Sanginov Zafar Abduganievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik tadbirkorlik subektlarining tashqi savdo faoliyatdagi ishtiroki samaradorligini oshirish», 08.00.15 – Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3640.
Ilmiy rahbar: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobir Ortiqmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Axror Jaxbarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi savdo faoliyatdagi ishtiroki samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksport jarayonlarini tartibga soluvchi va qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot va idoralar ishtirokida kichik tadbirkorlik subektlariga eksport imkoniyatlarini ma'lumotlari doimiy va davriy tarzda yangilanib turuvchi, on-layn rejimda ishlovchi, mobil` aloqa vositalarida maxsus ilova orqali foydalanish mumkin bo‘lgan elektron xarita ko‘rinishida tashkil etish taklifi asoslangan;
ayrim toifadagi tovar va xizmatlarni eksport qiluvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularda dastlabki tajriba va ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida tovar va xizmatlarning ahamiyati va murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda eksport jarayonini davlat tomonidan tashkil qilib berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
hududlardagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot va muassasalar tomonidan yuqori talabga egaligi sababli ishlab chiqarish maqsadga muvofiq bo‘lgan mahsulot yoki xizmatlarni sifati, tannarxi va boshqa raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari jihatidan muntazam tahlili natijalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga etkazish hamda tashqi savdo faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarni belgilab berish xizmatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subektlarining tashqi savdo faoliyati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning optimistik va pessmistik senariy bo‘yicha rivojlanishidan kelib chiqqan holda eksport hajmi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik tadbirkorlik subektlarining tashqi savdo faoliyatdagi ishtiroki samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
eksport jarayonlarini tartibga soluvchi va qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot va idoralar ishtirokida kichik tadbirkorlik subektlariga eksport imkoniyatlarini ma'lumotlari doimiy va davriy tarzda yangilanib turuvchi, on-layn rejimda ishlovchi, mobil aloqa vositalarida maxsus ilova orqali foydalanish mumkin bo‘lgan elektron xarita ko‘rinishida tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 4-iyundagi 02-21-01056-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimiz hududlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalarining eksport faoliyatidagi ishtirokini yanada oshirish imkoniyatlari va yo‘nalishlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
ayrim toifadagi tovar va xizmatlarni eksport qiluvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularda dastlabki tajriba va ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida tovar va xizmatlarning ahamiyati va murakkablik darajasidan kelib chiqqan holda eksport jarayonini davlat tomonidan tashkil qilib berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 4-iyundagi 02-21-01056-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatimiz hududlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalarining eksport faoliyatidagi ishtirokini yanada oshirish imkoniyatlari va yo‘nalishlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
hududlardagi tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot va muassasalar tomonidan yuqori talabga egaligi sababli ishlab chiqarish maqsadga muvofiq bo‘lgan mahsulot yoki xizmatlarni sifati, tannarxi va boshqa raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari jihatidan muntazam tahlili natijalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilarga etkazish hamda tashqi savdo faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlarni belgilab berish xizmatini yo‘lga qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 4-iyundagi 02-21-01056-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik korxonalarning eksport faoliyati samaradorligini ta'minlashda asosiy jarayonlari kesimidagi holatni alohida baholash hamda bu boradagi yuqori ko‘rsatkichlarga erishilgan korxonalar tajribasini umumlashtirish asosida eksport faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘llarini aniqlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik subektlarining tashqi savdo faoliyati samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning optimistik va pessimistik senariy bo‘yicha rivojlanishidan kelib chiqqan holda eksport hajmi dinamikasining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 4-iyundagi 02-21-01056-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik tadbirkorlik sub'ektlari tashqi savdo faoliyati uzoq istiqboldagi ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligini ta'minlash imkoni yaratilgan.