Sapaev Axmed Durdibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada transport tizimini rivojlantirishning ekonometrik modellari (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024/2PhD/Iqt3454
Ilmiy rahbar: Islamutdinov Vadim Faruarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxonov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raximov Anvar Norimovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada transport tizimini rivojlantirishning ekonometrik modellashtirish asosida sohani barqaror va yuqori sur’atlar bilan o‘sishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada transport xizmatlarini rivojlanish barqarorligi, diskripitiv statistika ko‘rsatkichlari hamda Pearsonning mediana og‘ish koeffisienti asosida transport (-0,8) va avtotransport (-0,9) xizmatlari kesmida baholash taklif qilingan;
mintaqada yo‘lovchi tashishga ta’sir qiluvchi muhim omillar sifatida iqtisodiy faol aholi, bandlar, ishsizlar soni, shahar va qishloq aholisi soni kabi ko‘rsatkichlar orasidagi korrelyasion bog‘lanishlar asosida elastiklik koeffisientlari diapozoni taklif etilgan;
Xorazm viloyatida transport xizmatlari hajmini yuk (0,56) va yo‘lovchi tashish (1,52) bo‘yicha elastiklik koeffisientlarini baholash asosida sohalarning turli o‘sish sur’atlariga mos bo‘lgan transport tizimini rivojlantirishning ssenariylar ishlab chiqilgan;
viloyatda transport tizimini muhim ko‘rsatkichlarining istiqboldagi 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada transport tizimini rivojlantirishning ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqada transport xizmatlarini rivojlanish barqarorligini diskripitiv statistika ko‘rsatkichlari hamda Pearsonning mediana og‘ish koeffisienti asosida transport (-0,8) va avtotransport (-0,9) xizmatlari kesmida baholash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston savdo – sanoat palatasi 2021-yil 8-sentyabrdagi “Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 23-fevraldagi 10-608-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish transport tizimining tarkibiy qismlarini nobarqaror bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlash va ular barqarorligini ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mintaqada yo‘lovchi tashishga ta’sir qiluvchi muhim omillar sifatida iqtisodiy faol aholi, bandlar, ishsizlar soni, shahar va qishloq aholisi soni kabi ko‘rsatkichlar orasidagi korrelyasion bog‘lanishlar asosida elastiklik koeffisientlari diapozoni bo‘yicha taklifi O‘zbekiston savdo – sanoat palatasi 2021-yil 8-sentyabrdagi “Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 23-fevraldagi 10-608-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mintaqada transport xizmatlarini shakllantirishda, unga bo‘lgan talabni aniqlashda yuridik va jismoniy shaxslar rolini miqdoriy baholash asosida tizimni rivojlantirishning iqtibolli yo‘nalishlarni aniqlash imkoniyatini yaratgan;
Xorazm viloyatida transport xizmatlari hajmini yuk (0,56) va yo‘lovchi tashish (1,52) bo‘yicha elastiklik koeffisientlarini baholash asosida sohalarning turli o‘sish sur'atlariga mos bo‘lgan transport tizimini rivojlantirishning ishlab chiqilgan ssenariylari O‘zbekiston savdo– sanoat palatasi 2021-yil 8-sentyabrdagi “Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 23-fevraldagi 10-608-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish yo‘lovchi va yuk tashishning optimal variantlarini tanlagan holda transport xizmatlarini 13,6 foizga oshirish imokniyatini yaratib bergan.
viloyatda transport tizimini muhim ko‘rsatkichlarining ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan istiqboldagi 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston savdo – sanoat palatasi 2021-yil 8-sentyabrdagi “Hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 23-fevraldagi 10-608-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari viloyatda transport xizmatlarining istiqboldagi qiymatlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.