha qon xaydash fraksiyasi bilan S-reaktiv oqsili orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik yo‘qligi aniqlangan;
ilk bor miokardit kuzatilgan NYHA bo‘yicha YuE I darajasi bo‘lgan homiladorlarda qonda T-troponin miqdori va chap qorincha qon xaydash fraksiyasi orasida teskari korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
ilk bor chap qorincha qon xaydash fraksiyasi gestatsiya davrida <50%, 20 haftalik homiladorlikda NT-proBNP >128 pg/ml, tug‘ruqdan oldin NT-proBNP >900 pg/ml NYHA bo‘yicha YuE I darajasini II darajaga o‘tishining mustaqil prognoz belgilari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspertlar kengashining 2024 yil 19 fevraldagi №16 i-i/9 ekspert xulosasi asosida tasdiqlangan:
birinchi ilmiy yangilik: feto-platsentar etishmovchiligi miokardit va NYHA I darajasidagi YuE bo‘lgan homilador ayollarda ChQ QXF (55-70%) normal ko‘rsatkichlari mavjud yoki yo‘qligidan qat’iy nazar yuzaga kelishi isbotlangan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash va klinik amaliyotga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Toshkent tumani Perinatal markazi va Toshkent tumani Buka ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga (RIOvaBIATM Ekspert kengashining 2023 yil 18 apreldagi 5 u-t/4 sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miokardit kuzatilgan xomilador ayollarda feto-platsentar etishmovchiligini o‘z vaqtida aniqlash perinatal asoratlarning oldini olishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagicha: yurak etishmovchiligini tashxislash uchun qilinadigan ExoKG va EKG narxi 201 000 so‘mni tashkil qiladi. Xomilada feto-platsentar etishmovchilikni tashxislash uchun qilinadigan xomila dopplerometriyasi narxi 210 000 so‘mni tashkil qiladi. Standart xollarda ExoKG, EKG va xomila dopplerometriyasi uchun xarajatlar 411 000 so‘mni tashkil etadi, bu tekshiruvlar xomiladorlik davomida ko‘p marotaba aniqlanadi va zarur hollarda dinamik monitoring (28 xaftaligidan boshlab xar oyda 1 marta tekshirilganda 37 xaftagacha = 1 233 000 so‘m) o‘tkaziladi va umumiy xisob 1 233 000 so‘mni tashkil etadi. Feto-platsentar etishmovchilik chap QXF bog‘likmasligini isbotlagan xolda, keltirilgan tekshiruvlar ichidan YuE o‘chishi kuzatilmagan xollarda faqat xomila dopplerometriyasi amalga oshirgan xolda iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin (har bir bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 603 000 so‘m). Xulosa: miokardit kuzatilgan xomilador ayollarda YuE va feto-platsentar etishmovchilikni bir marta aniqlab, keyingi dinamik tekshiruvlarda bachadon-yo‘ldosh-xomila qon aylaninishining o‘zini tekshirish etarli bo‘ladi va byudjet mablag‘larini 603 000 so‘m tejash imkonini berdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor yurak chap qorinchasining oxirgi diastolik va sistolik diametri bilan chap qorincha qon xaydash fraksiyasi orasida S-reaktiv oqsili bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korrelyasion bog‘liqlik yo‘qligi isbotlangan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash va klinik amaliyotga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Toshkent tumani Perinatal markazi va Toshkent tumani Buka ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga (RIOvaBIATM Ekspert kengashining 2023 yil 18 apreldagi 5 u-t/4 sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlash amaliyotiga miokardit va o‘ning asorati sifatida yuzaga keladigan YuEni tashxislashda S-reaktiv oqsilning bog‘liqlik tomoni yo‘qligi bemorlarga tashxis qo‘yishda ortiqcha vaqt va xarajatlarni tejashda va tuo‘ri tashxis ko‘yishda samarali yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Miokardit tashxisini ko‘yishda S-reaktiv oqsilni tekshirishni amalga oshirmaslik ortiqcha xarajatlarni tejash imkonini beradi. Virusli genezdagi miokarditga tashxis qo‘yishda S-reaktiv oqsili YuE o‘sishi kuzatilmagan xolatlarda xar trimestrda 1 marta tekshiriladi (S-raektiv oqsil – 39 000 so‘m). Iqtisodiy sarf taxminan 117 000 so‘mni tashkil etadi. Tavsiya etilgan uslubiy yondashuv asossiz diagnostik tadqiqotlar sonini kamaytiradi, iqtisodiy sarf esa (S-reaktiv oqsil) 117 000 so‘mni tashkil qiladi. (iqtisodiy samaradorlik 117 000 so‘mni tashkil etdi). Xulosa: Taklif etilayotgan metodologiya laborator tekshiruvlar xarajatlarini kamaytirish va bitta bemor uchun 117 000 so‘m byudjet mablag‘larini tejashga yordam beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor miokardit kuzatilgan NYHA bo‘yicha YuE I darajasi bo‘lgan homiladorlarda qonda T-troponin miqdori va chap qorincha qon xaydash fraksiyasi orasida teskari korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash va klinik amaliyotga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Toshkent tumani Perinatal markazi va Toshkent tumani Buka ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga (RIOvaBIATM Ekspert kengashining 2023 yil 18 apreldagi 5 u-t/4 sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: T-troponin miokard xujayralarining nekrozi kuzatilganda, YuEni tashxislashda yordam beradi. Miokardit kuzatilgan xomilador ayollarda T-troponin miqdorining oshishi chap qorincha qon xaydash fraksiyasi orasida teskari korrelyasion bog‘liqlik, bu esa miokarditni tashxislashda T-troponinni tekshirish muxim axamiyatga ega emasligini bildiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: T-troponin miqdori miokarditga tashxis qo‘yishda YuE o‘sishi kuzatilmagan xolatlarda xar trimestrda 1 marta tekshiriladi (T-troponin – 64 000 so‘m). Iqtisodiy sarf taxminan 192 000 so‘mni tashkil etadi. T-troponinni tekshiruv bilan amalga oshiriladigan uslubiy yondashuv asossiz tashxislashda tadqiqotlar sonini kamaytiradi, iqtisodiy sarf esa (T-troponin) 192 000 so‘mni tashkil qiladi (iqtisodiy samaradorlik 192 000 so‘mni tashkil etdi).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor chap qorincha qon xaydash fraksiyasi gestatsiya davrida <50%, 20 haftalik homiladorlikda NT-proBNP >128 pg/ml, tug‘ruqdan oldin NT-proBNP >900 pg/ml NYHA bo‘yicha YuE I darajasini II darajaga o‘tishining mustaqil prognoz belgilari aniqlangan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar sog‘liqni saqlash va klinik amaliyotga, xususan, Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Toshkent tumani Perinatal markazi va Toshkent tumani Buka ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasiga (RIOvaBIATM Ekspert kengashining 2023 yil 18 apreldagi 5 u-t/4 sonli xulosasi bilan) amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miokardit kuzatilgan xomilador ayollarda chap qorincha qon xaydash fraksiyasi gestatsiya davrida <50%, 20 haftalik homiladorlikda NT-proBNP >128 pg/ml, tug‘ruqdan oldin NT-proBNP >900 pg/ml NYHA bo‘yicha YuE I darajasini II darajaga o‘tishini o‘z vaqtida prognozlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: miokardit kuzatilgan xomilador ayollarda YuE I darajasining II darajasiga o‘tishini tashmin qilish o‘z vaqtida tug‘ruq usullarini tug‘ri tanglash imkonini beradi va asoratlarning oldini olish yuqori moliyaviy xarajatlarni tajashga imkon beradi. Bugungi kunga kelib, YuE tashxislash uchun kardiolog maslahatiga 65 000 so‘m sarflaydi, bundan tashqari NT-proBNP dinamikada tekshirib boriladi (92 000 so‘m, 3marta), shuningdek kardiolog maslahati – 65 000 so‘m. YuE tashxislashning umumiy sarf xarajati 341 000 so‘mni tashkil qiladi. Ko‘rsatilgan tekshiruvlarga asoslangan xolda tug‘ruq amalgan oshirilganda: kesar kesish amaliyoti bilan tu0ruq amalga oshirilganda ayollar tug‘ruqdan keyin 5 kuni - 14 000 000 so‘m, agar tug‘ruq tabiiyy yo‘llar bilan amalga oshirilganda 3 kun – 6 000 000 so‘m sarflanishi mumkin. Xulosa: Miokardit kuzatilgan xomilador ayollarda YuE o‘z vaqtida aniqlash va tug‘ruq usullarini tug‘ri tanglash bilan har bir bemorga byudjet mablag‘larini 8 000 000 so‘m tejash imkonini berdi.