Shukurova Lobar Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dobezelat kal`siy preparatini qo‘llash orqali surunkali buyrak kasalligini davolashni muqobillashtirish» 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3309.
Ilmiy rahbar: Daminova Lola Turg‘unpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Sa’dullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichdagi bemorlarda dobezilat kal`siy preparatini buyraklar funksional holati, qon reologiyasi va antioksidant tizim ko‘rsatkichlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichlarida dobezilat kal`siy preparati qo‘llash orqali bemorlarda buyrak shikastlanish markerlarini kamayishi, buyrak funksional holati va buyrak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga siljishi aniqlangan;  
nodiabet va diabet etiologiyali surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichlarida dobezilat kal`siy preparati ta’sirida fibrinogen va trom sinovini salbiy tomonga siljimasligi, tpombotsitlap agpegatsiyasining ADF induktoplapi faolligini pasayishi hamda TQFV ni ortishi isbotlangan;
turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichlarida dobezilat kal`siy preparatini davolash sxemasiga qo‘shish orqali bemorlarda tomir endoteliy faoliyatini yaxshilashi va antioksidant tizim faolligini oshishi aniqlangan;
dobezilat kal`siy preparatini buyrak etishmovchiligini davolash sxemasiga qo‘shish orqali surunkali buyrak kasalligini avj olishini sekinlashtirishi isbotlangan;
IV. Tadqikot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent Davlat stomatologiya institutining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 01.04.2024 yildagi № 04-z/55 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichlarida dobezilat kalsiy preparati qo‘llash orqali bemorlarda buyrak shikastlanish markerlarini kamayishi, buyrak funksional holati va buyrak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga siljishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida 12.01.2024 yildagi №4-sonli buyruq asosida va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 12.01.2024 yildagi №01-T sonli buyruq asosida amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Surunkali buyrak kasalligi II-IIIa bosqichdagi turli genezli nefropatiyalarda dobezilat kalsiy dori-vositasini tavsiya etish orqali bemorlarda buyrak faoliyati ko‘rsatkichlari miqdorini yaxshilashga, hayot sifati ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga o‘zgarishiga, kuzatilishi mumkin bo‘lgan boshqa tizim kasalliklarni rivojlanishini oldini olishga erishish imkonini beradi. Dori-vositasini surunkali buyrak kasalligi erta bosqichlarida tavsiya etilishi, kasallik hisobiga rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olinadi va rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni davolash uchun kutilmagan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Olib borgan izlanishlarimizda SBK ni davolashda dobezelat kal`siy preparatini qo‘llash bilan bemorlarda buyrak shikastlanish markyorlari va buyrak faoliyati ko‘rsatkichlari yahshilanadi. Bu bilan organizmda nefritik sindrom muvofiqlashib intoksikatsiya kamayadi. Oqibatda SBK bemorlarini dializgacha bo‘lgan davri uzayadi. Erishilgan natijalar yurtimizda gemodializga muhtojlar sonini kamayishi, aholi orasida o‘lim chastotasini oshishini oldini olishi bilan ijtimoiy – tibbiy va iqtisodiy ahamiyatga egadir. Tanlangan davo fonida bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqarishini hisoblash orqali davolash usuli samarasi aniqlandi. Xulosa: Ushbu ilmiy izlanish davolash muassasalarida statsionar davo olayotgan surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlar va keyinchalik ambulator nazoratda bo‘lgan kuzatilgan bemorlarning davo samaradorligini oshirish va hayot sifatini yaxshilashga bag‘ishlangan. Tadbiq natijalarida bemorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli asoratlar va hayot sifatini buzilishini oldini oladi. Dobezelat kal`siyni an’anviy davogo qo‘shimcha qilganda, tahminan ikkala guruxda 23% gacha progressivlash tempi pasaygani aniqlandi va bemorlarida surunkali buyrak kasalligini avj olishini sekinlashgani o‘z aksini topdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: Nodiabetik va diabet etiologiyali surunkali buyrak kasalliklarining erta bosqichlaridagi bemorlarda dobezilat kalsiy preparatini samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, RIN va BTIATM (12.01.2024 yildagi №4-sonli buyruq) va Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.01.2024 yildagi №01-T sonli buyruq) muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: nodiabet va diabet etiologiyali surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichlarida dobezilat kalsiy preparati ta’sirida fibrinogen va trom sinovini salbiy tomonga siljimasligi, trombotsitlar agregatsiyasining ADF induktorlari faolligini pasayishi hamda TQFV ni ortishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “Diabet va nodiabetik etiologiyali surunkali buyrak kasalligi bemorlarida davolashni muqobillashtirish” uslubiy tavsiyanoma (Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 2023 yil 28 dekabrdagi № 04-r/104-son ma’lumotnomasi) Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida 12.01.2024 yildagi №4-sonli buyruq hamda “Surunkali buyrak kasalligi bemorlarida gemostaz tizimi ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish yo‘llari” uslubiy tavsiyanoma (Toshkent davlat stomatologiya instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi 2023 yil 28 dekabrdagi № 04-r/103-son ma’lumotnomasi) Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida (12.01.2024 yildagi №01-T sonli buyrug‘iga binoan) amaliyotga tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligi II-IIIa bosqichdagi turli genezli nefropatiyalarda dobezilat kalsiy dori-vositasini tavsiya etish orqali bemorlarda gemostaz tizimi ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga o‘zgarishiga va surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini oldini olishga erishish imkonini beradi. Dori-vositasini surunkali buyrak kasalligini erta bosqichlarida tavsiya etilishi natijasida, kasallik hisobiga rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olinadi va rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni davolash uchun kutilmagan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tekshiruvlar surunkali buyrak kasalligini davolashda dobezilat kal`siy preparatini qo‘llash bilan bemorlarda gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Bu bilan organizmda koagulyasiya muvofiqlashib gemorragik asoratlar kamayadi. Oqibatda surunkali buyrak kasalligi bor bemorlarini dializgacha bo‘lgan davri uzayadi. Erishilgan natijalar yurtimizda gemodializga muhtojlar sonini kamayishi, aholi orasida o‘lim sonini oshishini oldini olishi bilan ijtimoiy – tibbiy va iqtisodiy ahamiyatga egadir. Xulosa. Tadqiqot davolash muassasalarida surunkali buyrak kasalligi bilan davolanayotgan bemorlarda gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari o‘rganish va uni yaxshilashga bag‘ishlangan. Tadbiq natijalarida bemorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli asoratlarni oldini oladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: “Surunkali buyrak kasalligi bemorlarida gemostaz tizimi ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirish yo‘llari” mavzusida uslubiy tavsiyanoma asosida bemorlarda dobezilat kal`siy preparati samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.01.2024 yildagi №01-T sonli buyruq) muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichlarida dobezilat kal`siy preparatini davolash sxemasiga qo‘shish orqali bemorlarda buyrak ichi gemodinamikasi ko‘rsatkichlarini ijobiy tomonga siljishi aniqlangan; Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: “Diabet va nodiabetik etiologiyali surunkali buyrak kasalligi bemorlarida davolashni muqobillashtirish” uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma nefrologiya va terapiya klinik amaliyotida buyrak etishmovchiligini kompleks davolashda Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi 12.01.2024 yildagi № 01-T sonli buyrug‘iga binoan tadbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali buyrak kasalligi II-IIIa bosqichdagi turli genezli nefropatiyalarda dobezilat kal`siy dori-vositasini tavsiya etish orqali bemorlarda buyrak arteriyalari ichi gemodinamik ko‘rsatkichlari ijobiy tomonga o‘zgarishiga va surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini oldini olishga erishish imkonini beradi. Dori-vositasini surunkali buyrak kasalligini erta bosqichlarida tavsiya etilishi, kasallik belgilari va uning hisobiga rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olinadi hamda statsionar davolanish sonini, ambulator qabul qiladigan preparatlar sonini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, surunkali buyrak kasalligini davolashda dobezilat kal`siy preparatini qo‘llash bilan bemorlarda antioksidant tizimi ko‘rsatkichlari yaxshilanadi. Bu bilan organizmda lipidlar perikisli oksidlanishi mahsulotlari muvofiqlashib, kuzatiladigan asoratlar kamayadi. Oqibatda surunkali buyrak kasalligi bor bemorlarni dializgacha bo‘lgan davri uzayadi. Erishilgan natijalar yurtimizda gemodializga muhtojlar sonini kamayishi, nefrologiya bo‘limida yotish davomiyligi qisqaradi, (nefrologiya bo‘limida 10 kunlik statsionar davo taxminan 5mln so‘m atrofida sarf xarajatni tejaydi) aholi orasida o‘lim sonini oshishini oldini olishi bilan ijtimoiy – tibbiy va iqtisodiy ahamiyatga egadir. Xulosa. tadqiqot davolash muassasalarida surunkali buyrak kasalligi bilan davolanayotgan bemorlarda buyrak arteriyalari ichi gemodinamik ko‘rsatkichlari o‘rganish va uni yaxshilashga bag‘ishlangan. Tadbiq natijalarida bemorda davo samaradorligi aniq dalillarga asoslangan holda isbotlangan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: nodiabetik va diabet etiologiyali surunkali buyrak kasalliklarining erta bosqichlaridagi bemorlarda dobezilat kal`siy preparatini samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (12.01.2024 yildagi №01-T sonli buyruq) muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligining II-III bosqichlarida dobezilat kal`siy preparatini davolash sxemasiga qo‘shish orqali bemorlarda tomir endoteliy faoliyatini yaxshilashi va antioksidant tizim faolligini oshishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: turli etiologiyali surunkali buyrak kasalligi II-IIIa bosqichdagi nefropatiyalarda dobezilat kal`siy dori-vositasini tavsiya etish orqali bemorlarda tomir endoteliy faoliyatini yaxshilashi va antioksidant tizim faolligini oshishi va surunkali buyrak kasalligi rivojlanishini oldini olishga erishish imkonini beradi. Dori-vositasini surunkali buyrak kasalligini erta bosqichlarida tavsiya etilishi, kasallik belgilari va uning hisobiga rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olinadi, shu bilan ularni davolash uchun kutilmagan xarajatlarni kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko‘ra, surunkali buyrak kasalligini davolashda dobezilat kalsiy preparatini qo‘llash bilan bemorlarda buyrak arteriyalari ichi gemodinamik ko‘rsatkichlari yahshilanadi. Bu bilan organizmda buyrak arteriyalarida qon oqish tezligi muvofiqlashib, kuzatiladigan asoratlar kamayadi. Oqibatda surunkali buyrak kasalligini bemorlarini dializgacha bo‘lgan davri uzayadi, aholi orasida o‘lim soni kamayib, ijtimoiy-tibbiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi. Ehtimolligi mavjud bo‘lgan birlamchi yordam xarajatlari (kunlik qabul qilinadigan preparatlar soni kamadi, ya’ni adsorbentlar, nutritiv holatni yaxshilovchi preparatlar, antioksidantlar taxminan oylik 1mln so‘m atrofida pulni tejaydi) ham 50% ga qisqaradi. Xulosa: Tadqiqot davolash muassasalarida surunkali buyrak kasalligi bilan davolanayotgan bemorlarda tomir endoteliy faoliyatini yaxshilashi va antioksidant tizim faolligini o‘rganish va uni yaxshilashga bag‘ishlangan. Tadbiq natijalarida bemorda davo samaradorligi aniq dalillarga asoslangan holda isbotlangan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: «Dobezelat kal`siy preparatini qo‘llash orqali surunkali buyrak kasalligini davolashni muqobillashtirish» mavzusida dissertatsiya tadqiqoti mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent Davlat stomatologiya institutining  10.01.2024 yildagi №04-61 sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish