Raxmonov Mirvoxid Rajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Hududning investision jozibadorligini statistik baholash (Navoiy viloyati misolida) 08.00.06 – Ekonometrika va statistika.
Dissertatsiya mavzusi  ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3234
Ilmiy rahbar: Abdullaev Yorqin Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISIS”ning Olmaliq shahridagi filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Abdugafarov Abduxalil, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: asosiy kapitalga investisiyalar bo‘yicha hududiy iqtisodiyotning investision jozibadorligini kompleks statistik baholash bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III .Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududning rivojlanish salohiyati, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati, hududda tadbirkorlik faoliyatini yuritish samaradorligini aks ettiruvchi hududiy iqtisodiyotlarning investision jozibadorligini kompleks qiyosiy baholash uchun statistik ko‘rsatkichlar tizimi taklif etilgan;
taklif etilgan statistik ko‘rsatkichlar tizimi asosida hududlarni investision jozibadorlik darajasi bo‘yicha kompleks qiyosiy baholash metodikasi ishlab chiqilgan;
faktor va korrelyasion-regression statistik tahlillar asosida Navoiy viloyati iqtisodiyoti asosiy kapitaliga investisiyalarni jalb etishga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillar aniqlangan;
yalpi hududiy mahsulot va Navoiy viloyatining investision jozibadorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning qisqa muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning quyidagi natijalari amaliyotga tatbiq etildi:
Hudud iqtisodiyotining investision jozibadorligini munosib baholash imkonini beruvchi statistik ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining amaliy faoliyatiga joriy qilindi (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 31.10.2023 yildagi 01/1-04-18/2-271-son ma’lumotnoma). Mazkur ilmiy yangilik ko‘rsatkichlarning hududdagi investisiya faolligiga ta’sirini statistik baholash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Hududlarni investision jozibadorlik darajasi bo‘yicha kompleks qiyosiy baholash metodologiyasi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining amaliy faoliyatiga joriy qilindi (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 31.10.2023 yildagi 01/1-04-18/2-271-son ma’lumotnoma). Taklif etilayotgan metodologiyadan amaliyotda foydalanish hududlarning investision jozibadorligini statistik tahlil qilish va baholash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Asosiy kapitalga investisiyalar va hududning investisiya faolligiga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha ishlab chiqilgan qisqa muddatli prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining amaliy faoliyatiga joriy qilindi (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 31.10.2023 yildagi 01/1-04-18/2-271-son ma’lumotnoma). Ushbu prognozlar natijalari mintaqa iqtisodiyotiga investisiyalarni ko'paytirish strategiyasi va yo'nalishlarini aniqlash imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish