Umidova Fotima Iskandarbekovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi misolida)”, 08.00.11– Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3867.
Ilmiy rahbari: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich O‘z FA akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini boshqarishni bozor kon’yunkturasi va raqobat muhitiga tezkor moslashuvchanligini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmalarning uslubiy va amaliy jihatlarini taqqoslama baholash orqali aniqlangan yuqori ijobiy natijalarni tatbiq etishdan iborat “funksional-tovar-bozor” kombinatsiyalangan tuzilmasi asosida takomillashtirish taklif etilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari hududiy bozorlari konsentratsiya darajasining miqdoriy mezonlarini “yuqori konsentratsiyali bozorlar” (70% < CR < 100%; 1800 < HHI < 10000), “o‘rtacha konsentratsiyali bozorlar”  (45% < CR < 70%; 1000 < HHI < 18000), “past konsentratsiyali bozorlar”(CR < 45%; HHI < 1000) diapazonlari chegarasida baholash orqali  “raqobatli”, “konservativ” va “himoya” strategiyalarini optimal tanlash asoslangan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida marketing, savdo, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va kommunikatsiya kanallarini integratsiyalashga ixtisoslashgan, to‘qimachilik korxonalarining onlayn bozor faoliyatida axborotdan foydalanish va kommunikatsiya darajalarini, modernizatsiyalash jarayonining interaktivligini oshirish orqali raqobatbardoshlikni ta’minlash imkonini beruvchi mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklifi asoslangan;
“Billur Teks” MChJning yangi bozorlarda diversifikatsiya imkoniyatlarini faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarning ta’sirini ekonometrik modellashtirish asosida 2027-yilga qadar mahsulot ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
to‘qimachilik korxonalarida marketing faoliyatini boshqarishni bozor kon’yunkturasi va raqobat muhitiga tezkor moslashuvchanligini ta’minlovchi tashkiliy tuzilmalarning uslubiy va amaliy jihatlarini taqqoslama baholash orqali aniqlangan yuqori ijobiy natijalarni tatbiq etishdan iborat “funksional-tovar-bozor” kombinatsiyalangan tuzilmasi asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar, jumladan “Movaraunnahr Teks” MChJ, “Billur Teks” MChJ hamda “Classtex Production” MChJ korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 22-noyabrdagi №03/25-2447 - son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Movaraunnahr Teks” MChJ, “Billur Teks” MChJ hamda “Classtex Production” MChJ korxonalarida marketing xizmati xodimlarining funksiyalari aniq taqsimlanishi hamda marketing xizmati samaradorligi 1,2 barobarga oshgan va marketing mutaxassisligi bo‘yicha yangi ish o‘rinlari yaratilgan;
to‘qimachilik mahsulotlari hududiy bozorlari konsentratsiya darajasining miqdoriy mezonlarini “yuqori konsentratsiyali bozorlar” (70% < CR < 100%; 1800 < HHI < 10000), “o‘rtacha konsentratsiyali bozorlar”  (45% < CR < 70%; 1000 < HHI < 18000), “past konsentratsiyali bozorlar”(CR < 45%; HHI < 1000) diapazonlari chegarasida baholash orqali  “raqobatli”, “konservativ” va “himoya” strategiyalarini optimal tanlash asoslangan takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 22-noyabrdagi №03/25-2447 - son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida uyushma tarkibiga kiruvchi korxonalarda marketing harajatlari tarkibini to‘g‘ri shakllantirish hamda korxonaning bozordagi strategik vaziyatidan kelib chiqib marketing strategiyalarini ishlab chiqishga erishilgan;
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida marketing, savdo, mijozlarni qo‘llab-quvvatlash va kommunikatsiya kanallarini integratsiyalashga ixtisoslashgan, to‘qimachilik korxonalarining onlayn bozor faoliyatida axborotdan foydalanish va kommunikatsiya darajalarini, modernizatsiyalash jarayonining interaktivligini oshirish orqali raqobatbardoshlikni ta’minlash imkonini beruvchi mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan takliflar “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 22-noyabrdagi №03/25-2447 - son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik korxonalarida onlayn muhitda mijozlar ma’lumotlar bazasini yaratish, mijozlar sonining 1,5 barobarga oshirishga va biznes jarayonlarida marketing harajatlarini 0,5-1,0 barobarga tejalishiga olib kelgan;
“Billur Teks” MChJning yangi bozorlarda diversifikatsiya imkoniyatlarini faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarning ta’sirini ekonometrik modellashtirish asosida 2027-yilga qadar mahsulot ishlab chiqarish hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2023-yil 22-noyabrdagi №03/25-2447 - son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘qimachilik mahsulotlarini 2027-yilgacha ishlab chiqarish prognoz ssenariylari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining kompleks rivojlantirish chora-tadbirlar yo‘l haritasini ishlab chiqishda qo‘llanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish