Akramov Muzaffar Maxkamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda kinematografiyaning roli. 23.00.02 – siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ss137
Ilmiy rahbar: Kuranbaev Kahramon Kuchkarovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov To‘lqin Turdievich, siyosiy  fanlar doktori, professor, Yuldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda kinematografiyaning rolini oshirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishda kinematografik industriyaning zamonaviy global trend va paradigmalari siyosiy xususiyatiga ko‘ra yoshlarning intellektual va kreativ potensialini yuzaga chiqarishi va multidissiplinar rivojlanishiga erishishi uchun ergonavtik metoddan (texnologiya-inson-faoliyat) foydalanish zarurati asoslangan;
milliy institusional kinematografiyada “Realizm-Tarbiya” metodik texnologiyasini instinkt, bilim-ko‘nikma va aqliy harakatlar vositasida “Art House” loyihasi bilan sinergetik ravishda qo‘llash aholi, ayniqsa, yoshlarni davlatning konstitusional negizlarini buzishga olib keladigan xatti-harakatlar, terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm g‘oyalaridan himoya qilishi dalillangan;
yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalar orqali yoshlarni vatanga sadoqat, ona yurtga hurmat ruhida tarbiyalash hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga ruhlantirishning siyosiy texnologiyasi sifatida “Uzbekistan’s Club” loyihasida yaratilayotgan kontentlar mazmuni samaradorligi va ularni milliy striming platformalar orqali aholiga etkazib berish zarurati asoslab berilgan;
yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini kinematografiya vositasida amalga oshirishda ochiq tanlovga tayanadigan paradigmal invest metodikaning (“Pitching”) milliy mentallik hodisasi bilan “g‘oyaga qarshi g‘oya” tamoyili asosida transformatsiya qilishning inson dunyoqarashi va xatti-harakatlariga ta’siri dalillangan;
Yangi O‘zbekistondagi mavjud siyosiy tizim tabiatini siyosiy madaniyat va mafkura omillarining ta’siri asosida targ‘ib qilish hamda axborotlarni sifat va xavfsizlik jihatdan yangi bosqichga olib chiqishda O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” va “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarini yangi tahrirda ishlab chiqish hamda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini qabul qilish zarurati asoslangan.
    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishda kinematografiyadan siyosiy texnologiya sifatida foydalanishning siyosiy-mafkuraviy ahamiyati kinodagi mafkura va g‘oya toifalariga, jumladan oshkora mafkura, yopiq g‘oya va betaraf g‘oyaga ajratishga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 10-maydagi 4-13-23-1279-son ma’lumotnomasi). Natijada Yangi O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirishda kinematografik industriyaning zamonaviy global trend va paradigmalari siyosiy xususiyatiga ko‘ra yoshlarning intellektual va kreativ potensialini yuzaga chiqarishi va multidissiplinar rivojlanishiga erishishida ergonavtik metoddan foydalanilgan.
Texnika-texnologiya va axborotlashtirish jarayoni hayotga keng targ‘ib etilishiga qaramasdan, bugungi kunda kinematografiya o‘zining mashhurligi va qulayligi tufayli hali ham samarali siyosiy kommunikatsiya turi bo‘lib qolayotganligi, davlat tomonidan undan milliy g‘oya va mafkura tizimini rivojlantirish, shuningdek targ‘ibot funksiyasini bajarish uchun foydalanish mumkinligiga oid  xulosalaridan “Yosh kinoijodkorlar kengashi” NNT faoliyatida foydalanilgan (“Yosh kinoijodkorlar kengashi” NNTning 2022-yil 11-maydagi 20/21-22-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy institusional kinematografiyada “Realizm-Tarbiya” metodik texnologiyasidan “Art House” loyihasida qo‘llanilgan va yoshlarni davlatning konstitusional negizlarini buzishga olib keladigan xatti-harakatlar, terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm g‘oyalaridan himoya qilish usullari ishlab chiqilgan.  
O‘zbek milliy kinematografiyasini yangi bosqichga olib chiqish sharoitida “vatanparvarlik kinosi” janrini jonlantirish va rivojlantirish, shuningdek, zamonaviy o‘zbek jamiyatining o‘tkir muammolariga ta’sir qiluvchi “ijtimoiy kino” janrini rivojlantirishga oid ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan Kinematografiya to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2022-yil 10-maydagi 02/4-83-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” va “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarini yangi tahrirda ishlab chiqish hamda “Kinematografiya to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish bo‘yicha takliflar tayyorlangan.
Kinematografiya siyosiy aloqa vositasi sifatida yoshlarga siyosiy voqelikni aks ettirishning yangi shakllarini taklif etib borishini inobatga olib, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda kinematografiyaning rolini oshirish strategiyasi ishlab chiqilib, unga muvofiq yoshlar tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishda kinematografiya mahsulotlarini ta’sir kuchiga qarab (tarbiyaviy ta’sir, ruhiy ta’sir, iqtisodiy ta’sir, siyosiy ta’sir, ma’naviy ta’sir) klassifikatsiya qilish lozimligiga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligining 2022-yil 10-maydagi 01-05/08-670-son ma’lumotnomasi). Natijada ochiq tanlovga tayanadigan paradigmal invest metodikaning (“Pitching”) milliy mentallik hodisasi bilan “g‘oyaga qarshi g‘oya” tamoyili asosida transformatsiya qilingan.
Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va zamonaviy texnologiyalar orqali yoshlarni vatanga sadoqat, ona yurtga hurmat ruhida tarbiyalash hamda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga ruhlantirishning siyosiy texnologiyalariga oid xulosalari hamda takliflaridan “O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi” NNT tomonidan foydalanilgan. (“O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi” NNT 2022-yil 10-maydagi 18/22-son ma’lumotnomasi). Natijada “Uzbekistan’s Club” loyihasida yaratilayotgan kontentlar mazmuni samaradorligi va ularni milliy striming platformalar orqali aholiga etkazib berishda zaruriy siyosiy texnologiyalar qo‘llandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish