Muzaffarov Samandar Izbasarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Axloqiy hayotning substansional tuzilishi va qonunlarining tarixiyligi ijtimoiy falsafaning obekti sifatida, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Fal61
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: Abduxaliqov Safar Oqnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Aymatov Aminjon Qudratovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Haydarov Asliddin Nizomiddinovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda axloqiy hayotning substansional rivojlanish qonunlarini aniqlash va ilmiy asoslangan amaliy taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axloqiy madaniyatni kishilik tarixi madaniy borlig‘ining ichki tuzilishidan kelib chiqadigan korrelyasion-funksional va substansional qonunlar tizimidagi ijtimoiy ahamiyati davr xarakteriga mos ravishda axloqiy hayotda ustuvorlashib borishi mantiqiy isbotlangan;
axloqiylik va huquqiylik o‘rtasidagi birlik va tafovutlarni aniqlash orqali axloqiy madaniyatning paradigmal o‘zgarishlari ijtimoiy hayot bilan dialektik uyg‘unligi asoslangan;
axloqiy madaniyatining substansional elementlari aniqlanib, ularning genetik bog‘lanishlarini bir butunligidan axloqiy ehtiyojning oshib borishi qonunlari kelib chiqishi asoslangan;
jamiyatni axloqiy munosabatlar va tendensiyalar, sog‘lom turmush tarzi va shaxs xulq-atvori ijtimoiy hayot sohalarida transformatsiyalashuvi sabab va oqibat kabi falsafiy kategoriyalar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Axloqiy hayotning substansional tuzilish va qonunlarining tarixiyligini asoslash hamda ijtimoy falsafaning ob’ekti sifatida tadqiq etish asosida:
axloqiy madaniyatni kishilik tarixi madaniy borlig‘ining ichki tuzilishidan kelib chiqadigan korrelyasion-funksional va substansional qonunlar tizimidagi ijtimoiy ahamiyati davr xarakteriga mos ravishda axloqiy hayotda ustuvorlashib borishiga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2017-2020 yillarda bajarilgan “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” mavzusidagi OT-F1-88-sonli fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 15-dekabrdagi 04/11-8203-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni milliy va umuminsoniy axloqiy tamoyillar va qadriyatlar asosida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga vatanparvarlikni singdirish, jamiyat a’zolarini dunyoqarashini rivojlantirishga xizmat qilgan;
axloqiylik va huquqiylik o‘rtasidagi birlik va tafovutlarni aniqlash orqali axloqiy madaniyatni paradigmal o‘zgarishlari ijtimoimy hayot bilan dialektik uyg‘unligi asoslanganligiga oid nazariy xulosa va amaliy tavsiyalardan “Milliy tiklanish” demokratik pratiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida belgilab olingan “Mahallaning, ayniqsa ezgu urf-odat, an’ana va qadriyatlarni asrab avaylash va rivojlantirish, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish borasidagi faoliyati samardorligini oshirish”, “Mahallaning fuqarolar, ayniqsa yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda, shuningdek, ijtimoiy sohadagi ishlarining samardorlgini oshirish” kabi vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekison “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2022-yil 22-sentyabrdagi 02/02-200-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni mustahkamlash, ularda axloqiy fazilatlarni shakllantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
axloqiy madaniyatning substansional elementlari aniqlanib, ularning genetik bog‘lanishlarini bir butunligidan axloqiy ehtiyojning oshib borishi qonunlari kelib chiqishi asoslanganligiga oid nazariy xulosa va amaliy tavsiyalardan Jizzax viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning “Madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish” nomli VIII bobining “Aholi va yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada rivojlantirish va yuksak ma’naviy merosimizni asrab-avaylashni keng targ‘ib etish” mavzusidagi 71-bandi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 8-avgustdagi 02-22/759-son ma’lumotnomasi). Natijada, inson ma’naviy-axloqiy madaniyatining yuksalishida axloqiy ehtiyojning oshib borish qonunlarining tadbiq etilishi jamiyat axloqiy madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan;
jamiyatni axloqiy munosabatlar va tendensiyalar, sog‘lom turmush tarzi va shaxs xulq-atvori ijtimoiy hayot sohalarida transformatsiyalashuvi sabab va oqibat kabi falsafiy kategoriyalar asosida dalillanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanali tomonidan efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini navbatdagi sonininig dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 16-iyundaga 02-06/978-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda axloqiy madaniyatni shakllantirishda, “ommaviy madaniyat” negizida yuzaga kelayotgan axloqsizliklarning oldini olish, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan axloqiylikni tiklashga xizmat qilgan.