Bafaeva Zahro Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turlicha sho‘rlangan tuproqlarda etishtirilgan g‘o‘za hosildorligiga azotli o‘g‘itlar ta’sirining fiziologik asoslari», 03.00.07 – O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/V518.
Ilmiy rahbar: Ortikov Tulkin Kuchkarovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat uneversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03.30.12.2019.B.72.02.
Rasmiy opponentlar: Norboeva Umida Toshtemirovna, biologiya fanlari doktori, professor; Avutxonov Burxon Savurxonovich, biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro viloyati sharoitida turli darajada sho‘rlangan sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlarda azotli o‘g‘it me’yorlarining o‘simlik fotosintetik faolligi va g‘o‘za hosildorligiga ta’sirining fiziologik asoslarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida sho‘rlanish darajalari va azotli o‘g‘it me’yorlarining Buxoro-6 g‘o‘za navi barg yuzasiga, bargdagi xlorofill miqdori, fotosintez jadalligi va sof mahsuldorligi, quruq modda to‘planishiga ta’sir qilish xususiyatlari isbotlangan;
turli sho‘rlanish darajalari va azotli o‘g‘it me’yorlarini g‘o‘zaning transpiratsiya jadalligi, suvni saqlash darajasi, bargdagi suv shakllari miqdori, katalaza fermenti faolligi va nafas olish jadalligiga ta’siri ilmiy asosda ochib berilgan;
g‘o‘zaning mahsuldorlik salmog‘i tuproq sho‘rlanish darajasiga bevosita bog‘liqligi, bu omil g‘o‘zaning morfofiziologik xususiyatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatib, o‘sishining sekinlashishi, barg sathlari kichrayishi, quruq modda to‘planish jadalligini sekinlashtirishi va ayni paytda azotli o‘g‘itlarni me’yorida qo‘llash orqali sho‘rlanishning g‘o‘zani hosildorligini belgilovchi o‘simlikdagi fiziologik jarayonlarga salbiy ta’sirini kamaytirishi ilmiy asoslangan;
turli sho‘rlanish darajasi sharoitida azotli o‘g‘it me’yorini o‘simlik fiziologik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish orqali Buxoro-6 g‘o‘za navi o‘sishi va rivojlanishi hamda hosildorligiga ta’siri baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turlicha sho‘rlangan tuproqlarda etishtirilgan g‘o‘za hosildorligiga azotli o‘g‘itlar ta’sirining fiziologik mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turlicha sho‘rlangan tuproqlarda g‘o‘za o‘simligidagi fiziologik jarayonlarni jadallashtirish uchun azotli o‘g‘itlarni o‘simlikning 2-3 chinbarg, shonalash va gullash fazasi boshlanishida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Buxoro viloyati Jondor tumani “Inson mehri muqaddas”, “Usto Bahrom paxtazori”, “Bunyod-Salim-Hayotjon” fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 31 sentyabrdagi 02/025-3740-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklari g‘o‘za ekilgan tuproqlarida ilmiy tavsiyalarga asoslangan agrotexnologik tadbirlarni olib borish, tuproq meliorativ holatini va azot rejimini yaxshilash imkonini bergan;
sho‘rlanish darajasi bilan bog‘liq holda tuproq azot rejimi optimallashtirilib ekinlar etishtirishning agrotexnologik tadbirlari olib borilgan, tuproq tarkibidagi tuzlar miqdoridan kelib chiqqan holda azotli o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash me’yorlari Buxoro viloyati Jondor tumani fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 31 sentyabrdagi 02/025-3740-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqlarning azot rejimi va g‘o‘zaning fiziologik holati yaxshilanib, agrotexnologik tadbirlarning yuqori samaradorligi hisobiga g‘o‘za ekinidan fosforli va kaliyli o‘g‘itlar fonida azotli o‘g‘itlarni qo‘llash hisobiga paxta hosilini 13-15 s/ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish