Jalelova Malika Moyatdin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rentgenografik tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlari”, 05.01.03 – “Informatikaning nazariy asoslari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.1.PhD/T 3647
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mamatov Narzillo Solidjonovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti” hamda «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Primova Holida Anorboevna, texnika fanlari doktori, dotsent; Jumaev Turdali Saminjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tashxislash va davolash jarayoni samaradorligini oshirish uchun tibbiy rentgenografik tasvirlarga dastlabki ishlov berish algoritmlari va dasturiy majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tasvir sifatini baholash mezonlarini inobatga olgan holda tasvir kontrastini oshirish uchun optimal algoritmlar ketma-ketligi shakllantirilgan;
shovqin turi va baholash mezonini inobatga olgan holda samarali filtrni tanlash yondashuvi taklif etilgan;
tasvir sifatini baholash mezonlari qiymatlarini inobatga olgan holda tasvirdagi shovqinlarni bartaraf etish qoidasi ishlab chiqilgan;
tasvir sifatini baholash mezon qiymatlarini inobatga olgan holda tasvir konturlarini ajratish qoidasi ishlab chiqilgan;
kontur chiziqlari xususiyatlarini inobatga olgan holda kontur ingichkalashtirishning yarim atrofli uchburchak algoritmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Rentgenografik tasvirlarga dastlabki ishlov berishning mavjud hamda taklif etilgan yondashuv, model, usul va algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua asosida:
tasvir sifatini baholash mezonlarini inobatga olgan holda tasvir kontrastini oshirish uchun shakllantirilgan optimal algoritmlar ketma-ketligi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani tibbiyot birlashmasida rentgenografik tasvirlar sifatini oshirish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 29-fevraldagi 01-1174 son ma’lumotnomasi). Natijada rentgen qurilmasi orqali olingan tasvirga ishlov berish vaqtini o‘rtacha 10% ga qisqartirish imkonini bergan;
tasvir sifatini baholash mezonlari qiymatlarini inobatga olgan holda tasvirdagi shovqinlarni bartaraf etish hamda samarali filtrni tanlash qoidasi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumani tibbiyot birlashmasida rentgenografik tasvirlar sifatini oshirish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 29-fevraldagi 01-1174 son ma’lumotnomasi). Natijada rentgenografik tasvirlar sifatini oshirish hamda ularni obektiv baholash imkonini bergan;
tasvir sifatini baholash mezon qiymatlarini inobatga olgan holda tasvir konturlarini ajratish qoidasi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri “Medical Centre” xususiy klinikasida obektlarni ajratish uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 29-fevraldagi 01-1174 son ma’lumotnomasi). Natijada tasvirlarga ishlov berish tezligini oshirgan.
kontur chiziqlari xususiyatlarini inobatga olgan holda kontur ingichkalashtirishning yarim atrofli uchburchak algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtakupir tumani tibbiyot birlashmasida obekt chegaralarini yaxshilash uchun joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 29-fevraldagi 01-1174 son ma’lumotnomasi). Natijada tasvirlarga ishlov berish tezligini oshirgan.