Kurbanov Feruz Pirnazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada mehnat resurslari dinamikasini ekonometrik modellashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024/2PhD/Iqt3447
Ilmiy rahbar: Islamutdinov Vadim Faruarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzanov Berdaq Joldasbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada mehnat resurslari dinamikasini ekonometrik modellashtirish asosida mehnat bozorini tartibga solish, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat resurslari soni bo‘yicha ulushni 5,5 va 5,2 foiz atrofida o‘zgargangan bo‘lib, aholi soni ulushiga nisbatan mehnat resurslari soni ulushining kam bo‘lishi aholini yosh jihatdan tarkibidagi farqlar asosida iqtisodiy faol aholi soni ulushi bo‘yicha aniqlangan o‘rtacha kvadratik chetlanishning 0,11 ga tengligi oldingi ko‘rsatkichlarga nisbatan beqarorligini asoslangan;
mintaqa mehnat resurslari dinamikasini barqarorlashtirishda iqtisodiy tebranishlar sharoitida bozorni kamroq ta’sirlanishi va  ishsizlikni oshishi va aholi real daromadlarini o‘zgarishi jarayonlarida korxonalarning hajmi hamda joylashgan o‘rni samaradorligini oshiruvchi optimal modeli ishlab chiqilgan;
har bir iqtisodiy faol hamda band aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHMning bandlar (0,66 va 0,58) hamda ishsizlar (4,17 va 3,83) soniga ta’sirini ifodalovchi elastiklik koeffisientlari yordamida bandlikni oshirish va norasmiy bandlikni kamaytirishdagi ahamiyatlilik darajasi baholangan;
viloyatda mehnat resurslari va uning tarkibiy qismlarining istiqboldagi 2024–2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqada mehnat resurslari dinamikasini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mehnat resurslari soni bo‘yicha ulushni 5,5 va 5,2 foiz atrofida o‘zgargangan bo‘lib, aholi soni ulushiga nisbatan mehnat resurslari soni ulushining kam bo‘lishi aholini yosh jihatdan tarkibidagi farqlar asosida iqtisodiy faol aholi soni ulushi bo‘yicha aniqlangan o‘rtacha kvadratik chetlanishning 0,11 ga tengligi oldingi ko‘rsatkichlarga nisbatan beqarorligi bo‘yicha berilgan taklif halq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2024-yil 23-apreldagi “Xorazm viloyatida 2024-yilda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida”gi  VI-80-46-12-0-K/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 09-mart 10-723-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish inflyasiyani belgilangan target natijalariga erishish hamda real daromadlarni oshirishning ishchi kuchi taklifiga ta’sirini baholash imkoniyatini yaratgan;
mintaqa mehnat resurslari dinamikasini barqarorlashtirishda iqtisodiy tebranishlar sharoitida bozorni kamroq ta’sirlanishi va  ishsizlikni oshishi va aholi real daromadlarini o‘zgarishi jarayonlarida korxonalarning hajmi hamda joylashgan o‘rni samaradorligini oshiruvchi optimal modeli bo‘yicha berilgan taklif halq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2024-yil 23-apreldagi “Xorazm viloyatida 2024-yilda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida”gi  VI-80-46-12-0-K/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 09-mart 10-723-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida qishloq xo‘jaligida norasmiy bandlik darajasini boshqa tarmoqlarga nisbatan yuqori ekanligi, xizmat ko‘rsatish sohasida bandlikni bir foizga oshirish hisobiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmini 8,3 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
har bir iqtisodiy faol hamda band aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaHMning bandlar (0,66 va 0,58) hamda ishsizlar (4,17 va 3,83) soniga ta’sirini ifodalovchi elastiklik koeffisientlari yordamida samaradorlikni bandlikni oshirish va norasmiy bandlikni kamaytirishdagi axamiyatlilik darajasini  baholash natijalari halq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2024-yil 23- apreldagi “Xorazm viloyatida 2024-yilda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida”gi  VI-80-46-12-0-K/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 09-mart 10-723-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish mehnat resurslaridan samarali foydalanish, ya’ni iqtisodiy faol hamda band aholi jon boshiga mahsulot hajmini bir foizga oshirish orqali norasmiy bandlik darajasini 0,34 foizga oshirish imkoniyatini yaratgan;
viloyatda mehnat resurslari va uning tarkibiy qismlarining ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan istiqboldagi 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari halq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2024-yil 23-apreldagi “Xorazm viloyatida 2024-yilda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida”gi  VI-80-46-12-0-K/24-son Qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligi mahkamasining 2024-yil 09-mart 10-723-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari viloyatda mehnat resurslari, jumladan iqtisodiy faol aholi, bandlar sonining istiqboldagi qiymatlarini hamda kelgusi davrda bandlikni oshirish bo‘yicha aniq maqsadlarni belgilab olishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish