Eshmatov Baxtiyor Xasanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Qatlamli o‘zaklangan kompozit qobiqlarning kuchlanganlik-deformatsiyalganlik va dinamik holatini baholash uchun matematik modellar va hisoblash usullari”, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” hamda 01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi” ixtisosliklari (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/FM255
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti huzuridagi DSc.03/31.03.2022.T/FM.10.04 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchilar: Mirsaidov Mirziyod, O‘zR FA akademigi, texnika fanlari doktori, professor; Abdikarimov Rustamxan Alimxanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Safarov Ismoil Ibroximovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor (Toshkent kimyo-texnologiya instituti professori); Ravshanov Normaxmad, fizika-matematika fanlari doktori, professor (TATU qoshidagi Dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy majmualar yaratis markazi laboratoriya mudiri); Nuraliev Faxriddin Murodillaevich, texnika fanlari doktori, professor (TATUning “Televizion va media texnologiyalar” kafedrasi mudiri).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Kirxgof-Lyav va Timoshenko nazariylari doirasida materialning geometrik nochiziqliligi va dissipativ xususiyatlarini hisobga olgan holda kompozision materiallardan yasalgan yupqa devorli anizotrop o‘zaklangan konstruksiya elementlarning statik va dinamik masalalarini nazariy asoslari, echish uchun matematik modellar va usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- kompozit konstruksiyalar elementlarining qatlamliligini hisobga olgan holda qovushqoq-elastik anizotrop plastinalar, panellar va qobiqlarning dinamikasini baholash uchun nazariy asoslari takomillashtirildi;
- Kirxgof-Lyav va Timoshenko nazariyalari doirasida qovushqoq-elastik anizotropik o‘zaklangan qatlamli konstruksiya elementlar dinamikasi masalalarining matematik modellari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular har bir qatlamda o‘zaklangan tolalar yo‘nalishini hisobga olishga imkon beradi;
- nochiziqli tebranishlar va qovushqoq-elastik anizotrop o‘zaklangan plastinalar va qobiqlarning dinamik ustuvorligi masalalarini o‘rganish uchun oddiy ajralmaydigan integro-differensial tenglamalar sistemalari dinamik tez o‘sadigan siqilish va siljish yuklarini hisobga olgan holda olingan;
- yupqa devorli o‘zaklangan qovushqoq-elastik konstruksiya elementlarining nochiziqli tebranishlar va dinamik ustuvorligi masalalari uchun oddiy nochiziqli integro-differensial tenglamalar sistemani sonli echish uchun hisoblash algoritmi ishlab chiqilgan;
- Delphi algoritmik tilida ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot asosida anizotropik o‘zaklangan qovushqoq-elastik yupqa devorli plastinalarning turli xil yuklar, chegara shartlari va o‘zaklangan tolalar yo‘nalishi bo‘yicha dinamik harakati o‘rganildi;
- ABAQUS muhandislik dasturiy kompleksi yordamida anizotrop o‘zaklangan to‘rtburchak plastinalarning qanotsimon konfiguratsiyasining kuchlanganlik-deformatsiyalangan holati o‘rganildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yupqa devorli qatlamli o‘zaklangan konstruksiyalarning statikasi va dinamikasini sonli tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, hisoblash usullari va algoritmlari asosida turli xil yuklar ta’sirida kompozision materiallardan tayyorlangan konstruksiyaviy elementlarning mustahkamligi matematik hisob-kitoblari amalga oshirildi. Ushbu hisob-kitoblar “Kimyoviy texnologiay”, “Real Lion Houses”, “New World Star” va “Nurobod House” MChJlarda (“O‘zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasining 2024 yil 3 iyundagi 02/15-1335-sonli ma’lumotnomasi) joriy etilgan. Ilmiy-tadqiqot natijalarining joriy etilishi konstruksiyaning og‘irligini kamaytirish hisobiga sarf materiallarini 20 million so‘mdan ortiq tejashga imkon berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish